qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra
isloh qilish g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining
asosiy tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat
maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga
xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.
Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy
qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu
pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning
individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir.
Vilgelm Lay “
Ґarakatlar pedagogikasi”ni yaratdi. U inson faoliyati va
mavjudligining
fiziologik
va
psixologik
mexanizmlarini
o’zida
mujassamlashtiruvchi biologik reaksiya tamoyiliga tayangan. U tarbiyaning
biologik tomonini-tug’ma reflekslar, sezgi, reaksiyalar, ularning bolalar o’yinlarida
paydo bo’lishini va ijtimoiyogik tarbiyachining reaksiyalarga ta’sirini ko’rsatgan.
Hozirgacha turli davlat olimlari o’rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa
pedagogik fanlari orasidagi o’rni borasida –bu mustaqil fan bo’la oladimi yoki
faqatgina yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning mustaqil
bir sohasi bo’lib qolaveradimi, degan masaladabahs-munazara davometmoqda.
Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy
pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo
bo’lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (20-30 y) ijtimoiy pedagogikani bolalarga
yordam berish va voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining profilaktikasi deb
tushunishgan.
Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning
20- yillari) umuman boshqacha ta’riflangan. U ijtimoiy pedagogik jamiyatning
tarbiyaviy kuchlarining yaqinlashtirish muammosini xalqning madaniy va axloqiy
darajasini ko’tarish maqsadida tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish
yangi davrning buyurtmasiga ko’proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson
hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan. XX
asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga
yordam berish, bolalar uyida tarbiya ishlari o’tkazish maqsadidagi ijtimoiy tarbiya
asosi sifatida ta’rif etilaboshladi.. Ijtimoiy pedagogika pedagogikani rivojlanishi
bilan birga chet ellarda ijtimoiy pedagogika sohasidagi mutaxassislarning kasbga
oid faoliyati ham rivojlandi. Xususan, XX asrning 70-yil Germaniyada oliy
ma’lumotli pedagoglar tayyorlana boshlandi.
XX asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global
darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va
20.11.1989 yilda bola huquqlari deklarasiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi.
Unda aloxida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko’p bolali oilalar, kam
ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko’rsatishga qaratilgan.
Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini
tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda; davlat ta’lim standartlari,
mutaxassisliklar, darsliklar, o’quv rejalari va dasturlarning yetishmasligi, ijtimoiy
muxofazaning davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi chet el mutaxassislari bilan
yaqin hamkorlik asosida bo’lish kerak. Chunki Germaniya, Angliya, AQShlarda
boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud.