309
ahamiyat kasb etadi.
Z.Freyd fikricha ongsizlik ong faoliyatining ziddi, qudratli
irratsional kuch. Ayni paytda u inson o„zi anglamaydigan mayllar psixoanaliz
texnikasi yordamida aniqlanishi va ong nazorati ostiga olinishi mumkin.
Freyd
inson ruhiyatining teran ongsizlik qatlami haqidagi tasavvurga tayanadi. Uning
fikricha, bu erda hali lozim darajada o‗rganilmagan, biroq ong uchun ancha muhim
bo‗lgan alohida hayot mavjud.
Freyd konsepsiyasining markaziy tushunchasi «libido»dir.
Freydning ilk
asarlarida «libido» deganda jinsiy mayl energiyasi tushuniladi. Keyinchalik Freyd
«libido»ni Platonning «Erosi» bilan bog‗laydi, uni «muhabbat» so‗zi bilan qamrab
olinadigan hodisalar – jinsiy muhabbat, ota-ona va farzandlarga muhabbat,
umuman odamlarga muhabbat energiyasi bilan ayniylashtiradi. YUng «libido»
tushunchasining hayot jarayonida namoyon bo‗luvchi ruhiy energiya sifatidagi
keng talqinini ilgari suradi. Uning fikricha, bu vital-ruhiy energiya oqimi bo‗lib,
ongli va ongsiz hayot fenomenlarining barchasi
libido yaxlit va yagona
energiyasining ayrim ko‗rinishlaridir. Zigmund Freyd yaratgan inson xulq-atvori
modelining zamirida inson ruhiyatida jinsiy mayllarning hukmronligi haqidagi
tasavvurda mazkur mayllar ong bilan to‗qnashadi va natijada uni o‗ziga
bo‗ysundiradi. Ammo falsafiy maktablarning aksariyati o‗zgacha nuqtai nazarni
ilgari suradi. Ular inson ruhiyatida etakchi asos ong bo‗lib, u ongsizlik sohasini
«oziqlantirish» va uni ko‗p jihatdan shakllantirish
orqali umuman olganda uni
boshqarishga, shuningdek inson xulq-atvorining umumiy strategiyasini belgilashga
qodir, deb hisoblaydi.
XX asrda Freyd va YUng bilan bahsga faylasuf, sotsiolog va psixolog Erix
Fromm
(1900–1980) kirishadi. Jum ladan, Freyd fikriga ko‗ra,
ongsizlik – asosan
inson ruhiyatining tub-tubida yashirinib yotadigan, uning madaniyati va tashqi
o„zligi (egosi) talablari bilan muvofiq kelmaydigan hodisa
. YUng ta‘limotida
ongsizlik vahiy manbaiga, dinda Xudo deb ataluvchi substrat timsoliga aylanadi
.
Fromm ikkala konsepsiyani ham bir yoqlama deb hisoblaydi. Uning fikricha
,
ongsizlik – inson o„zligining ong vositasida boshqariladigan Egodan tashqaridagi
qismi. U ijobiy va salbiy, oliy va tuban unsurlardan tarkib topadi
. Biz ongsizlikka
sig‗inish talab etiladigan Xudo sifatida yoki o‗ldirish lozim bo‗lgan ajdar sifatida
emas, balki xotirjam, chuqur hazil hissi bilan yondashishimiz, o‗zimizning mazkur
boshqacha qismimizni dahshatga tushmasdan, biroq unga tavoze ham qilmasdan,
asl holicha qabul qilishimiz kerak
1
.
Har xil tushlar, gallyusinatsiyalar, xayoldan ketmaydigan g„oyalar,
intuitsiya va shu kabilar ongsizlikning namoyon bo„lish shakllariga misol bo„lishi
mumkin.
Ular odamlar ruhiyati va xulq-atvoriga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi, lekin ayni
vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtai nazaridan ularga bo‗ysunmaydi. SHu
sababli
ongsizlik ongning muayyan lahzada ong bilan boshqarishga qodir
bo„lmagan parchasi, deyish mumkin
2
.
1
Қаранг: Ницше Ф., Фрейд 3., Фромм Э., Камю А., Сартр Ж.П. Сумерки богов. – М., 1989.
– 206-б.
2
Қаранг: Шрейдер Ю.А. Загадочная притягательность философии (субъективнқе заметки) // Вопросқ философии. 1996.
№7. – С.168.
310
Ongsizlik strukturasiga ong sohasida vujudga kelishi va vaqt o‗tishi bilan
ongsizlik sohasiga kirishi mumkin bo‗lgan intuitsiya va avtomatizmlar ham kiradi.
Intuitsiya
– bu olish yo‗llari va shartlarini anglamasdan, bevosita hissiy kuzatish
yoki mushohada yuritish yo‗li bilan olinadigan bilim.
Avtomatizmlar
–
bu avval
ong nazorati ostida paydo bo‗lib, uzoq mashq qilish va ko‗p karra takrorlash
natijasida ongsiz harakatlar xususiyatini kasb etuvchi insonning murakkab
harakatlari. Tush, gipnoz holati, somnambulizm hodisalari,
hushsizlik holatlari
ham ongsiz harakatlar hisoblanadi.
Ruhiy faoliyatga ongsiz harakatlarning qo‗shilishi natijasida ongga
tushuvchi yuk kamayadi, bu esa, o‗z navbatida, insonning ijodiy imkoniyatlari
maydonini kengaytiradi. Hozirgi zamon fani
ong osti sohasi
tushunchasi bilan ham
ish ko‗radi. Bu ongsizlik sohasining alohida qatlami yoki darajasidir. Unga faoliyat
amallarining ong darajasidan avtomatizm darajasiga o‗tishi bilan bog‗liq
ruhiy
hodisalar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: