27
ham turlicha bo’ladi.
Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat,
kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga
moyil bo’lar ekan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini
o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimunlarga uning bergan bahosi yoki
reaksiyasi sifatida qaramay, balki, unda shunga o’xshash holatlarni idrok qilishga
ichki bir hozirlik dispozitsiyaning mavjudligi bilan tushuntirish to’g’riroq bo’ladi.
Shu ma’noda shaxs xulqining motivatsiyasi turli sharoitlardagi orttirilgan tajribaga
tayangan, ongli tahlillar, hattoki ijtimoiy tajriba normalarining ta’sirida
shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi. Masalan, texnika
oliygohlarida: “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor deylik.
Shu kursni
o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y bermaydi. Hali
kurs boshlanmasdanoq yosh talabalarda shu kurs va uning talablariga
nisbatan
ustanovka shakllanadiki
, albatta bu kurs qiyin, uni olib boruvchi
o’qituvchi o’ta
talabcha, qattiaqqo’l va xokazo. Bunday motivatsiya mana necha
avlord talabalari boshdina kechirayotgan holat. Endi aniq shaxsning dars jarayoni
boshlangan keyingi harakatlari konkret motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq
talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida
darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi uchun bu darsdan keyin dars yo’q va u
qachon shu semestr tugushini kutib harakat qiladi.
Motivni o’rganish hozirda psixologiya va pedagogikaning
asosiy markaziy
muammolaridan biri hisoblanadi. Motivni o’rganish bo’yicha olimlarimiz
anchagina yutuqqa erishgan bo’lishsada, uni tizimga solish aniq yo’nalishlar ishlab
chiqilmagan. Motivni tizimga solish, uning me’zonlarini ko’rsatib berish bo’yicha
ijtimoiy
va
bilishga
oid
ayrim
turlari
ishlab
chiqilgan:
Keng doiradagi ijtimoiy motivlar (burch, javobgarlik, o’qishning ijtimoiy o’rnini
bilish) shaxsning jamiyatdagi o’rni va moslashishini belgilab beradi;
Tor doiradagi ijtimoiy motivlar (kelajakdagi birorta mansabga erishish, atrofdagilar
e’tiborida bo’lish o’z
mehnatiga yarasha taqdirlani;)
Ijtimoiy hamkorlik motivlari (sudda o’z o’rni, holatiga ega bo’lish, atrofdagilar
bilan o’zaro munosabat turlariga yo’nalganlik;)
Keng bilish motivlari (bilim egallashning yo’llarini bilish, aniq bir o’quv fanini
o’rganish;)
O’z ustida ishlash motivlari (qo’shimcha bilim olishga yo’nalganlik;)
Motiv tushunarli va tushunarsiz, anglangan va anglanmagan bo’lishi mumkin. Har
qanday motivlar orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Maqsadli hayotda shaxsda
avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va ayynan ularning tabiati va zaruratiga
bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi. Misol uchun talabaning o’quv
faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi bilim,
bilim olish, qiziquvchanlik
ehtiyojini paydo qiladi.
Rus olimi R.Nemov shaxsdagi motivatsion sohani quyidagicha tasavvur qiladi.
28
Umuman har qanday shaxsdagi mavjud ehtiyojlarni ikki gurpuhga bo’lish
mumkin:
1.
Biologik ehtiyojlar – bu fiziologik (tashnalik, ochlik, uyqu) jinsiy moslashuv
ehtiyojlari.
2.
Ijtimoiy ehtiyojlar –
mehnat qilish
, bilish, estetik va axloqiy ma’naviy ehtiyojlar.
Umuman shaxs xulq motivi haqida gap ketganda uning ikki tomoni ya’ni elementi
ajratiladi. Harakat dasturi va maqsad. Harakat dasturi maqsadga erishishning
vositalariga aniqlik kiritadi. Dasturda nazarda tutilgan vositalar maqsadga
erishishni
oqlashi kerak, aks holda dastur hech narsa bermaydi. Masalan, ota-
onaning bolaga shartlar qo’yib o’z idealidagi shaxs qilishi uchun qat’iy nazorati
oqibatida keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan qaysar, ijtimoiy sharoitda
qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv har doim anglangan,
ehtiyojlar movufiqlashtirilgan aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq
jamiyatga mos bo’ladi.
Motivlardan biri turli hil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo’lib,
bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D.Makleland, D.Atkinson va
nems olimi X.Xekxauzenlar. ularning yikricha odamda
turli ishlarni bajarishni
ta’minlovchi ikki turdagi motiv bor:
1.Muvaffaqiyatga erishi motivi.
2.Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.
Motivlar tizimi bevosita shaxsning mehnatga odamlarga va o’z-o’ziga
munosabatlardan kelib chiqadi va undagi harakter xususiyatlarini ham belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: