12 - LABORAТORIYA ISHI
Impuls hisoblagichini tadqiq qilish
Ishning maqsadi:
PIC mikrokontrollerlarining komandalarini o‘rganish.
Mikrokontrollerli qurilmalarni loyihalash bo‘yicha dasturiy va sxemotexnik
yechimlar asosida amaliy ko‘nikma olish. Avtomatlashtirilgan ish o‘rnida
o‘lchov qurilmalarini loyihalash ishlarini bajarish uchun amaliy ko‘nikma
olish.
Hisobot tarkibi
1. Mavzu.
2. Ishning maqsadi.
3. Тajriba ishida ishlatilgan dastur haqida ma’lumot.
4. Тopshiriq
5. Ishning tafsili.
6. Хulosalar.
Ishni bajarish uchun nazariy tayyorgarlik
Impuls hisoblagichining vazifasi mikrokontroller kirishiga berilgan
impulslarni sanash va indikatsiya qilishdan iborat. ISIS dasturida virtual
signal generatori mavjud. Ushbu laboratoriya ishida shu generatordan
chiqayotgan impulslar sonini sanab, indikatsiyaga chiqarish ko‘zda tutilgan.
Loyiha dasturida o‘lchanishi lozim bo‘lgan impulslar mikrokontrollerning V
portining 0 razryadiga ulangan. Bu signalning har bir musbat fronti “int”
signalining shakillanishi va MK ning uzilish rejimini hosil bo‘lishiga olib
keladi. Bu o‘z navbatida o‘lchanishi lozim bo‘lgan impulslar sonini hisoblash
imkonini beradi.
Ishni bajarish uchun amaliy tayyorgarlik
1. ISIS dasturini yurgizing.
2. ISIS dasturida “21Virtual laboratoriya ishlari to‘plami” papkasida “12
PULS” papkasidagi “PULS”loyihasini yuklang.
3. Loyihaga virtual ossillogaf kiriting va uning 4 ta kanali kirishini
loyihadagi PIC16F84A mikrokontrollerining 10, 11, 12 va 13 - oyoqlaridan
chiqqan simlarga ulang.
4. Loyihaga virtual mantiqiy analizator kiriting va uning 4 ta kanali
kirishini loyihadagi PIC16F84A mikrokontroller-ining 10, 11, 12 va 13 -
oyoqlaridan chiqqan simlarga, 5 kanali kirishini loyihadagi mikrosxemaning
12 oyog‘iga ulang.
5. System → Set Animation Options menyusidan animatsiya
opsiyalarining barchasini belgilang.
Тopshiriq
1. Loyiha prinsipial sxemasini uning barcha elementlari aniq ko‘rinadigan
masshtabda Print Screen klavishasi bilan tasvirini oling va Ofis imkoniyatlari
bilan kerakli rasmni tayyorlang.
2. Loyiha modelini qadamma - qadam animatsiya rejimida ishga tushiring
va bu rejimdagi oynani Print Screen klavishasi bilan tasvirini oling va Ofis
imkoniyatlari bilan kerakli rasmni tayyorlang.
3. Loyihaning ish tartibini qadamma - qadam animatsiya rejimida
debugger oynasida ochilgan dastur matni asosida kuzating va tahlil qiling.
4. Ishning natijalarini hisobot uchun yozib oling.
5. Olingan natijalar asosida hisobot tayyorlang.
Nazorat savollari
1. Mikrokontrollerli elektron qurilmalarda qanday signallar bo‘la-di?
2. Ossillograf nima?
3. Timer nima?
4. Virtual Signal Generatori nima?
5. Signal chastotasi nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |