Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING O’YIN



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING O’YIN 
KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH SHART-SHAROITLARI 
 
Ramozonova Bahoroy Sadriddinovna
Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha 
ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi 
Bugungi kunda maktabgacha ta‘lim tashkiloti har tamonlama barkamol, faol, 
ijodkor va ma‘naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi ilk pog‘onasi hisoblanadi. 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ta‘lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil 
etish tarbiyalanuvchilarga ta‘limning keyingi bosqichlarida qiynalmasdan davom 
ettirishga imkoniyatlar yaratishga asoslangan bo‘lib, bolalarni qiziqish va 
qobilyatlarini inobatga olishda muhim jihatlarga e’tibor berish lozim bo‘lib kelmoqda. 
Bolalar o’yin kompetensiyasini rivojlantirish orqali diqqatini jamlashi, yangi 
bilimlarni o’zlashtirishi, esda saqlab qolishi oson bo‘ladi. Maktabgacha ta‘lim 
yoshidagi bolalarni o‘yin kompetensiyasini rivojlantirishda tarbiyachining turli 
qiziqarli o‘yinlarga bolalarni jalb qilishi,mashg‘ulotlar va sayr jarayonida ular bilan 
birgalikda shug‘ullannishi, ularni yangi bilim ko‘nikma bilan qurollantirishi orqali 
amalga oshiriladi. 
O‘yin kompetensiyasi - bolani o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim 
va ko‘nikmalaridan ijodiy foydalanish. O‘quv tarbiya faoliyati uchun asos 
hisoblaniladi
22

O‘yin faoliyati bola hayotida, uning jismoniy ruhiy, aqliy kamolotga yetishida 
muhim vositalardan biri hisoblanadi. O‘yin orqali bola tafakkuri, tasavvur, xotira, 
diqqat, idrok kabi barcha psixik jarayonlari rivojlanadi va atrof-muhit haqidagi 
22
“Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 9-bet. Toshkent-2018 yil.


162 
bilimlari yanada kengayib boradi. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish maqsadida 
kattalarning o‘yinni tanlay bilishi, unga to‘g‘ri rahbarlik qilish maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalarda o’yin kompetensiyalarini muvaffaqiyatli rivojlanishini 
ta‘minlaydi. O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. O‘yin tufayli 
bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, uni 
ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi va psixologik xususiyatlari rivojlanadi. 
O‘yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda 
shakllanadi. 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tarbiyachi bolalarni o‘yin kompetensiyasini 
rivojlantirishda har bir o‘yin faoliyatidan to‘g‘ri va unumli foydalanish, aniq bir 
maqsadga qaratilgan bo‘lishi, har bir o‘tkazilgan mashg‘ulotlar va sayr jarayonining 
samaradorligini oshirib boradi. Tarbiyachi o‘yin faoliyatini turli xil shaklda – rolli, 
harakatli, ta‘limiy, musiqiy-ta‘limiy kabi yo‘nalishda olib boradi. Bolalar uchun o‘yin 
qiziqarli, mazmunli bo‘lishi uchun tarbiyachi o‘yin qoidalari bilan yaqindan tanish 
bo‘lishi va bolalarni ham tanishtirib borishi kerak. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida 
bolalarni o’yinga jalb qilish vaqtlarini qiziqarli o’tkazish bilan birga, ularni o‘yin 
kompetensiyasini rivojlantishish hamda shu orqali ularni maktab ta‘limiga 
tayyorlashga xizmat qiladi. Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarning o‘yin 
kompetensiyalari rivojlantirishda bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim 
doirasini kengaytirish uchun hizmat qiladi. Ijodiy o‘yinni tor didaktik maqsadlarga 
bo‘ysindirib bo‘lmaydi, bu o‘yin yordamida juda katta vazifalar hal qilinadi. Qoidali 
o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur va nutqini, ixtiyorsiz diqqatini va 
xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish imkonini 
beradi. Har bir qoidali o‘yin ma‘lum didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani umumiy 
rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta‘limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim 
ahamiyaiga ega bo‘lib bolaning umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. 
Maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarda mashg’ulotlar jarayonida olgan bilimi, 
tushuncha va tasavvurlari mustahkamlashda, chuqurlashtirishda va kengaytirishda 
o’yin kompetensiyasining rivojlangan bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun 


163 
pedagog maktabgacha yoshdagi bolalarga bilim berish va mustaxkamlashida o‘yinlarni 
tashkil qilar ekan quyidagi muhim narsalarga e‘tibor qaratishingiz lozim: 
-O‘yinning mazmuni ta’limiy –tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi; 
-O‘yin harakatlari faol ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega 
bo’lishi; 
-O‘yin birinchi navbatda bolada qaysi psixik xususiyatni rivojlantirishga 
qaratilganligiga e’tiborli bo’lish;
-Tarbiyachi mashg’ulot va sayr jarayonida bolalar bilan o’yin faoliyatini olib 
borishidan oldin o’yin qoidalari bilan bolalarni tanishtirish. 
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida o‘yin kompetensiyasini rivojlantirish 
jarayonida tarbiyachi bolalarni yosh xususiyatlari, individual xususiyatlariga alohida 
e’tibor qaratishi kerak. O‘yinni boshqarish jarayonida tarbiyachi bola shaxsiga har 
tamonlama ta’sir qiladi: irodasi, ongi, hulq-atvori, hissiyotlari o’yin jarayonida 
o‘zgaradi. O‘yinlar jarayonida bolalarning aqliy, jismoniy, estetik va ahloqiy tarbiyasi 
shakllanadi. Ta‘limiy o‘yinlar orqali bolarning bilimlari, tajribalari ortadi va 
takomillashadi, ularda ijtimoiy hulq-atvor qoidalari umumlashtiriladi, bolada ko‘plab 
ijobiy fazilatlar rivojlanadi. Shu bilan birga harakatli o’yinlar orqali esa tana 
harakatlarini rivojlantirishga katta yordam beradi.
O‘yinni tashkil etishda muhim masalalardan biri – o‘ynovchilarni guruhlarga 
biriktirishdir. Guruhlarni tuzishda quyidagi talablarga rioya qilinadi: 1) guruhlardagi 
bolalar soni – besh kishidan oshmasligi; 2) har bir guruhdagi bolalarning bir-birini 
yaxshi tanishi, o‘zaro munosabatlarining yaxshi bo‘lishini hisobga olish; 3) 
o‘ynovchilarga vazifalarni taqsimlashda ularning qiziqish va qobiliyatini hisobga olish. 
Xulosa chiqaruvchi yoki hakamlik qilayotgan tarbiyachi o‘yin tugagandan so‘ng 
natijalarni umumlashtiradi, yakunlaydi va xulosalarini bayon qiladi. Xullas, 
maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim berishda didaktik loyihalashtirish keng 
qamrovli yaxlit muammo va uni o‘rganish, amaliyotga tatbiq qilish lozim. Chunki, 
yoshlar uchun mo‘ljallangan mashg‘ulotlar bolalarda jarayonga qiziqish uyg‘otishi 
hamda sog’lom shakillanishi uchun zamin bo’lishi lozim. 


164 
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv 
o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni 
hal qilish uchun zarur bo‘lgan, ahloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa 
insonlar bilan muloqot qilish, unda “men”obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat 
usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o’yin kompetensiyalarni 
rivojlantirishning muhim tomoni bolaning faoliyat va ahloq subyekti sifatida yaxlit 
rivojlanishini talab etadi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz 
beradi. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. 
Ulardan asosiylari: munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan 
faoliyat, o‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta‘lim-tarbiya orqali amalga 
oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib 
olmaydilar, aksincha ularni tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish