13-mavzu: Jahon dinlari: buddizm va xristianlik va ulardagi ta’limiy- tarbiyaviy qarashlar



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana24.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#699597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Falsafa (2)

Xristianlikning ta’limoti.
Manbalar xabar berishicha, xristianlik yahudiy 
muhitida yuzaga kelgan. Bu esa xristianlikning yahudiylikdan ko‘p jihatdan 
ta’sirlanishiga sabab bo‘ldi. Xristianlikning asosiy g‘oyasi - Isoning odamzodning 
xaloskori “messiya” ekanligi yahudiylikda mavjud bo‘lib, oxiratga yaqin kelishi 
kutilayotgan xaloskor haqidagi ta’limotdan kelib chiqqandir. 
Keyinchalik bu ta’limot Xudoning mujassamlanishi yoki Isoning ikki xil – 
odam va xudo mohiyati haqida “gunohni yuvish”, ya’ni Isoning o‘zini ixtiyoriy 
tarzda qurbon qilishi haqidagi ta’limot bilan mustahkamlanadi. Xristianlik 
muqaddas ruh ota-xudo, bola-xudo va muqaddas ruh - uch yuzlik xudo to‘g‘risidagi 
ta’limoti, targ‘ibot - tashkilotchilik, jannat va do‘zax, oxiratda go‘yo dunyoning 
oxiriga borish, Isoning qaytishi haqida va boshqa aqidalarni o‘z ichiga oladi. 
Xristian jamoasining shakllanishi, uning aqidalarini tartibga solinishi, cherkov 
munosabatlarining ishlab chiqilishi, diniy tabaqalar tuzumining vujudga kelishi 
eramizning IV asr boshlarida 324 yili xristianlik Rim imperiyasida davlat dini deb 
e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshdi. 
325 yili tarixda birinchi marta Rim imperatori Lisiniya imperiya hududidagi 
xristian jamoalarini o‘zaro kelishtirish va tartibga solish maqsadida Nikey shahrida 
I Butun Olam Xristian Soborini chaqirdi. 381 yili Konstantinopolda II Butun Olam 
Xristian Sobori bo‘lib o‘tdi. Bu soborlarda xristianlik ta’limotining asoslari qabul 
qilindi va bu asoslar 12 qismda ifodalandi. 
-
Birinchi qismda olamni yaratgan Xudo haqida so‘z yuritiladi. 
-
Ikkinchi qismda Xudoning o‘g‘li Isus Xristosga imon keltirish haqida so‘z 
boradi. 
-
Uchinchi qismda ilohiy mujassamlashuv haqida so‘z yuritilib, unga ko‘ra, 
Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirgan. 
-
To‘rtinchi qismda Isoning azob-uqubatlari va o‘limi haqida so‘z ketadi. Bu 
gunohlarning kechirilishi haqidagi aqidadir. Bunda Isoning tortgan azoblari va 


o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechiriladi deb 
e’tiqod qilinadi. 
-
Beshinchi qismda Isoning xochga mixlanganidan so‘ng uch kun o‘tib qayta 
tirilganligi haqidagi aqida keladi. 
-
Oltinchi qismda Isoning meroji haqida so‘z yuritiladi. 
-
Yettinchi qismda Isoning nuzuli ikkinchi marotaba yerga qaytishi) haqida 
so‘z yuritiladi. 
-
Sakkinchi qism Muqaddas Ruhga imon keltirmoq borasidadir. 
-
To‘qqizinchi qism cherkovga munosabat haqida. 
-
O‘n birinchi qism o‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida.
-
O‘n ikkinchi qismda abadiy hayot haqida so‘z yuritiladi. 
Xristianlikning bundan keyingi falsafiy va nazariy rivojida avliyo 
Avgustinning ta’limoti katta rol o‘ynadi. Beshinchi asr bo‘sag‘asida u dinning 
bilimdan afzal ekanligini targ‘ib qila boshladi. Uning ta’limotiga ko‘ra, borliq inson 
aqli bilishga ojizlik qiladigan hodisadir, chunki uning ortida ulug‘ va qudratli 
Yaratuvchining irodasi yashiringan. 
Avgustinning taqdir haqidagi ta’limotida aytilishicha, Xudoga imon keltirgan 
har bir kishi najot topganlar safidan o‘rin egallashi mumkin. Chunki imon taqdir 
taqozosidir. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish