Fransuzlar gimnastika tizimi. Fransiyadagi inqilobiy ozodlik urushlari
yoshlarning harbiy ishga ommaviy ravishda qiziqishi va yoshlar komandalarining
vujudga kelishiga (1771) imkon berdi. Napoleon davrida yoshlar komandalari maktab
batalonlariga aylantirilib, hukumat tomonidan quvvatlangan.
Mamlakatda gimnastika joriy qilish polkovnik Fransisko Amorosga (1770-1848)
yuklatildi. U 1819 yilda normal fuqaro va harbiy gimnastika maktabini tashkil qildi.
Uning «Jismoniy, gimnastika va ahloqiy tarbiyaga doir qo’llanma» (1830) kitobi barcha
maktablarga joriy etildi.
Dvoryanlar doirasida qilichbozlik keng rivojlandi. XIX asr o’rtalarida velosiped
sporti, golf, kriket, Laun-Tennis, ov, kamondan, to’pponcha va miltiqdan o’q otish
turlariga e’tibor kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |