Psixologiyaning ilmiy tadqiqot metodlari va metodologik asosi



Download 314,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.06.2022
Hajmi314,92 Kb.
#695569
1   2   3   4
Bog'liq
Tex ma\'r 2

 
Psixologiya
 
Pedagogika
Xuquqiy bilimlar
Tibbiy fanlar
Texnik-fanlar
falsafa
Oliy nerv faoliyati
fiziologiyasi


Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga hosligi 
Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining 
mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan 
foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si 
ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning 
ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham 
aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala 
sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita 
qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab 
fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i 
o’z vazifalarini echish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni 
sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. 
 
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida 
qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning 
ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay 
darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. 
Pasmlarda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. 
Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik 
jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, 
to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. 
Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda 
o’rgangan ko’p odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o’zining bilim-bilmay 
kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai 
nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi. 
Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan 
turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. Usulning o’ziga xosligi 
shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining faoliyatiga aralashmagan va unga xalaqit 
bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori, nutqi, o’zgalarga munosabatini “zimdan 
kuzatib”, qayd qilib boradi. Kuzatishning ikki asosiy turi bo’lib, tashqi – ob’ektiv 
kuzatish va ichki – o’z-o’zini kuzatish farqlanadi. O’z-o’zini kuzatish birovlarni 
tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki 
hodisani shaxsan o’rganishi maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. 
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad 
qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini 
bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur 
bo’lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida 
bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham 
ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa
buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va 
maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. 
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-
atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, 
bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va 
zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning 


faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi 
va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida 
konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, 
undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham 
mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi 
guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita 
ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. 
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatgichlarni 
qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining 
professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, 
yana to’plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun 
ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan 
birgalikda ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma’lumotlar to’plashga qaror 
qilgan kimsa har doim ham aniq kuzatuv ob’ektini ajratib olishi, undan nimalarni 
kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan odam yoki 
guruhning faoliyatini ma’lum muddat davomida bosqichma-bosqich izchil tarzda 
qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha tuplangan ma’lumotlarni 
psixologik jiatdan tahlil qila olishi kerak. 
Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan shu yo’l bilan bir omilning ta’siri 
ikkinchi bir omil ta’sirini ta’minlashi yoki hodisaning ro’y berishiga olib kelganligi 
isbotlanadi. Ya’ni, eksperiment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy 
farazlarni isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o’quvchilarning o’zlashtirish 
darajalari qanday omillarga bog’liq, degan savol paydo bo’lsa va bunday olmillardan 
biri o’quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish lozimligi fikri 
taxmin qilinsa, o’sha eksperiment sinfida tarqatma materaillar ishlatiladi, ikkinchi 
sinov sinfda esa eskicha o’qitilaveradi. Natija ma’lum muddatdan keyin bolalarning 
o’zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi. 
Mana shunga o’xshash jarayonlar va sinovlar eksperiment deyiladi va hayotda va 
psixologik amaliyotda ko’plab murakkab eksperimentlar aniq dasturlar asosida 
o’tkaziladi, yangiliklar ochiladi. 
Har qanday eksperiment uchun odatda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat 
shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon 
yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy 
eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan 
sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, ta’tilda yozgi oromgohda, litsey 
auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya 
eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab 
o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, 
psixologiya laboratoriyasida maxsus taxitsoskop deb atalgan moslama yordamida 
yoki “Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin 
bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va 
konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeotsat deb 
nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar 
o’lchangan. 


Eksperiment o’tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan ob’ektda 
eksperiment hamda nazorat guruhlarining bo’lishidir. Tadqiqotchining taxmini 
asosida birinchi guruhda u yoki bu o’lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar kiritilsa, 
nazorat guruhi o’sha yangiliklar va sun’iy kiritilgan omillar ta’siridan xoli qilinadi. 
Eksperiment so’ngida natijalar ikkala guruh misolida taqqoslanib, kerakli xulosalar 
chiqariladi. Oddiy qilib aytilsa, agar maosh mehnat motivatsiyalaridan biri deb, 
uning ta’sirini o’rganish kerak bo’lsa, eksperimental guruh a’zolariga maoshlar 
ko’paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala guruh 
a’zolarining esa kundalik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab chiqarishdagi 
mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, eksperiment 
uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to’g’ri tahlil qilish uchun professional 
psixologlar kerak. 

Download 314,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish