56
Ma’lumotlarning mavjud raqamli to’plamlariga ega bo’lish va ulardan
foydalanishGATni to’ldirishning eng samarali usuli hisoblanadi.
2.6. GATga ma’lumotlarni rastrli modeli bilan kiritish
Rastrli model
ob’yektlarning uzluksiz
xususiyatlari bilan ishlash
uchun optimal hisoblanadi. Rastrli tasvir – bu alohida elementlar (rastrlar,
yacheykalar, piksellar) uchun qiymatlar to’plamidir. Alohida rastr
koordinatalar, rangining chuqurligi (rangli rastrlarda), kul rang (kul rang
shkala), qor yoki oq rang (qora-oq tasvirlarda)
gradastiyasi bilan
tavsiflanadi. Umuman olganda rastrli kartina – odatdagi fototasvirdir, u
an’anaviy qog`oz kartani skanirlash yoki er yuzasi
uchastkasini aero- va
kosmik fotografiyalash bilan olinadi. Rastrli tasvirni dpi (dot’s per inch –
bir dyuymdagi nuqtalar) birliklarida o’lchanadigan va tasvirning bir
dyuymida nechta piksel joylashishini ko’rsatadigan
imkoniy aniqlik
(razreshenie) bilan tavsiflash mumkin. Imkoniy
aniqlik qanchalik yuqori
bo’lsa, tasvir shunchalik sifatliroq va axboriyroq bo’ladi. Lekin shuni esdan
chiqarmaslik kerakki, imkoniy aniqlikning ortishi bilan rastrli tasvir fayli
ham kattalashadi. GATlarda odatda imkoniy aniqligi 200–600 dpi
diapazonidagi rastrli tasvirlardan foydalaniladi (faqat imkoniy aniqligi bir
necha ming dpi ga etadigan aero-va kosmosuratlar bundan istisno bo’lishi
mumkin).
2.7. Kartalarni raqamlash xatolari
An’anaviy kartalarni raqamlash va skanirlash ishlari qanchalik izchil
o’tkazilmasin, xatolar muqarrardir. GAT ma’lumotlar bazasidagi xatolar
darajasi dastlabki kartalarning xatoliklari darajasiga bevosita bog`liq. Bor
gap shundaki, kartalar axborotni har doim ham adekvat aks ettiravermaydi
va ob’yektlarning o’rnashgan joyi to’g`risidagi ma’lumotlarni har doim ham
aniq beravermaydi. 2.9-rasmda an’anaviy kartalarni
tuzishning har bir
bosqichida xatolarning to’planib borish jarayoni ravshan ko’rsatilgan.
57
2.9-rasm. Kartani yaratishda noaniq(notug`ri) natija olish misoli.
Raqamlash jarayonida quyidagi xatolarni ajratib ko’rsatish mumkin:
uzilishlar (chiziqning ikki segmenti bir-biri bilan tutashmaydi);
irg`ishlar (chiziq “pulsastiyalanish” uchastkalariga ega);
sirtmoqlar (chiziq bazi joylarida o’ralib qoladi);
kesishuvlar (chiziq segmentlari bir-birining ustiga tushib
qoladi).
Bundan tashqari yetib bormaganlik va o’tib
ketganlik kabi xatolar
ko’p uchraydi, 2.10-rasm.
2.10-rasm. Kartalarni raqamlash xatolari.
58
Kartani diskret (ya’ni keyin yagona kartaga birlashadigan alohida
oblastlar bo’yicha) raqamlashda mos kelmasliklar va tutashmasliklar
vujudga keladi, 2.11-rasm.
2.11-rasm. Diskret raqamlash xatosi.
Do'stlaringiz bilan baham: