Rezanatorlik faoliyati. Burun va burun- halqum tovush rezanatorlari vazifasini
bajaradi. Ularda havoning tebranishi tovushni kuchaytiradi. Har bir odamning
o’ziga xos tovush ohangi va tembri bo’ladi. Burun bitib qolganida tovish o’z ohan-
gi va tembrini yo’qotadi, bunda manqalangan tovush chiqadi, bunday holat yopiq
manqalik deyiladi. Agar tanglay chodiri ko’tarila olmay falajlansa, tovush talaffuzi
vaqtida halqum ochuq qoladi, bunda nutq tovushlari burundan chiqib ketayotgan-
dek boshqatsharoq ohangda bo’ladi, buni ochiq manqalik deyiladi. Kichik
bo’shliqlar (g’alvirsimon hujayralar, ponasimon boshliq) baland tovushlarni re-
zanatorlaydi, katta bo’shliqlar (yuqori jag’ va peshona bo’shlig’i) past tovushlarni
rezanatorlaydi. Katta odamlarda bo’shliqning hajmi kattalashmaydi, ovozining
tembri umrining oxirigatsha o’zgarmaydi., Bo’shliqda yallig’lanish jarayoni
bo’lganligi uchun shilliq qavati qalinlashadi va ovoz tembirini o’zgarishiga olib
keladi.
Ko’z yosh chiqarish va aksa urush faoliyati. Me’yorda ko’z yoshi burun-
ko’z. Yoshi kanali teshigi orqali burun boshlig’ga erkin o’tadi. Burun
bo’shlig’ining patologik jaratonlarida esa, masalan gipertrofik jarayonda, bu teshik
torayib ko’sdan tinmay yosh oqishiga sabab bo’ladi. Sovuq havo ta’sirida ham bu-
run bo’shlig’i shilliq qavati shishishi tufayli ko’zdan yosh oqishi kuzatiladi.
Aksa urush (sternuta mentum), aerodinamik funksional kompleksni himoya
reaksiyasi bo’lib, qisqa hafas olishidan keyin yuzaga kelib, nafas mushaklarini
to’satdan qisqarishidan yuzaga keladi. Hafas oilngandan keyin oldingi tanglay
chodir mushaklari qisqaradi, til yuqoriga ko’tarilib orqaga tortilib qattiq tan-
glaylariga tegadi va yyumshoq tanglay ko’tariladi. Bu bilan hafas yo’llari germetik
yopiladi va spazmli hafas chiqarayotgan mahal barometrik bosim tezlik bilan
oshadi. Bosim ma’lum bir bosqichga etganida yyumshoq tanglay to’satdan ochiladi
va burun shilliq qavatini shilliqdan undagi zarratshalardan tozalab, katta tezlikda
havo burun tomonga harakatlanadi. Gohida aksa urush bronxlarni va ovoz
34
boylamini torayishi bilan birga kechib, o’ziga hos aksa urush ovozini berishi
mumkin. Aksa urush murakkab jarayon bo’lib, bunda ko’p nervlar va MNS
ishtirok etadi. Refleksogen yo’l bo’lib uch shoxli nervning ikkinch tolasi hisobla-
nadi. Bu esa burun chig’anoqlarining shilliq qavatini va burun to’sig’ini innervasi-
ya qiladi. Aksa urush asosida qichishish yotadi. Afferent tolalar uch shoxli nervni
ikkinchi tolasi orqali uzunchoq miya’ni retikulyar formasiyasiga boradi, u yerda
efferent yo’l orqali tolalari nafas va halqum mushaklariga boradi (n. phrenicus, nn.
intercostalis, nn. glossopharyngeus, n. vagus, n. hypoglossus). Aksa urush re-
fleksida yuz nervi ham ishtirok etadi, bu esa aksa urush vaqtida mimik mushakla-
rini qisqarishiga sabab bo’ladi.
Aksa urush to’satdan yuzaga keladi. Bu refleksni to’xtashish uchun boshqa
sensor ta’sir ( masalan: yuqori labni ishqalash) ko’rsatish kerak. Agar yorug’ nurga
qaralsa aksa urush jarayoni tezlashadi. Bu holatda reflex yoyiga ko’z to’r paradas i-
ni mushaklari qozg’alishi qo’shiladi. Sababi nn. nasociliares orqali nerv impulsi
uch shoxli nervni qo’zg’alishini oshiradi. Shu bilan aksa urush jarayoni tezlashadi.
Aksa urush bir marta, ko’p marta, xurujsimon va xuruj vaqtida o’n martalab
qaytarilishi mumkin. Bu reflex tumovning o’tkir fazasiga, allergik rinopatiyaga
chang va gazsimon moddalar hidlagan yuzaga kelishi mumkin. Burun shilliq
qavatining atrofik o’zgarishlarida, masalan: ozena (sassiq tumov)da aksa urush re-
fleksi kuzatilmaydi.
Chiroy faoliyati. Burun insonga chiroy bag’ishlaydi. Turlixil jarohatlar yoki
tug’ma nuqsonlar burun shaklini tiklash uchun jarrohlik usuli qo’llaniladi.
35
2.5.
Do'stlaringiz bilan baham: |