Anjirda eng ko`p uchraydigan kasallik to`g`diruvchi zamburug`lar.
5
Т/н
O`simlik nomi
Kasallik
nomi
Zamburug` turlari
O`simlikni
organlarni
zararlanishi
1.
Punica granatum L
Rak
Phoma puniccae
Yosh novdani
va
butun
tanani
Kalmaraz
Sphaceloma punicae
Bargi,
gulbandi
va
mevasini
Un-shudring
Podasphare
oxyacantae
Bargi
va
mevasini
2.
Fikus
Qora rak
Sрhalchopsis
malochit
Butun tanani
Kalmaraz
Venturia pirina
Bargi
va
mevasini
Монилиоз
Monilia fructigena
Mevasini
Zang
Gymnosporangium
sabinoe
Bargi
bargbandi va
mevasini
Zamburuglarning tur tarkibi umuman faqatgina ekologik omillarga bog`liq
bo`lib qolmay, yuksak O`simliklarning tur tarkibiga ham bog`likdir. O`simliklar
tur tarkibi kanchalik xilma-xil bo`lsa, zamburug`larning tur tarkibi ham
shunchalik xar xil buladi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin yurtboshimizning yaqindan
ko`rsatgan yordami tufayli bog`dorchilik uncha taraqqiy etmagan viloyat va
tumanlarda, katta-katta massivlarda mevali bog`lar barpo qilindi va bu bog`larni
parvarish qiladigan ko`plab bog`bon va mutaxassislar yetishib chiqdi.
Shuningdek mevali daraxt va toklardan yuqori hosil olayotgan xo`jaliklar soni
yil sayin oshib bormoqda.
Mevali daraxtlarning hosildorligini oshirish, sifatini yaxshilash, yangi
navlarni yaratish, yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish bilan birga mevali
6
daraxtlarni kasallik va zarakunandalardan asrab qolish choralarini amalda tadbiq
qilish muhim ahamiyatga ega. Chunki har xil kasallik va zararkunandalarning
mevali daraxtlarga va uning hosiliga keltirgan zarari tufayli hosildorlik
kamayishi bilan birga uning sifati ham pasayadi.
Mevali daraxtlardan mo`l hosil oluvchi asosiy omillardan biri anor va anjir
o`simligida uchraydigan kasalliklarni puxta urganish va ularga qarshi kurash
tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Viloyatimiz sharoitida o`sadigan anor va anjir o`simligi asosan, qo`tir, anjir
barglarining sargayishi, qorayishi, kalmaraz, qora rak, monilioz, zang va un-
shudring va boshqa zamburug` kasalliklari bilan eng ko`p zararlanadi.
Adabiyotlar ma`lumotlariga kura, Fikomitsetsimonlarda rivojlangan
hujayrasiz mitseliyning bulishi, ko`p yadroliligi bilan harakterlanadi. Ularda
jinsiy organlarni asosiy tallomdan ajratib turadigan tusiqlar bo`ladi. Vegetativ
tana hamma fikomitsetlarda gaploid, diploid faqat zigotasi bo`lib, unib
chikishdan oldin reduksion bo`linadi.
Fikomitsetlar jinsiy ko`payish harakteriga qarab 2 ta kenja sinfga bo`linadi:
Oomitsetsimonlar (Oomycetidac) jinsiy jarayon Oogamiya yuli bilan sodir
bo`ladi va zigomitsetsimonlar – Zydomycetidaye, jinsiy jarayon zigogamiya -
usulida davom etadi.
Oomitsetsimonlar (Oomycetidaye) kenja sinfi. Mazkur kenja sinf
vakillarining mitseliysi yaxshi tarakkiy etgan, shoxlangan, ko`p yadroli, yaxlit,
katta, tusiqsiz bir hujayrali bo`ladi. Gifalarning kobigi selyullozadan
shakllangan. Jinsiy jarayon oogamiya, yuksak tarakkiy etgan vakillarida esa
jinssiz kupayish konidiya sporalar yordamida bir va ikki xivchinli zoosporalar
hosil qilish yuli bilan kechadi.
Xaltali zamburug`lar - (Assomycetes) sinfi. Bu sinf zamburug`larning 30
000 dan ortik yoki hozirda ma`lum bo`lgan zamburug`larning 30% ini o`z ichiga
7
oladi. Ular tuzilishi, hayoti va oziqlanishiga kura, nihoyatda turli-tumandir.
Mazkur sinfga bir hujayrali kurtaklanuvchi turush zamburugi xamda meva
tanalari, shakli, tuzilishi va katta-kichikligi jixatidan mikroskopik mayda va
ayrim xollarda 10-20 sm kattalikdagi zamburug`lar kiradi. Lekin bu turli-tuman
zamburug`lar kelib chikishining umumiyligi va uxshash belgilari buyicha bir
sinfga birlashtirilgan. Askomitsetlarning asosiy sistematik belgisi jinsiy jarayon
natijasida spora beruvchi xaltachalar askolarning hosil bulishidir, har bir
xaltacha ichida 8 ta askospora bo`ladi.
Xaltali zamburug`larda rivojlanish siklining keng tarkalgan shakllari
quyidagilardan iborat: Xaltada hosil bo`lgan spora unib ko`p yadroli yoki bir
hujayrali mitseliyni hosil qiladi. Bu zamburugning aksariyat qismida vegetativ
tana substrat yoki xujayin o`simlik ichida bo`ladi. Ularning vegetativ tanasi bir
yoki ko`p yadroli hujayralardan iborat gaploid mitseliylardan tashkil topgan.
Zigomitsetlardan farkli ravishda aksomitsetlarda mitseliylardagi tusiqlar ma`lum
tartibda, yadroni bo`linishi bilan sixron ravishda hosil bo`ladi.
Askomitsetlarning
kupchiligida
jinsiy
jarayon
gametalarga
defferensiyalashmagan erkaklik va va urgochilik jinsiy organlarining suyuligini
biridan ikkinchisiga quyilishi natijasida sodir bo`ladi. Bunday holda ularning
faqat plazmalari kushiladi, erkaklik va urg`ochilik organlarining yadrolari
ko`shilmaydi, balki bir-biri bilan yakinlashib, juft yadrolar - dikarionlarni hosil
qiladi. Dikarionlar joy olgan urg`ochilik jinsiy organlaridan askogen iplari hosil
bo`ladi. Dikarionlar askogen gifalariga utib, sinxron ravishda kupaya boshlaydi.
Askogen gifada dikarionlar urtasida kundalang tusiqlar hosil bo`ladi va har bir
hujayra uzining kush yadrosiga ega bo`ladi. Askogen gifalarining uchida ikki
yadroli hujayralardan ancha murakkab yul bilan xalta (asko) hosil bo`ladi.
Boshlang`ich xaltani aks ettirgan bu hujayrada jinsiy jarayonning ikkinchi
bosqichi kariogamiya amalga oshadi, ya`ni yadrolar o`zaro ko`shiladi. Hosil
bo`lgan diploid yadro uch marta bo`linib, sakkizta gaploid yadro hosil qiladi.
Yadrolar atrofida sitoplazma shakllanadi va shu bilan xaltali sporalar hosil
8
bulishi poyoniga yetadi. Askomitsetsimonlar odatda ikkita kenja sinfga bo`lib
urganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |