83
Mavzu-11: C++dasturida satrlar va ular ustida amallar.
Reja:
11.1. C++dasturida satr haqida tushunchasi.
11.2. C++dasturida satrlar bilan ishlash funksiyalari.
11.1. C++dasturida satr haqida tushunchasi
. Ko‘p hollarda bir o‘lchovli
massivlardan belgili satrlarni hosil qilishda foydalaniladi. C++da 2
turdagi satrlardan
foydalanish mumkin. Birinchisida(eng ko‘p foydalaniladigani) ‗\0‘ nol
belgisi bilan
yakunlanuvchi belgilar massividan iborat satr. Nol bilan yakunlanuvchi satr – bu ixtiyoriy
belgilar
ketma ketligiki, uning oxirgi belgisi nol belgisi bilan yakunlanadi. Bu turdagi
satrli ma‘lumotlardan dastur tuzishda keng foydalaniladi va bu turdagi ma‘lumotlar ustida
ko‘plab funksiyalar bajarish mumkin. Lekin, C++ dasturida satrli ma‘lumotlarni boshqa
turdagi ko‘rinishi ham mavjud bo‘lib, u string kutubxonasidagi string sinfidir.
Belgili massivni e‘lon qilishda , massiv uzunligi nol uchun bitta ko‘proq joy
ajratiladi. Masalan,10 ta belgidan iborat massivni e‘lon qilishda quyidagi buyruqdan
foydalaniladi:
char str[11];
Bu yerda 11- joy nol belgisi uchun ajratiladi.
Biz avvalgi mavzularda satrli o‘zgarmaslardan foydalanganmiz. Satrli o‘zgarmas
qo‘shtirnoq (―‖) belgisi ichiga yozilgan belgilar ketma ketligidir. Masalan:
―Salom‖ , ―Informatika fani‖ , ―Mars‖.
Siz satrli ma‘lumot kirityapganda oxirgi belgi sifatida nolni kiritishingiz shart emas.
C++ dasturi komplyatori o‘zi avtomatik ravishda satr oxiriga nol belgisini qo‘shib qo‘yadi.
Masalan: ―Mars‖ degan satrli ma‘lumot kiritilsa, u kompyuter
xotirasida quyidagicha
saqlanadi
M a r s 0
Satrli ma‘lumotlarni klaviaturadan kiritish qulay. Buning uchun
cin
buyrug‘idan
foydalaniladi. Klaviaturadan satrli ma‘lumotni kiritishga doir dastur matni:
Masala-1. Matn kiritish.
{char str[20];
cout<<"Satrni kiriting-";cin>>str;
cout<<"\nSiz kiritgan satr-"<
getch();
return 0;
}
Bu dasturda
str-
o‘zgaruvchi nomi bo‘lib u 19 ta belgidan ko‘p bo‘lmagan satrli
ma‘lumotlarni qiymat sifatida qabul qiladi.
Dastur natijasi:
Satrni kiriting-Informatika
84
Siz
kiritgan satr- Informatika
Bu dastur ko‘rinishidan to‘g‘ri bo‘lsada, lekin kamchiligi bor. Bu kamchilik
quyidagi satrli ma‘lumotni kiritganimizda ko‘rinadi
Satrni kiriting-Informatika fani
Siz kiritgan satr- Informatika
Ko‘rinib turibdiki, natijalar oynasiga satrli ma‘lumotni chiqaryapganda
faqat
Informatika so‘zi chiqyapti.Sababi shuki, >> operatori (cin buyrug‘idagi) probel belgisi
uchrashi bilan satrli ma‘lumotni o‘qishni yakunlaydi.
Bu muammoni yechish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: