Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Download 15,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/452
Sana23.06.2022
Hajmi15,64 Mb.
#694917
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   452
Bog'liq
0500de0e3a84008f07a8a69c740ecd021b49d24d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
87 
mumkin. Bu so‘zlar zamirida muayyan muammo yotadi. Masalan, biz
 
Nyuton mexanikasi 
haqiqatga etarli darajada muvofiq emas va uning o‘rnini
 
Eynshteynning aniqroq nazariyasi 
egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning
 
natijasida Nyuton nazariyasi o‘zining bilim xususiyatini 
yo‘qotgani yo‘q-ku?
 
Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‘pchilikning ishonchi komil bo‘lgan davrda u bilim 
edimi? Shunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan minglab nazariyalar sha’niga 
aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va etarli asoslar mavjudmi? Bu savol ham 
ancha mavhum. Gipoteza, faraz, odatda, bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar o‘zlari ilgari 
surayotgan gipoteza yoki farazlarning to‘g‘riligiga ba’zan ishonchi komil bo‘lmaydi. 
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday, biroq 
bilim-bir ta’rif chegaralariga sig‘dirish juda qiyin bo‘lgan rang-barang hodisa ekanligi 
muhimroq. Agar «bilmoq» so‘zi tilimizda qanday qo‘llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari 
juda rang-barang ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz. Men bu 
mashinani qanday qilib tuzatish mumkinligini bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men 
Po‘latni o‘n yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi bilaman. Men uchburchak 
burchaklarining yig‘indisi ikki to‘g‘ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit sut 
emizuvchilar oilasiga mansub ekanligini bilaman.Bu bir qarashda o‘xshash gaplarda «bilaman» 
so‘zi har xil ma’nolarda keladi.Dastlabki ikki gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi. 
Gnoseologiyada u «
bilim-ko‘nikma
» deb ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «
bilim-
tanishuvlik
» demakdir. U inson yoki qandaydir ob’ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‘nggi 
gaplarda bilim «
nimanidir bilish»
ni ifodalaydi, chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar, 
nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning mavjudligini tavsiflaydi. Bilim bu erda ma’lum 
axborot ko‘rinishida keladi deb aytish mumkin. Ko‘rib turganimizdek, «bilim-ko‘nikma» va 
«bilim-tanishuvlik» bilimning standart talqiniga uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga 
nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‘latni yaxshi 
yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli» bilishimiz 
mumkinmi? Biroq, bu erda shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida zikr etilgan bilim turlari 
o‘rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning Toshkent haqidagi bilimingiz siz shaharning 
kattaligi, aholisining soni, u O‘zbekiston poytaxti ekanligi va hokazolar haqida ma’lum 
axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq, bu bilim, avvalo, shahar bilan tanishlik, unda 
yaxshi mo‘ljal ola bilish demak. Gnoseologiyada asosiy e’tibor muayyan narsalar haqidagi 
bilimni tahlil qilishga qaratiladi. Zero, faqat shunday bilimni asosli va asossiz, ishonchli va 
ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim sifatida aniq baholash mumkin.

Download 15,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   452




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish