EKSPERT XULOSASI (tashqi)
Ta`lim tizimini isloh qilish kadrlar tayyorlash jarayoniga zamon talab
qilayotgan tub o`zgarishlarni kiritish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy
majlisi I chaqiriq IX sessiyasi 1997-yil 29- avgustda ―Ta`lim to`g`risidagi qonun ‖
va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖,Vazirlar mahkamasining ―O`zbekiston
Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish‖ to`g`risidagi1998-yil 13-
maydagi 203-sonli qarori, hamda umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti
va hujjatlarga asosan hozir respublikamizda ta`lim- tarbiya tizimini tubdan
o`zgartirish,uni yangi zamon talablari darajasiga ko`tarish, barkamol avlodni
tarbiyalab voyaga yetkazishning qonuniy asoslari belgilab olindi.
O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bu tilning ichki va tashqi
imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish imkonini yaratdi. O`zbek tili asrlar
davomida necha minglab turkiy ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bo`lib, o`zbek
xalqi orasida o`zaro aloqa vositasi hamda uning matbuot va badiiy adabiyot tili
bo`lib xizmat qilmoqda. Bu tilda Alisher Navoiy, Bobur, Abdulg`ozi Bahodirxon,
Mashrab, Muqimiy,Furqat, Cho`lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor,
5
Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqa qator adiblarimiz o`zlarining tarixi-
badiiy asarlarini yaratib, uning qudratini namoyish qilganlar.
―Umumiy tilshunoslik‖ fani bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlash uchun
o`qitiladigan umumkasbiy, amaliy fanlardan biri hisoblanadi. Ushbu fanning
o`zlashtirilishi natijasida talabalar pedagogic texnologiyalar fanining mazmun
mohiyati, rivojlanish bosqichlari va pedagogic texnologiyalarning klassifikatsion
tamoyillari hamda an‘anaviy innovatsion ta‘limning o`ziga xos xususiyatlari
haqida bilim ko`nikmalarning egallaydilar va malakaga ega bo`ladilar.
―Umumiy tilshunoslik‖ fanidan kafedra professor-o`qituvchilar tomonidan
tayyorlangan ta‘lim texnologiyalari majmuasi zamon talablar asosida, innovatsion
pedagogik texnologiyalarni qo`llash texnikasi ochib berilgan holda ishlab
chiqilgan.
Kurs bo`yicha o`quv rejasida ma‘ruza, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlari
rejalashtirilgan bo`lib, har bir mavzu bo`yicha dars mashg`ulotini o`tkazish
texnologiyalari batafsil izohlab berilgan bo`lib, majmuada ―Aqliy hujum‖,
―Klaster‖, ―Nima uchun?‖, ―Qanday?‖, ―FSMU‖, ―Muammo‖, ―Tushunchalar
tahlili‖, ―Venn diagrammasi‖, ―T-organizeyri‖, ―BBB‖, ―Nilufar guli‖, ―Esse‖,
―SWOT‖, ―Charxpalak‖, ―Qarama-qarshi munosabat‖, ―Ikki qismli kundalik‖,
―Fidbeyk‖, ―Assisment‖, ―Agar men…‖, ―Xulosalash‖ kabi interfaol ta‘lim
texnologiyalarida foydalanilgan.
―Umumiy tilshunoslik‖ fanidan kafedra professor-o`qituvchilar tomonidan
tayyorlangan ta‘lim texnologiyalari majmuasi qo`yilgan talablariga to`la mos
keladi va ta‘lim tizimida talabalarni o`qitishda qo`llash o`z samarasini beradi.
Navoiy davlat konchilik instituti
Chet tillar kafedrasi dotsenti f.f.n. М.Ravshanov
6
Navoiy davlat pedagogika instituti ―O`zbek filologiyasi‖ fakulteti
o`quv-uslubiy Kengashining bayonnomasidan
Do'stlaringiz bilan baham: |