tashkilot omborlari va boshqa saqlash joylaridan zaxiralarni chiqarib ketish ruxsatnomasi
(o‘tkazish varaqasi)ni berish hukuqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatini belgilash;
−
tashkilot rahbari tomonidan bosh buxgalter bilan kelishilgan
holda tasdiklangan
birlamchi hujjatlarni imzolash huquqiga ega shaxslar ro‘yxatining mavjudligi (ro‘yxatda
shaxslarning mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi va vakolati darajasi (ushbu mansabdor shaxs
tomonidan qaror qabul qilinadigan operatsiyalarning turlari va ko‘rinishlari) ko‘rsatiladi).
Tovar-moddiy zaxiralarni ma’lum muddatga (masalan, moliyaviy hisobotni tuzish
sanasigacha) bo’lgan davrda xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida bo’lgan barcha zaxiralar, ular
qaerda joylashgan bo’lishidan qati nazar, tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Ya’ni, buyumni
xo’jalik yuri-tuvchi sub’ektning tovar-moddiy zaxiralariga o’tkazishning xal qiluvchi mezoni
bo’lib uning mazkur buyumga bo’lgan mulkiy huquqi hisoblanadi. Shu bilan birga, xo’jalik
yurituvchi sub’ektga tegishli hududda boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning mulki bo’lgan
buyumlar bo’lishi mumkin. Konsignatsiya shartnomasi asosida kelib tushgan
tovarlar yoki tovar-
moddiy zaxiralarni sotish haqida hisob-kitob hujjatlari rasmiylashtirilib, ammo o’z vaqtida xaridor
tomonidan olib chiqib ketilmagan tovarlar bunga misol bo’la oladi. Bular xo’jalik yurituvchi
sub’ektning tovar-moddiy zaxiralariga kirmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi birligi xo’jalik yurituvchi sub’ekt
tomonidan mustaqil tarzda shunday belgilanadiki, ushbu birlik mazkur zaxiralar to’g’risida to’liq
va ishonchli axborotning shakllantirilishini, shuningdek ularning mavjudligi va harakati ustidan
tegishli nazorat o’rnatilishini ta’minlashi lozim. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatiga, ularni
xarid kilish tartibi va ulardan foydalanishga qarab tovar-moddiy
zaxiralarning birligi deb
nomenklatura raqami, partiyasi, bir turdagi guruhi va hokazolar olinadi.
4-BHMSga muvofiq, yuqori sanab o’tilgan tovar-moddiy zaxiralar turlari buxgalteriya
balansining «Tovar-moddiy zaxiralar» umumiy moddasi doirasida birlashtirilgan. Ushbu moddaga
21-son BHMSning quyidagi schyotlari koldiqlari mos keladi:
1000— «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»;
1100— «O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
1500 —«Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlar»;
1600 — «Materiallar kiymatidagi farklarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2000 — «Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar»;
2100— «O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2300— «Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar»;
2500 — «Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar»;
2600 — «Ishlab chiqarishdagi yaroksiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2700 — «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2800 — «Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»;
2900 — «Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar».
Oldingi hisobot davri oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar koldig’i ushbu hisobot yili
boshlanishiga o’tkaziladi. Unga ushbu hisobot davr davomida sotib olingan yoki yaratilgan tovar-
moddiy zaxiralar qiymati qo’shiladi. Hosil bo’lgan summa sotilgan mahsulot va ushbu hisobot
pavri oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig’i o’rtasida taqsimlanadi. Birinchi ko’rsatkich
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda (sotilgan mahsulot (ish, xizmat)
va tovarlar tannarxi
tarkibida) ko’rsatiladi va asosiy faoliyatdan olingan sof foydani hisoblashda ishlatiladi. ikkinchisi
buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: