82
haqiqiy uchburchakning eng xarakterli xususiyati – bosh maqsadga o’z diqqatini
qarata olishidir. Uchburchaklar – harakatchan, tutqich bermas, kuchli shaxslar
bo’lib, ular aniq maqsadlar qoyadilar va odatda bunga erishadilar.
Albatta, uchburchaklar o’zlarining asosiy maqsadlari
nima ekanligini har doim
biladilar, shuning uchun ham ular kvadratlardan farq qilib juda qat’iyatli
odamlardir. Ular o’zlarining qarindoshlari – kvadratlar singari to’g’ri chiziqli
shakllarga xosdir va yo’nalishiga ko’ra ”chap yarim sharli ” fikrlovchi, ya’ni
sharoitni chuqur va tez tahlil qila oladigan toifaga kiradilar. Ammo, o’z diqqatini
ikir-chikirlarga qaratuvchi kvadratlardan qarama-qarshi o’laroq, uchburchaklar
asosiy narsaga, muammoning mazmuniga o’z diqqatini qaratadilar. Ulardagi kuchli
foydaga yo’nalganlik ularning fikriy tahlilini yo’llab turadi va mazkur sharoitda
muammo yechimining samarali (ko’pincha foydali) yo’lini topishga qaratadi.
Bunday yo’nalganlik uchburchaklarni eng yaxshi yechimni
izlashda turli-tuman
variantlarni berilb tahlil qilishdan asraydi. Bu narsa boshqalarda, o’ziga unchalik
ishonch bo’lmagan kishilarda kuchli taassurot paydo qiladi va ular uchburchakka
ergashadilar.
Uchburchak – bu juda o’ziga ishongan, barcha narsalarda xaq bo’lishni xohlovchi
odam, hamma narsada haq bo’lishga va sharoitni boshqarishga, faqat o’zi uchun
emas, balki imkon darajasida boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo’lgan
kuchli ehtiyoj uchburchakni boshqalar uchun ham qaror qabul qilishga bo’lgan
kuchli ehtiyoj uchburchakni boshqalar bilan doimo raqobatlashuvchi, kurashuvchi
shaxsga aylantirib qoyadi. Bu uchburchak kirishgan har bir ishda yetakchi
ustanovkadir.
U juda tez-tez tavakkal qiladi, qaror qabul qilishda ikkilanuvchi
odamlarga nisbatan chiday olmaydigan va yoqtirmaydigan bo’ladi.
Uchburchaklar nohaq bo’lib qolishni yoqtirmaydilar va o’zlarining xatolarini juda
qiyinchilik bilan tan oladilar. Aytish mumkinki, ular ko’pincha o’zlari ko’rishni
xohlagan narsani ko’radilar, shuning uchun ham o’z qarorlarini o’zgartirishni
yoqtirmaydilar, e’tirozlarni qabul qilmaydilar va ko’pchilik hollarda o’zlaricha ish
tutadilar. Lekin ular o’zlarining pragmatic yo’nalishlariga mos keladigan, bosh
maqsadga erishishga yordam beradigan narsalarga juda muvaffaqiyatli
o’rganadilar, foydali informatsiyalarni xuddi so’rg’ichdek o’zlariga so’rib oladilar.
Uchburchaklar – izzat-nafsli odamlar. Agar
kvadrat uchun or-nomus ishi,
bajarilayotgan vazifani yuqori sifatiga erishish bo’lsa, uchburchak esa yuqori
mavqega erishishga, yuksak status egallashga, boshqacha qilib aytganda, karyear
qilishga intiladi. Buni uchburchakning salbiy sifati deb qaramaslik kerak.
Biron-
bir ishni qilishdan yoki, qaror qabul qilishdan oldin uchburchak ongli yoki ongsiz
holda o’z oldiga “Bundan nima foyda ko’raman?” degan savolni qoyadi.
Ishonavering: uchburchak qanday qaror qabul qilmasin, bunda albatta
uchburchakning shaxsan o’zi uchun foyda( har doim moddiy emas) aks etgan
bo’ladi. Uchburchaklardan boshqarishning eng “yuqori” darajasida turadigan
menejerlar chiqadi. Ular aynan yuksaklikka intiladilar ham.
Bunda ularga yana
bitta sifat “siyosiy fitnachilik” malakasi yordam beradi. Ular o’zidan yuqorida
turgan rahbariyatga o’zi va qo’l ostidagilari ishining ahamiyatliligini ustalik bilan
yetkaza oladilar. Foydali ishning hidini yuz chaqirimdan ham sezadilar va bu narsa
uchun kurashda o’z raqiblarini “bir-birlari bilan peshonasini urishtirib qoyadilar”.
Mana shu yerda uchburchak shaklining bosh salbiy sifatiga e’tibor berish kerak: bu
83
o’ziga yo’naltirilgan kuchli egosentrizmdir. Bu narsa shunga olib keladiki,
uchburchaklar hokimiyat tepasiga intilayotib o’z maqsadlariga yetishish uchun har
qanday axloqiy normalarni unchalik pisnd qilmaydilar. Bu holat boshqalarda
qo’rquvni va shunga asoslangan hurmatni
yuzaga keltirishi mumkin, lekin hech
ham ularga nisbatan moyllik va muhabbat hosil qilmaydi. Shunday bo’lsada
qo’rqmang! Bu “ashaddiy” ya’ni vaqtida boshqalar tomonidan to’xtatilmagan
uchburchaklargagina xosdir. Umuman olganda, uchburchaklar kelishgan, o’ziga
jalb qiluvchi odamlar bo’lib, (shunday bo’lmasa ularga kim ergashadi) hamma
narsani va hammani o’z atrofida
aylanishga majbur qiladilar, ularsiz bizning
hayotimiz o’z keskinligini yo’qotar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: