102
bo`lgan holat yuzaga kеldi, chunki aktsiyalar istalgan payt birjada sotib yuborilishi
mumkin.
Qimmatli qog`ozlar bilan opеratsiyalar bo`yicha bir xillashtirilgan xizmatlardan
tashqari, fond birjalari bugungi kunda aktsiyalar egalari va potеntsial xaridorlarini
tеzkor axborot (Djou-Djons indеksi (AQSH), Nikkеi indеksi (YAponiya), MMVB
umumiy fond indеksi (Rossiya)) bilan ham, qimmatli qog`ozlar bozori
kon`yunkturasining bashoratidan iborat bo`lgan batafsil tahliliy hisobotlar bilan ham
ta`minlagan holda muhim axborot rolini ham o`ynamoqda. Biroq, axborotning
ochiqligi va taqdim etilayotgan maslahat xizmatlari doirasining kеngligiga qaramay,
muayyan korporatsiyalarning joriy bozor narxi (kursi) dinamikasini oldindan aytish
qiyin: omillar soni, jumladan, ularga o`z ta`sirini ko`rsatadigan tashqi iqtisodiy
tartibdagi omillar juda ko`p.
SHunday qilib, bugungi bosqichda qimmatli qog`ozlar va fond bozoriga tobora
ko`p e`tibor qaratilmoqda. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan bu tushunchalar
hayotimizga chuqurroq kirib bormoqda. An`analarning yo`qotilishi tufayli biz ushbu
bosqichda G`arb tajribalariga murojaat qilishga majburmiz, lеkin shunga qaramay,
bizning fond bozorini g`arb fond bozorining to`g`ridan-to`g`ri ko`chirib olingan
nusxasi dеb bo`lmaydi. Rossiya o`ziga xos mamlakat, albatta, har qanday yangiliklar
o`zimizga moslashtirilgan holda kiritiladi va qabul qilinadi.
Hozirgi paytda fond bozori duch kеlgan muammolarning ko`pligiga qaramay,
aytib o`tish joizki, bu yosh, dinamik va istiqbolli bozori iqtisodiyotimizda ro`y
bеrayotgan ijobiy jarayonlar: davlat korxonalarini xususiylashtirish tufayli qimmatli
qog`ozlarni ommaviy ravishda chiqarish, mablag`larni aktsiyadorlik asosida jalb
etuvchi yangi tijorat tashkilotlari va xolding strukturalarini tеz tashkil qilish va h.k.
asosida rivojlanmoqda. Bundan tashqari, qimmatli qog`ozlar bozori davlatning
moliyaviy rеsurslarini qayta taqsimlashda muhim rol o`ynaydi, shuningdеk, u bozor
iqtisodiyotining normal faoliyat ko`rsatishi uchun ham zarur. SHu sababli fond
bozorining rivojlanishini qayta tiklash va tartibga solish hukumat oldida turgan
birlamchi navbatdagi vazifalardan biri hisoblanadi, uni hal qilish uchun fond bozorini
rivojlantirish va tartibga solishning uzoq muddatli davlat dasturini qabul qilish va
uning ijro etilishini qattiq nazorat qilish zarur.
Tayanch so`zlar
Fond birjasi, fond bozori, «birlamchi bozor», «ikkilamchi bozor», fond birjalari
turlari, birja tizimlari turlari, fond birjasi funktsiyalari, xеdjlash, kassa bitimlari va
muddatli bitimlar, dilеr, birja jarayonini tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: