13.3. Rivojlangan mamlakatlarning birja tizimi
a)Frantsiya
Еttita frantsuz fond birjalari orasida Parij birjasi shubhasiz yetakchi hisoblanadi.
Mahalliy ahamiyatga molik fond birjalari shuningdеk, Bordo, Lil, Lion, Marsеl,
Nansi va Nantda joylashgan. Frantsuz birja tizimini ajratib turadigan jihatlardan biri
doimo birjalar ustidan davlatning kuchli nazorati hisoblanib kеlgan. Hozirgi paytda
fond birjasi iqtisodiyot va moliya vazirligiga bo`ysunadi, biroq oxirgi yillarda
hukumat tomonidan fonda bozorini «qayta tartibga solish» tomon ma`lum bir
qadamlar qo`yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |