2-mavzu: Sport inshootlarining umumiy tasnifi. Reja: Sport inshootlari ilmiy va o‘quv fani


Sport inshootlari haqida tushuncha



Download 169,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana23.06.2022
Hajmi169,38 Kb.
#696745
1   2
 
2. Sport inshootlari haqida tushuncha 
Hozirgi kunda respublikamizda sport va jismoniy madaniyatni rivojlantirishga katta 
e’tibor berilmoqda. Aholi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’nan 
barkamol qilib tarbiyalashda sportning ahamiyati katta. Zero sport va jismoniy tarbiya nafaqat 
tanani, balki ruhni, irodani tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya va sport – aholi salomatligini mustahkamlash, ishchi-xodim, o‘quvchi 
va talabalarning ishchanlik qobiliyatini, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish 
kuchlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Aynan shuning uchun ham mazkur soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy 
tarbiya va sportni rivojlantirishga oid qonun va qarorlar, boshqa me’yoriy hujjatlar va davlat 
dasturlari qabul qilinib, izchil amalga oshirilmoqda.
«Jismoniy madaniyat va sport to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 20-yanvardagi PQ-1042 sonli «O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 
2009-yil bolalar sport inshootlari, suzish havzalari va musiqa va san’at maktablari qurilish 
manzilli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori… Bu kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin.
Bu kabi hujjatlar ijrosini ta’minlash, muhimi, aholi o‘rtasida jismoniy madaniyat va 
sportni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda sport inshootlari ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Zamon talablari darajasida jihozlangan sport inshooti har bir insonda sport bilan shug‘ullanishga 
ishtiyoq uyg‘ota oladi.
Sport inshootlari bu maxsus faoliyatga mo‘ljallangan ko‘p qirrali madaniy 
sog‘lomlashtiruvchi sport majmuasi bo‘lib, respublikamizda sport maydonlari, suzish havzalari, 
manejlar va boshqa inshootlar o‘quv mashqlar hamda ommaviy tadbirlarni o‘tkazish joylariga 
aylangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida sport inshootlarini barpo etish umumxalq 
dasturiga kiritilgan.
Sport inshootlarini qurishda sport talablari e’tiborga olinadi. Inshoot, eng avvalo, o‘quv 
jarayoniga moslashtirilgan, maxsus ventilatsiya, isitish, yoritish tizimlari, mashg‘ulot jarayonida 
ishlatiladigan jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Sport inshootining yechimi funksional, 
konstruktiv, me’moriy jihatdan uyg‘unlashgan bo‘lishi muhim. 
Yangi sport inshootlarini barpo etishda fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlaridan 
foydalaniladi. Bu inshootlarda salomatlikka zarar yetkazmaydigan, aksincha, uni ta’minlashga 
xizmat qiladigan konstruktiv, qurilish materiallaridan foydalaniladi.
Yangi qurilgan inshootlardan to‘g‘ri, samarali foydalanish uchun jismoniy tarbiya va 
sport muammolarini yaxshi biladigan yosh mutaxassislarga ehtiyoj ko‘paymoqda. Shuning 
uchun sport inshootlarini rejalashtirish, ularni qurishga oid talablarni mukammal egallagan 
kadrlarni tayyorlash zamon talabidir. Sport obyektlari va inshootlarini qurish hamda ulardan 
ratsional foydalanish qoidalarini sport instruktorlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya 
o‘qituvchilari, yangi sport inshootlari qurilish boshliqlari bilishi shart. Shuning uchun jismoniy 


tarbiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar tayyorgarligida «Sport 
inshootlari» faniga alohida e’tibor berilgan.
 
Nazorat savollari: 
1. Sport inshooti deganda nimani tushunasiz? 
2. Zamonaviy sport inshootlaridan qaysilarini bilasiz? 
3. Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirishda sport inshootlarining ahamiyati. 

Download 169,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish