Doston Zafarovich:
Soliqlar davlat budjeti tushumlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi va O'zbekistonda
soliq yig'ish O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq qo'mitasining vazifalari va vakolatlari to'g'risida qonunchiligimizda alohida kodeks va
nizom mavjud.
Bularga muvofiq, Qo‘mita soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini va davlatning
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlash sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat
boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo‘mita Hukumatga bo‘ysunadi va rais boshchilik qiladi. Rais Bosh vazir taqdimiga binoan
Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
Nizom bilan Qo‘mitaning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari aniq belgilab berildi.
Qo‘mita soliq to‘lovchilarga muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshiradi.
Shuningdek Qo‘mita, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha keng
targ‘ibot ishlarini olib borishi lozim.
Qo‘mitaning samaradorligi muntazam baholanadi.
Soliq tekshiruvlari va mavzuli-ekspress o‘rganishlar boshqarmasi, Soliq sohasida
huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va ularning hududiy tuzilmalari hamda
Hududlararo inspeksiya xodimlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida ustamalar
belgilanadi. Ushbu nizomda nafaqat vakolatlar balki qo'shimcha imtiyozlar ham
ko'rsatilgandir. Ushbu nizomda ko'rsatilganidek Soliq qo'mitasi soliq nazoratini tartibga soladi
va soliqlarni yig'ish bilan shug'ullanadi.
Soliq nazorati bu soliq to'lovchilarni, soliq solish ob'ektlarini va soliq solish bilan bog'liq
ob'ektlarni hisobga olishning yagona tizimi, shuningdek soliq qonunchiligiga rioya etilishini
nazorat qilish.
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to'lovchilarni, soliq solish
ob'ektlarini va soliq solish bilan bog'liq ob'ektlarni, byudjetga va davlat maqsadli
jamg'armalariga tushumlarni, soliq tekshiruvlarini va soliq qonunchiligida nazarda tutilgan
boshqa shakllarni hisobga olish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Soliq deganda to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
Soliq deganda budjet tizimiga qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu
yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor
shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga
muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek
qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib
qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.
Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish,
hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga
solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida
belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi
maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq
solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq
solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan
investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda
muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini
va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.