K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik


 T ijo ra t b an kla ri depozitlariga aholi va x o 'ja lik subyektlari bo'sh



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

6.4. T ijo ra t b an kla ri depozitlariga aholi va x o 'ja lik subyektlari bo'sh 
pul m a b la g 'la rin i ja lb etish va bank xizm atlari tu rin i riv o jla n tiris h
Banklar tomonidan aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini 
kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish 
maqsadida amalga oshirilib kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham 
mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida o'z aksini topmoqda.
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul aylanmasini keskin qisqartirish 
va pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, 
chakana savdo va xizmat ko'rsatish sohasida hisob-kitoblami amalga 
oshirishda plastik kartochkalardan foydalanishni kengaytirish masalalari 
bundan buyon ham e ’tiborimiz markazida bo'lishi darkor», deb ta’kidlab 
o'tgan edi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Banklardagi 
depozit hisobvara qlardan naqd pul to'lovlarini uzluksiz ta’minlash 
kafolatlari to'g'risida»gi 2005-yil 5-avgustdagi 147-sonli qarori talablarini 
ijro etish borasida bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan bir qator 
chora-tadbirlar aholining bank tizimiga ishonchi yanada oshishiga olib 
keldi.
Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28- 
noyabrdagi 4057-sonli Farmoniga muvofiq, fuqarolaming tijorat banklari 
depozit hisobvara qlaridagi omonatlari ulaming miqdoridan qat’iy nazar 
to'liq qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank 
tizimiga ishonchi yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy 
shaxslaming banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy ta’sir 
ko'rsatdi.
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevraldagi 1-sonli majlis 
bayoni talablaridan kelib chiqqan holda, aholining bo'sh pul mablag'larini 
banklardagi omonatlarga jalb etilishida hamda omonatdagi mablag'lami 
ulaming birinchi talabiga ko'ra berilishida qonun buzilishiga yo'l 
qo'ymaslik, omonatchilarning haq-huquqlari himoya qilinishini ta’minlash 
borasida tizimli chora-tadbirlaming amalga oshirilishi va banklarning 
mazkur faoliyatlari ustidan nazoratning yanada kuchaytirilganligi ham


aholi bo'sh pul mablag'larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada 
jadallashtirdi.
Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009-yil 
6
-apreldagi «Tijorat 
banklari depozitlari ga aholi va xo'jalik subyektlari bo'sh pul mablag'larini 
jalb 
etishni 
yanada 
rag'batlantirish 
qo'shimcha 
chora-tadbirlari 
to'g'risida»gi qarorlari muhim omil bo'lmoqda.
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga 
ko'rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd 
pulsiz hisob-kitoblar tizimini keng joriy etish, jumladan plastik 
kartochkalardan foydalanishni rivojlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar 
ko'rib borildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida, 2010-yil 1-yanvar 
holatiga tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat ko'rsatish 
shoxobchalariga o'matilgan terminallaming umumiy soni 60631 tani, 
kartochkalar umumiy soni 6058,9 mingtani, shundan oylik ish haqi 
loyihalaridagi kartochkalar soni 3546,7 mingtani tashkil qildi. Korporativ 
kartochkalar soni 14,1 mingtani tashkil qildi. Plastik kartochkalar 
hisobvara qlariga 3846 mlrd. so'mlik mablag'lar o'tkazildi.
O 'z navbatida, plastik kartochka va terminallar yordamida amalga 
oshirilgan o'tkazmalar hajmini yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshirib 
borish ko'zda tutilgan. Shunga ko'ra, amaldagi barcha tegishli me’yoriy 
hujjatlarga, shu jumladan, Markaziy bankning naqd pul muomalasiga 
taalluqli yo'riqnomalariga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. 
Naqd pul muomalasida mavjud bo'lgan barcha cheklovlar bekor qilinishi 
esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni birxillashtirish borasida 
qo'yilgan muhim qadam bo'ldi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida naqd pul muomalasi 
yanada mustahkamlanib, naqd pul mablag'larining bankdan tashqari 
aylanmasini qisqartirishga zamin yaratdi. Shuningdek, xo'jalik yurituvchi 
subyektlarning banklardagi depozit hisobvara qlaridan naqd pullarning 
uzluksiz berib borilishi to'liq ta’minlab borildi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank 
tizimida plastik kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik 
kartochkalar bilan hisob-kitoblarini amalga oshirishni rag'batlantirish 
borasida bir qancha imtiyozlar berilmoqda. Shulardan biri plastik 
kartochkalarga 
xizmat 
ko'rsatadigan 
prouessing 
markazlari 
va 
bankomatlarni keltirish hamda ularni o'rnatish borasida bojxona 
to'lovlaridan 
2 0 2 0
-yilga qadar ozod qilish chora-tadbirlari belgilangan.
Monetar siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, 
Markaziy bank pul-kredit siyosatining bilvosita dastaklaridan keng


foydalangan holda pul taklifi o'sishining asosiy manbai bo'lgan oltin- 
valyuta zahiralarining oshishi hisobiga muomalaga chiqarilgan pul massasi 
hajmini boshqarish choralarini ko'rib bordi.
Markaziy bank tomonidan pul-kredit sohasida amalga oshirilgan aniq 
chora-tadbirlar natijasida o'tgan yilda pul agregatlari belgilangan prognoz 
ko'rsatkichlari doirasida, ya’ni pul massasining yalpi ichki mahsulot 
hajmining o'sishiga muvofiqligi ta’minlandi.
Monetar siyosat borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iste’mol 
mahsulotlari narxlari ga monetar omillaming ta’sirini bartaraf etdi, 
inflyatsiya darajasi esa prognoz ko'rsatkichdan oshmadi va 7,4 foizni 
tashkil qildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 
4057-sonli Farmoniga muvofiq fuqarolaming tijorat banklari depozit 
hisobvara qlaridagi omonatlari ulaming miqdoridan qat’iy nazar to'liq 
qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank 
tizimiga ishonchining yanada mustahkamlanishiga va pirovard natijada 
jismoniy shaxslaming banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy 
ta’sir ko'rsatdi.
Xalqaro banklar tajribasini o'rgangan holda «Tijorat banklari 
tomonidan Markaziy bankda majburiy zahiralarni deponentlash tartibi 
to'g'risida»gi Nizomga o'zgartirishlar kiritib borildi. 
Banklarning 
barqarorligini yanada mustahkamlash va ulaming likvidligini tartibga 
solish maqsadida 2008-yilning 
1
-dekabridan boshlab, tijorat banklarining 
Markaziy bankdagi majburiy zahiralar fondiga o'tkazmalari bo'yicha 
me’yor milliy va xorijiy valyutada jalb qilingan depozitlar uchun bir xil, 
ya’ni 

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish