Ўзбекистон республикaси олий вa ўртa мaхсус тaълим вaзирлиги низомий номидaги



Download 4,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/247
Sana24.06.2022
Hajmi4,33 Mb.
#698554
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   247
Bog'liq
4 ILK MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLA1

Adabiyotlar: 
1.R.G.Qodirov “Musiqa psixologiyasi” T.”Musiqa” nashriyoti 2005 
2. G.M.SHaripova Musiqa va uni o`qitish metodikasi. 2019 Turon-iqbol
3. D.A.Karimova Musiqiy pedagogik mahorat asoslari T. Moliya -iqtisod 2008 
4. D.A.Karimova “Musiqa o`qitish texnologiyalari va loyihalash ” darslik LESSON 
PRESS nashriyoti.2021 y. 
TARBIYADA MILLIY URF-ODAT VA AN’ANALARDAN 
FOYDALANISHNING AHAMIYATI 
N.M.Kayumova
Nizomiy nomidagi TDPU, Maktabgacha ta’lim 
fakulteti dotsenti
 
O‘zbek milliy-ma’naviy qadriyatlari mazmunida insonparvarlik g‘oyalari 
yotadi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik va hamdarlik, vafodorlik va o‘zaro hurmat, bir-
biriga suyanish va yaxshi qo‘shnichilik, bolajonlik va ota-onaga hurmat, mehr-oqibat 
va sadoqat har tomonlama e’zozlanib kelinadi. Bunday insoniy fazilatlar, xislatlarning 


84 
qaror topishida Islom dinining alohida o‘rni borligini unutmasligimiz kerak. Chunki 
millatimiz bir necha asrlardan buyon e’tiqod qilib kelayotgan Islom dinining asosi 
hisoblangan «Qur’onu-Karim» va «Hadisu-Sharif» qoidalarida insoniy fazilatlar, 
xislatlar eng oliy qadriyat sifatida har tomonlama ulug‘langan.
Milliy-ma’naviy qadriyatlar negizini esa an’analar ya’ni urf-odatlar, rasm-
rusumlar, bayramu-sayillar tashkil etadi. Ana shu negizlardan biri an’analardir. Bizga 
ma’lumki, o‘zbek xalqining ko‘pgina an’analari, urf-odatlari, dini «qoloq», 
«reaksion», «eskilik sarqiti» sifatida tilga olindi, ularga nisbatan ayovsiz kurashlar avj 
oldi. Hatto ularni sotsialistik mazmun kasb etishiga urinishlar bo‘ldi. Vaholanki, har 
bir xalqning an’ana va urf-odatlari shu xalq madaniyatining ko‘rinishidir. An’analar 
jamiyatda asrlar buyi joriy etilib, mustahkamlanib kelganligi uchun yashovchan 
xarakterga egadir. Shu sababdan ularni yo‘qotib yuborish yoki «eskilik sarqiti» sifatida 
qoralash mumkin emas. 
An’nalar urf-odatlardan ko‘ra kengroq tushunchadir. An’nalar millat ijtimoiy 
hayotining hamma tomonlariga xos bo‘lib, ular ijtimoiy ongning hamma shakllarida 
bor, ularni faqat ahloq, huquq, dinda emas, balki siyosat, fan, san’atda, ba’zan 
kishilarning ish faoliyatlarida ham uchratish mumkin.
Ayniqsa, mustaqilligimizdan keyingi davrlarda xalqimizning eng yaxshi 
an’analari qayta tiklandi. Jumladan, Xotira va qadrlash kuninning nishonlanishi 
o‘tmish avlodlarimizga cheksiz hurmatimiz belgisi bo‘lishi bilan birga, yosh avlodni 
milliy ruhda tarbiyalashning asoslaridan biridir. Milliy an’analarni quyidagi 
ko‘rinishda ifodaladik: 
- vatanga e’tiqodni shakllantiruvchi an’analar (turli vatanparvarlikni 
tarbiyalovchi tadbirlarning o‘tkazilishi, ko‘rik tanlovlarning tashkil qilinishi, harbiylar 
kunining nishonlanishi kabilar);
- mehnat an’analari (ommaviy hasharlarning tashkil qilishi, paxtakor, 
g‘allakorlar mehnatini qadrlash, tozalik kunlarining o‘tkazilishi); 
- milliy o‘yinlar, sport turlari (ko‘pkari, milliy kurash, poygalar…); 
- oilaviy-maishiy an’analar (mehmondo‘stlik, o‘zaro hurmat, ota-onalarni 
e’zozlash kabilar); 


85 
- Islom diniga hurmat yuzasidan o‘tkaziladigan an’analar (qurbon hayiti, iydi 
ramazon); 
- boshqa millat vakillariga hurmat yuzasidan o‘tkaziladigan an’analar
Shuningdek, o‘zbek an’analarning ko‘rinishlari ko‘proq oila sharoitida 
namoyon bo‘ladi. Oilaviy an’analar - bayram va marosimlar, oila hayotida ro‘y 
beruvchi turli yutuqlar, voqealar, sanalarni nishonlash, xotirlash sifatida o‘tkaziluvchi 
an’analardan iborat bo‘lib, ular yosh avlodda oila a’zolariga nisbatan hamjihatlilik,
hamdardlik, hamkorlik, o‘zaro hurmat, mehribonlik kabi fazilatlarni tarbiyalashda 
muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan o‘zbekona oilaviy an’analarning o‘ziga hosligini 
ta’kidlab o‘tmoqchimiz. Bu esa oila a’zolarining o‘zaro munosabatlarida namoyon 
bo‘ladi, ya’ni ota va farzand, er va xotin, qaynona va kelin, aka va uka, qo‘ni-qo‘shni 
o‘rtasidagi hurmat, e’tibor, samimiylik yuzasidan o‘rnatilgan aloqalar jarayonida 
ko‘zga tashlanadi. Oilaviy an’analar vorisiy hisoblanib, avloddan-avlodga berib 
boriladi.
Oilada bayram va an’analarni nishonlash, kishilar hayotini zavq-shavqqa 
to‘ldirishi bilan birga, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni, e’tiborni ta’minlab 
boradi. Bayramlarning chiroyli qilib o‘tkazilishi oila a’zolariga ko‘tarinkilik 
kayfiyatini baxsh etadi. Ayniqsa, bunda bolalar kattalar qatori o‘z o‘rniga ega bo‘la 
boshlaydi. Shuningdek, bolaning oiladagi hulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga 
ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi.Oilaviy an’analarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga 
ajratish mumkin: 
-umummilliy an’analar (yangi yilni kutib olish, onajonlar bayrami…); 
-shaxs an’analari (farzand tug‘ilishi, tug‘ilgan kunlar…); 
-bolaning hayot yo‘li bilan bog‘liq an’analar (birinchi qo‘ng‘iroq, yoshlar 
tashkilotlariga a’zo bo‘lish, fuqarolik pasportini olish, so‘nggi qo‘ng‘iroq). 
- milliy urf-odatlar bilan bog‘liq an’analar (chaqaloqning qulog‘iga azon aytish, 
beshikka belash, atak-chechak, muchal yoshining nishonlanishi, sunnat to‘ylari…). 
Har bir millatning o‘ziga xos urf-odatlari bo‘lgani kabi o‘zbek xalqining ham 
rang-barang urf-odatlari, rasm-rusumlari, marosimlari asrlarga tengdoshdir. O‘zbek 


86 
xalqi bayramlari o‘ziga xos bo‘lib, “Navruz bayrami”, “Hosil bayrami”, “Mehrjon 
bayrami” kabilar xalq hayotida muhim o‘rin tutadi.
Xullas, an’analar, bayramlar, urf-odatlar, marosimlar insonning dunyoga 
kelishidan tortib, to umrining oxirigacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Bolaning 
dunyoga kelishi, qulog‘iga azon aytish, tish chiqishi, beshikka solish, yurishi, soch 
olinishi, sunnat tuyi, uylanish - nikoh to‘yi, payg‘ambar yoshi to‘ylari, yuz yoshi, 
kumush to`y, oltin to‘y kabi sanab o‘tilgan marosim-odatlarimizning, boshqacha qilib 
aytganda qadriyatlarimizning qirralari nihoyatda ko‘pdir. Hoh oilada bo‘lsin, hoh 
jamiyatda bu kabi marosimlarning nishonlanishi bola tarbiyasiga ham o‘z ijobiy 
ta’sirini o‘tkazadi. Bu qadriyatlar orqali yosh avlod barcha ahloqiy xususiyatlarga ega
bo‘lib boradi, jumladan vatanga e’tiqodli, mehnatkash, ona tabiatni asrovchi, ota-
onaning qadriga yetadigan, ilmli, saxiy, vatani uchun jonini fido qiladigan insonlar 
bo‘lib yetishadi. 

Download 4,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish