Tola arrali silindr (8)
tishlari bilan tortilib, ilashib, konsolli kolosniklarni (5)
ishchi qismiga olib kelinadi va arra ilashgan tolani kolosniklar orasidan ishchi
kameradan tashqariga olib о‘tadi. Konsolli kolosniklar (5)
orasiga chigit
sig‘masligi tufayli, chigit kolosnik yuzasida qoladi tola esa ajralib arra tishi
yuzasida xarakatini davom ettiradi.
Taxminan 50% chigit chigit chiqarish moslamasi (3) teshiklaridan о‘tib
ichkarida joylashgan shnek yordamida jinning
ikki yon tomoniga chigit
konveyeriga tashlab beriladi. Qolgan chigitlar esa konsolli kolosniklar yuzasida
xarakatlanib pastga tushib ketadi. Tola arra tishlaridan chutkali baraban (7)
yordamida ajratilib jindan tashqariga tuynuk (12) orqali chiqariladi. Jinlangan
toladan ulik va iflosliklar maxsus moslamalar (6)
yordamida, arra tishlaridan tola
ajratilmagan (yuqori qismda) xolatda va chutkali baraban tola ajratib olgandan
sо‘ng tozalanadi. Tituvchi kame- raning tag qismiga о‘rnatilgan (tishli) ilashtiruv-
rolik (9) arra tishlariga paxtani bir tekis yopishtirib beradi va paxta tiqilishini oldini
oladi.
161-Arrali jinning texnik kо‘rsatkichlari
1. Tola bо‘yicha ish unumdorligi, kg/soat....................................................3400
2. Arrali silindr: Arralar soni,.......................................................................161
Arrali disk diametri, mm............................................406,4
Arrali disk tishlar soni, dona......................................330
Aylanish soni, ayl/min...............................................615
3. Ajratuvchi chо‘tkali baraban: diametri, mm............................................381
Barabanda chо‘tka qatori............................................20
Aylanish tezligi, ayl/min.............................................1552
4.Chigit chiqaruvchi moslama: diametri, mm...............................................127
Aylanish soni, ayl/min.................................................270
5. Chigit chiqaruvchi konveyer: diametri, mm..............................................102
Aylanish soni, ayl/min.................................................854
6. Jin elektrodvigateli: Quvvati, kVt.........................................................111
Aylanish soni ayl/min.........................................................180
7. Gobarit о‘lchamlari: Uzunligi (oldingi qismi korpusibilan)…...............3873
Balandligi (poldan ta’minlagichgacha), mm............1343
Eni (tо‘siqlar bilan), mm...........................................2330
8. Og‘irligi ( taxminan), kg..........................................................................3175
Do'stlaringiz bilan baham: