4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI
59
Hech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib
bora olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini
ko‘rsatadi. Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida,
bunda ham ancha asosli e’tirozlar topilgan. Sezgi harakatni «ko‘rishi» qadimgi falsafa vakillari –
eleatlar tomonidan tan olingan, lekin aql uni «tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd
etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa hodisalar va ko‘z ilg‘aydigan narsalarni o‘rganishini hisobga
olsak,eleatlar mantig‘iga ko‘ra, aynan mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz
tarzda tavsiflash mumkin emasligini ko‘rsata olgani e’tirof etilgan. Binobarin, harakat qarama-
qarshilik demakdir. Zenon aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qarama-
qarshiliklarni ko‘rsata olgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab qadimgi manbalarda Zenon
dialektika asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenon o‘zi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir»
degan shiorini «Hamma narsa ko‘pdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun
yozganini ta’kidlagan.Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan.
Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning turlari
qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning fikricha,
«Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib yurish,
mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»
2
. Harakatning vujudga kelish, yo‘q bo‘lish,
o‘zgarish, ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo Aristotel jonsiz,
passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich –
har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin,
harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir,u faqat birinchi
turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi
ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va
qo‘shimcha xossasi hisoblandi. O‘rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning
ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt
bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan
3
. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi
mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu
ashyolar, voqealarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir3.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos
bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm – butun
olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo
asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga
qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi,
u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni)
tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat,
ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik
yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib
yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining
zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina
mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan,
harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb
bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan
uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat
materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim»4, deb yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |