uchunchidan, O’zbekiston xalki fuqarolik institutlari va mexanizmlari, avvalo
saylov tizimlari orqali o’zining siyosiy yuksalishi va hayotiy muxum milliy
manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror shart-sharoitlar yaratmokda,
turtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, etnik va
konfessional
jamoalar,
ijtimoiy-demografik
guruxlar
hayoti
muxum
manfaatlarining o’zaro makbo’l muvozanatidan kelib chikqan xolda kuriladi,
beshinchidan, demokratik jamiyat fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligiga
asoslangan. O’z navbatida, uning o’zi turmushning barcha soxalaridagi isloxatlar
jarayonida bunday faollikning usib borishini izchil ragbatlantirib boradi va
davlatning byurokratlashuvi, uning institutlari fuqarolarning hayotiy muxum
manfaatlaridan o’zilib kolishi xavfiga qarshi turadi,
«Bozor iqtisodiyotiga utish davrida, - deydi Prezident I.A.Karimov, - davlat
iqtisodiy erkinliklarning qafolati bo’ladi. Aynan shu tufayli davlat iqtisodiyotga
o’zining tartibga soluvchi ta’sirini makbo’l ravishda utqaza oladi»
1
.
Siyosiy jixat. Siyosiy nuktai nazardan baxolaganda, fuqarolik jamiyatidagi
siyoisy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun – moxiyatini huquqiy davlatchilik
ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy
moxiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki xodisaning o’zaro munosabati
shakl bilan mazmunning o’zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib
chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati tula ma’noda mavjud bo’lishining shak-
shubxasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidar. Va, aksincha, huquqiy davlat
1
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari – T., 1998. – 115-b
11
faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi
mumkin.
Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro nisbatini iqtisod bilan
siyosatning nisbati tarzida izoxlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida xam
yakkol kurish mumkin. Zero iqtisodiy isloxotlar tegishli demokratik siyosiy
tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi.
Mamlaqatimizda mulk shaklini o’zgartirish xususiylashtirish jarayonlarini
amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xususan,
O’zbekiston Respubliqasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasi
tashkil etilib (1992 yil), u mamlaqatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan
shug’ullanib kelmokda. Prezidentning 1992-1993 yillarda qabo’l kilingan o’ttizdan
ortik farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan o’nlab vazirlik va davlat
boshqa mulk shaklidagi konsern, assosiasiya, uyushma va jamgarmalarga
aylantirilda.Jumladan, O’zbekiston Respubliqasi paxtachilik vazirligi zamirida
«O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta maxsulotini sotish davlat aksiyadorlik
assosiasiyasini tashkil etish to’g’risida»gi farmon asosida mazkur assosiasiya
tashkil etildi (1992 yil 7 noyabr). Maxalliy sanoat vazirligi islox etilib, uning urnida
Prezidentning 1992 yil 3 sentyabrdagi farmoni bilan «Maxalliy sanoat» davlat
korparasiyasi tashkil etildi. Shuningdek, «O’zbeksavdo» assosiasiyasi(1992yil 5
may farmoni), «O’zbekiston xavo yullari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28
yanvar farmoni) tashkil topdi va xoqazo.
1997 yil 20 mayda «O’zbekiston Respubliqasi Vazirlar Maxkamasi apparati
tuzilmasini takomillashtirish to’grisida» qaror qabo’l kilindi. Bu qarorning asrsiy
maksadi xukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga
o’tqazishdan iborat edi. Vazirlar maxqamasi apparati bevosita soxaviy ma’muriy
boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga utdi. Buning ma’nosi
shuki, Vazirlar Maxqamasi apparati xujalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi,
iktisodiyotni davlat yuli bilan boshqarmaydi. Buning o’rniga u iqtisodiyotni bozor
yuliga o’tqazishning umumiy strategiyasini ishlab chikdi, iqtisodiy jarayonlar va
iqtisodiy komplekslar faoliyatini uygunlashtirish va muvofiklashtirish; xujalik
12
yuritish shakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institusional qayta o’zgarishlarni
amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va rakobatni
rivojlantirish bilan shug’ullanadi.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining
rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnak topishi uchun fuqarolik
jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralizm xam qaror topishi zarur. Buning uchun
jamiyatda tom ma’nodagi ko’ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining
keng ko’lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoklari, uyushmalari, mexnatqashlarning
mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi
vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli
munosabatlarga kirisha olsin.
Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari aloxida
o’rin tutadi .
Siyosiy soxada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak
huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitusiyaning 2-moddasiga kura,
davlat organlari va mansabdor o’axslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning huquqlarini
xurmat kilishlari lozim. Qonunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat
idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo’lmogi lozim. O’z
fuqarolarining xak-huquqlarini taminlab bera olmagan davlat demokratik huquqiy
davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng bo’lib, huquqning
teng subyekti sifatida etirof etishlari lozim.
Fuqarolar va ularning uyushmalari, davlat idoralari bilan teng huquqli
subyektlar sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu munosabatlarda
tomonlardan birining huquqi yoki manfaatiga putur yetqazilsa, u sudga murojat
etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o’z huquqini tiklashga erishish lozim.
Huquqiy davlatchilikning muxum prinsiplaridan biri ana shu. Binobarin, huquqiy
davlat faqat fuqarolik jamiyatiga boglik bo’lmay, balki uning manfaat va
extiyojlariga bysinuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.
13
Ma’naviy-axlokiy jixat. Fuqarolik jamiyati chukur ma’naviy, yuksak
madaniy, insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. Bu jamiyatning ma’naviy
hayotida bir narsa ustunlik kiladi, ya’ni inson benixoya darajada uluglanadi,
umuminsoniy qalriyatlar ezozlanadi, ular mu’tabar va muqaddas sanaladi. Bunda
insonning qadr –kimmati, mexr-okibat, axlokiy poklik, adolatparvarlik va
insonparvarlik qabi oliy qadriyat odamlar urtasidagi munosabatlarning belgilovchi
mezoniga aylanadi.
Demokratik isloxatlar davrida ma’naviyatni yuksaltirishga asosiy e’tibor
qaratayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat insoniyat ichki dunyosining ko’zgusi,
tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarzining mazmun-moxiyatini akes ettiruvchi yuksak
ijtioiy qadriyatdir. Insoniyat xamisha ezgulikqa, ma’naviy barqamollikqa intilib
yashaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning muvaffakiyati,
mamlaqatning yakin kelajakdagi istikboli xamyurtlarimiz qanday mavkeni
egallashiga, qanaqa madaniy-ma’naviy va axlokiy qadriyatlarni shior kilib olishga
boglik bo’ladi.
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy
adolatning ta’minlanishi xamma fuqarolar ijodiy saloxiyat va istedodining bevosita
ruyobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat
mezonlari bilan ulchanadi. Huquq jamiyatning o’ziga xos «gumanistik imperativi»
(insonparvarlik talabi), ya’ni insoniy-axlokiy koidasi, ma’naviy mayogi bo’lib
xisoblanadi. Fuqarolarning o’zaro huquqiy munosabatidagi mavqyei quyidagi
prinsiplar asosida belgilanadi:
1) jamiyatning har bir a’zosi inson sifatida erkin va ozod bo’lishi;
2) har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi;
3) jamiyat har bir a’zosining fuqaro maqomidagi ustunligi.
O’zbekiston
mustaqillikni
kulga
kiritgach,
suveren
davlatchilikni
shakllantirishda madaniyatimiz sarchashmalariga, te’ran va ulqan ma’naviy
merosimizga murojat kilish, bokiy tarixiy utmishimizda mavjud bo’lgan barcha
ezguliklarni yuzaga chiqarib rivojlantirish borasida bekiyos imkoniyatlar ochildi.
Utmiz ajdodlarimizning ma’daniy va ma’naviy boyligi chukur mushoxada etilib,
14
ongimizga singdirilmokda, shu orqali biz barpo etayotgan yangi fuqarolik jamiyati
manfaatlariga xizmat kilmokda.
Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratik jamiyat barpo
etmokdamiz. Davlatchiligimizning adolat koidalariga tayanadi. «Adolatga intilish-
Do'stlaringiz bilan baham: |