9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
129
Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat
va jamiyatda u yoki bu
voqealarning tez
-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi.
Kundalik bashoratlarga
xalqda keng mashhur bo‘lgan ob-havo alomatlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, Quyosh
botayotganda odatdagidan uzoqroq ushlanib qolgan bo‘lsa, yomg‘irni kutish kerak; yozda ertalab
tuman tushgan bo‘lsa, demak, kunduzi havo ochiq bo‘ladi; Sharqdan shamol essa, tez orada
yomg‘irlar tugaydi.
Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini
kuzatishlarga asoslanadi.
Astrologik bashorat o‘rta asrlarda keng tarqalgan bo‘lsa-da,
keyinchalik unga munosabat o‘zgargan. Lekin, XX asrda ezoterik bilimlarning rivoji astrologik
bilimlarning asosli ekanligini tan olmoqda.
Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir.
Bashoratning bu turi hali yaxshi o‘rganilmagan
va ko‘pincha unga etarlicha baho berilmaydi.
Holbuki, aqlni lol qoldiradigan
dalillar ma’lum. Masalan, to‘rt yuz yil oldin yashagan fransuz
tabibi Mishel
Nostradamus misli ko‘rilmagan bashoratgo‘ylik qobiliyatiga ega bo‘lgan.
O‘zining
mashhur «Senturiyalari» va boshqa asarlarida, u XX asrning texnik
kashfiyotlari – suv osti
kemalari, samolyotlar, vodorod bombasinigina emas,
balki fransuz va rus inqiloblarini,
shuningdek, de Goll, Franko, Lenin,
Stalin, Gitler, Mussolini kabi shaxslarning paydo bo‘lishini
ham bashorat
qilgan.
O‘z davrining mashhur folbini Aleksandra Filippovna Kirxgof buyuk
shoirAleksandr Pushkinga, uning hayotidagi muhim voqealarni: tez orada ko‘p pul
olish, ikki
surgun, uylanish, mashhurlik, 38 yoshda hayotni tark etish ehtimolini
bashorat qilgan. Afsus ki,
bu bashorat to‘la ro‘yobga chiqqan.
Ukrainalik atoqli faylasuf va shoir Grigoriy Skovoroda ham
bashorat
qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan. U o‘z qishlog‘i – Ivanovkaga oxirgi marta kelganda
kasal bo‘lmagan. Hammaga o‘zining o‘limi yaqinligini e’lon qilgan, o‘zi o‘ziga
qabr qazgan, o‘z
«xonaqosi»ga qaytib kelgan, ich kiyimini almashtirgan, boshiga
o‘z asarlarini qo‘ygan va vafot
etgan. G‘arb mamlakatlarida ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida
«futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan
vujudga kelgan. Bu atamani ilk bor G‘arbiy Berlin Erkin universiteti huzuridagi Otto Zur
nomidagi institut professori O.Flextgaym ishlatgan. Shuni qayd etish lozimki, «futurologiya»
atamasi umumiy e’tirof etilgani yo‘q. Misol uchun, bashorat muammolari bo‘yicha fransuz
mutaxassislarining aksariyati futurologiya insonning kelajakni ishonch bilan bashorat qilish
qobiliyati haqida xom xayol qilish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Futurologiya o‘rniga
«fyutyuribli» atamasi taklif qilingan bo‘lib, u «ehtimol tutilgan kelajak», degan ma’noni
anglatadi. Bunda, kelajakning shartliligi, ko‘p variantliligiga urg‘u beradi. Mamlakatimizda
ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olgan. Bu yosh fan prognoz
qilish qonunlari, tamoyillari va metodlarini o‘rganadi, mantiq muammolarini va har xil tipdagi
prognostik tadqiqotlarning tasniflarini ishlab chiqadi. U endigina shakllanish davrini boshdan
kechirmoqda, lekin hozirning o‘zidayoq kelajakning ilmiy muqobillarini yaratishning muhim
vositasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |