K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


-rasm. Qishloq xo'jaligida mahsulot tannarxini hisoblash



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

7.2.2-rasm. Qishloq xo'jaligida mahsulot tannarxini hisoblash
bo'yicha xarajat moddalari


Korxonaning qaysi tarmoqqa mansubligidan kelib chiqib, mahsulot 
tannarxini hisoblash moddalari farq qiladi. Masalan, qishloq xo'jaligida 
tannarxni hisoblash moddalari quyidagicha turkumlanadi:
- qishloq xo'jaligida mahsulot tanarxini hisoblashning "
Ishlab
chiqarishga oid mehnatga haq to'lash xarajatlari
", 
"Ishlab chiqarishga
oid ijtimoiy sug'urta ajratmalari
" va 
"Asosiy vositalar amortizatsiyasi"
moddalaridan tashqari boshqa moddalari tarkibi sanoat korxonalari 
mahsuloti tannarxini hisoblash moddalaridan farq qiladi.

"Mineral va organik o'g'itlar"
moddasida ekinlarga solingan 
mineral va organik o'g'itlar qiymati hisobga olinadi. Bunda korxonaning 
o'zida mavjud organik o'g'itlar (go'ng va boshqa) ulami ishlab chiqarish 
tannarxida, chetdan sotib olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga 
olinadi.
Ushbu o'g'itlami ekinlarga solish (transportga yuklash, tashish, 
tushirish, sepish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar 
bo'yicha (mehnatga haq to'lash, asosiy vositalami saqlash, ish va 
xizmatlar va boshqa) hisobga olinadi.
"
O'simliklar va chorva mollarini himoyaiash vositalari"
moddasida 
ekinlar va chorva mollarini kasalliklar, zararkunandalardan himoyaiash va 
begona 
o'tlardan tozalashda 
ishlatiladigan 
vositalar: 
gerbitsidlar, 
pestitsidlar, defoliantlar, kimyoviy va biologik vositalar, biopreparatlar, 
tibbiy va dezinfeksiya vositalari hamda boshqa himoya vositalarini sotib 
olish bilan bog'liq xarajatlar o'z aksini topadi.
Ushbu himoya vositalari bilan ekinlarga ishlov berish xarajatlari 
(sepish, changlatish, defolyatsiya qilish va boshqalar) bu moddada aks 
etmay, tegishli moddalar bo'yicha (mehnatga haq to'lash, asosiy 
vositalami saqlash, ish va xizmatlar va boshqalar) hisobga olinadi. 
Chorvachilikda bu moddaga biopreparatlar , tibbiy va dezinfeksiya 
vositalarini ishlatish bilan bog'liq xarajatlar ham hisobga olinadi.
"Yem-xashak va ozuqa"
moddasida chorva mollarini oziqlantirishda 
ishlatilgan korxonaning o'zida etishtirilgan hamda chetdan sotib olingan 
em-xashak va boshqa ozuqa turiari qiymati o'z aksini topadi. Bunda 
ozuqalarni korxona ichida daladan omborga, ombordan mollarga berish 
joyiga tashish xarajatlari, shuningdek ulami ozuqaga tayyorlash bilan 
bog'liq xarajatlar ushbu moddada aks etmay tegishli moddalarda 
(mehnatga haq to'lash, asosiy vositalami saqlash, ish va xizmatlar va 
boshqa) hisobga olinadi.
"Urug'lik va ко'chat materiallari"
moddasida o'zida ishlab 
chiqarilgan hamda sotib olingan ekish uchun mo'ljallangan urug'lik va


ko'chatlar hisobga olinadi. Bunda korxonaning o'zida yetishtirilgan 
urug'lik va ko'chatlar ulami ishlab chiqarish tannarxi, chetdan sotib 
olinganlari esa sotib olish bahosida hisobga olinadi. Ushbu urug'lik va 
ko'chatlarni ekishga tayyorlash (transportga yuklash, tashish, tushirish, 
ekish va boshqalar) bu moddada aks etmay, tegishli moddalar bo'yicha 
(mehnatga haq to'lash, asosiy vositalami saqlash, ish va xizmatlar va 
boshqa) hisobga olinadi.
"Qayta ishlash uchun xomashyo
" moddasida korxonaning 
yordamchi tarmoqlarida mahsulotlami qayta ishlashda ishlatilgan va 
yaratilayotgan mahsulotning asosi yoki tarkibiy qismlaridan birini tashkil 
etadigan xomashyo va materiallar sarfi o'z aksini topadi:
- aralash ozuqa (kombikorma) tayyorlashda - don, don aralashmasi, 
o't uni, suyak uni va boshqa mikro va mineral qo'shimchalar qiymati;
- tegirmonda - bug'doy qiymati;
- sabzavot va mevalami qayta ishlashda - sabzavotlar, mevalar, turli 
xil qo'shimcha va konservantlar qiymati;
- qassobxonada - so'yiladigan chorva mollari qiymati;
- sut mahsulotlari tayyorlashda - sut, sut mahsulotlari, shakar, 
vanilin, achitqi va boshqa qo'shimchalar qiymati.
"
Asosiy vositalami saqlash "
moddasida aynan shu ekin yoki chorva 
mollari turiga taqsimlanadigan, asosiy vositalarning balans qiymatidan 
kelib chiqib o'matilgan me’yorda hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari 
hisobga olinadi.
O'simlikchilik tarmog'ida ishlatiladigan asosiy vositalami saqlash 
xarajatlari alohida ekin turiari mahsulotlari va tugallanmagan ishlab 
chiqarish turiari tannarxiga quyidagi tartibda qo'shiladi:
-tor ixtisoslashuvdagi asosiy vositalarniki (masalan, sholi o'ruvchi 
kombaynlar va paxta terish mashinalari) - bevosita shu ekin mahsulotlari 
tannarxi;
-traktorlamiki - ular tomonidan ekin turiari bo'yicha ishlov hajmiga 
(shartli etalon gektarda) mutanosib ravishda;
-tuproqqa ishlov beruvchi mashinalamiki - ekin turiari bo'yicha 
ekilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
-ekish agregatlariniki - ekin turiari bo'yicha ekilgan maydon hajmiga 
mutanosib ravishda;
-hosilni o'rib-yig'uvchi kombaynlamiki - ekin turiari bo'yicha ishlov 
berilgan maydon hajmiga mutanosib ravishda;
-mineral o'g 'it soluvchi mashinalamiki - ekinlarga solingan 
o'g'itlaming fizik hajmiga mutanosib ravishda;


-bir necha turdagi chorva mollari joylashtirgan binolarniki - har bir 
chorva moli turining binoda egallagan joyi hajmiga (metr kvadratda) 
mutanosib ravishda;
-bir turdagi chorva mollari joylashlashtirgan binolarniki - to'g'ridan - 
to'g'ri shu chorva mollari tannarxiga olib boriladi;
-mahsulotlami saqlash omborlariniki - har bir mahsulot turining 
omborda egallagan maydoni hajmiga mutanosib ravishda.
"Ish va xizmatlar"
moddasida korxonaga boshqa korxona va 
tashkilotlar tomonidan ko'rsatilgan ishlab chiqarish xarakteridagi ish va 
xizmatlar uchun haq to'lash xarajatlari, shuningdek korxonaning 
yordamchi ishlab chiqarish bo'linmalari bajargan ish va xizmatlaming 
xarajatlari aks ettiriladi.
Yordamchi 
ishlab 
chiqarish 
bo'linmalariga 
ot-arava, 
yuk 
avtotransporti, traktorlar tomonidan bajariladigan yuk tashish ishlari, 
ta’mirlash ustaxonasi, mahsulotlami qayta ishlash bo'linmalari (tegirmon, 
moyjuvos, sabzavot va mevalarni qayta ishlash uexlari, ozuqa tayyorlash 
sexi) va boshqalar kiritiladi.
Mahsulotni qayta ishlovchi yordamchi bo'linmalarning texnologik 
jarayonlarni (xomashyoni yuvish, qaynatish, sharbat va namakob 
tayyorlash, 
qovurish, 
qizdirish, 
maydalash, 
quritish va 
hokazo) 
ta’minlashga sarflaydigan yoqilg'i, elektr, 
gaz, suv, shuningdek 
mahsulotni muzlatkichlar va boshqa tarzda saqlash xarajatlari ham ushbu 
moddada aks ettiriladi. Bu moddaga tashqi subyektlar tomonidan qishloq 
xo'jaligi ishlarini (er haydash, yemi ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish, 
tuproqqa ishlov berish, o'g 'it solish, kimyoviy himoya vositalari bilan 
ishlov berish, hosilni o'rib-yig'ib olish, omborlarga tashish, veterinariya va 
zootexnika xizmatlami ko'rsatish va boshqalar) bajarish, turli xizmatlar 
ko'rsatish, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni moddiy resurslar, suv, 
gaz, issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash xarajatlari ham kiritiladi.
"Chorva mollarining nobud bo'lishidan yo'qotishlar"
moddasida 
o'suvdagi va mahsuldor chorva mollari, parranda, ish hayvonlari, 
asalarilaming nobud bo'lishidan ko'riladigan yo'qotishlar (aybdorlardan 
udiriladigan va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo'lganlardan tashqari) aks 
ettiriladi.
"Boshqa xarajatlar"
moddasiga yuqorida keltirilgan moddalarda aks 
etmagan, ammo ishlab chiqarishga taalluqli bo'lgan quyidagi boshqa 
xarajatlar kiritiladi:


-ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg'i, energiya, 
instrument, moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan 
ta’minlash xarajatlari;
-chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan 
korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash 
xarajatlari (texnik ko'rik va qarov, o'rtacha, joriy va mukammal tuzatish 
xarajatlari);
-ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli asosiy vositalami joriy ijaraga 
olish bilan bog'liq xarajatlar;
-ishlab chiqarish xususiyatiari bilan bog'liq mehnatning normal 
sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
-ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yo'qolishi 
munosabati bilan tegishli vakolatli organlaming qarorlari asosida va 
qarorlarisiz to'lanadigan nafaqalar;
-xodimlami ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog'liq
xarajatlar;_________________________________________________

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish