Passiv va aktiv elementlarni tip va markalarini



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#694870
Bog'liq
1 -amaliy mashg'ulot (1)



1 - AMALIY MASHG’ULOT.
PASSIV VA AKTIV ELEMENTLARNI TIP VA MARKALARINI 
O’RGANISHYU PASSIV VA AKTIV ELEMENTLARNING 
PARMETRLARINI TEKSHIRISHNI O’RGANISH 
Mashg’ulot maqsadi
: Talabalarga radiotexnika va elektronika asoslari 
bo’yicha oddiy elektron sxemalarni qurish amaliy ko’nimalarni shakllantirish. 
Bu amaliy mashg’ulotda talabalar juda oddiy elektron sxemani yaratishni 
o’rganishadi. Bu sxema bir yorug’lik chiqaruvchi diodli 
(LED) Light Emitting Diode
yoqishni amalga oshiradi.. 
Talabalar quyidagilarni o’rganadi

• rezistorlar haqida; 
• svetodiodlar (yoruhlik diodlari); 
1.1.Qisqa nazariy ma’lumotlar
Rezи́stor(
ingl.
resistor
, lotinchada 
resisto
–qarshilik ko’rsataman) –elektrik 
zanjirning passif elementi bo’lib, elektr qarshilikni aniq va o’zgaruvchan qiymatiga 
ega, tok kuchini chiziqli ravishda kuchlanishga aylantirishga va kuchlanishni tok 
kuchiga aylantirish, tokni cheklash, elektr energiyani yutish va hokazolar uchun 
mo’ljallangan. 
 
 
1.1.a) Evropa va Rossiyada qabul qilingan belgilanishi 
b) AQSH qabul qilingan belgilanishi 
 
Svetodiо
́ d
(yorug’lik diodi) 
ili sveta izluchayuщiy 
(yorug’lik tarqatuvchi) 
diod 
(SD, SID;
angl.
light-emitting diode, LED
)–elektron-tirqishli o’tishlarga ega yarim 
o’tkazgichli element bo’lib, unga to’g’ri yo’nalishda elektr tokini o’tkazi paytida 
optik nurlanishni yarativchi hisoblanadi. 
1.2-rasm. 
Amaliy mashg’ulotga kerak bo’ladigan barcha elementlar 1.3÷1.9- rasmlarda keltirilgan: 


1.3-rasm. O’zgarmas qarshilikli rezistorlar. 
1.4-rasm. O’zgaruvchan sozlanuvchi rezistorlar. 
1.5-rasm. Qog’ozli, metall-qog’ozli va yupqa pardali kondensatorlar. 
1.6-rasm. YUqori chastotali kondensatorlar.
1.7-rasm. Elektrolitik va oksid-yarimo’tkazgichli kondensatorlar. 
1.8-rasm.Induktivli g’altaklari turlari. 
1.2.Rezistorlar sozliklarini aniqlash
Qarshiliklarning ishchi xolatini aniqlash yoki kuygan qarshilik o’rniga 
qo’yilishi kerak bo’lgan yangi qarshilikning sifatini tekshirishni maxsus o’lchov 
asbobi - ommetr yordamida bajarish kerak. Bu asbob yordamida qarshilikning 
xaqiqiy kattaligini uning sirtiga yozilgan raqamlarga solishtirib ko’rish kerak. 
Ayrim xollarda bu kattaliklarning mos kelmasligi kuzatilishi mumkin. 


Qarshiliklarning tashqi ko’rinish xolatiga ham ahamiyat berish lozim. Bunda 
qarshilik tanasining sinishi, qizish natijasida qarshilik ko’rinishida xosil bo’lgan 
rang o’zgarishlari ahamiyatga ega. Bunday rezistorlar almashtiriladi. 
O’zgaruvchan qarshiliklarning xolatini aniqlash avvalo ularning mexanik 
qismlarini ko’zdan kechirish bilan boshlanadi. Bunda sirpanuvchi kontaktning 
xolatini tekshirish ahamiyatlidir. Sirpanuvchi kontakt yopiq korpus ichida 
joylashgan bo’lsa va uni ochib ko’rishning imkoni yo’q bo’lsa, tekshirish fakat 
ommetr yordamida amalga oshiriladi. Bu xolda ommetr qarshilikning chetki 
oyoqlariniig biri va o’rtadagi oyog’i orasiga quyilib, sirpanuvchi kontakt dastasi 
buraladi. Kontaktning nosozligi asbob strelkasining keskin sakrashidai bilinadi. 
Ikkinchi xolda o’zgaruvchan qarshilikning o’zgarmas qismi ya’ni, ikkita chetki 
oyoqlari orasi ommetr yordamida o’lchanadi. Agar bu qismda uzilish aniqlansa 
o’zgaruvchan qarshilik to’la ishdan chiqqan deb xulosa qilinadi. Xar ikkala xolatda 
xam o’zgaruvchan rezistor almashtiriladi. 
Kavsharlagich 
(payalnik) 
bilan 
ishlash 
texnikasi. 
Radiotexnik 
qurilmalarning detallarini kavsharlash uchun tarmoq kuchlanishi (-220 V)da 
ishlovchi 40 Vt quvvatli kavsharlagich bilan ishlash tavsiya qilinadi. 
Qarshilikni plataga kavsharlashdan avval uning oyoqlari qalaylanishi kerak. 
Aks xolda detal oyog’ining plataga kavsharlanishi sifatsiz kechadi. Qalaylash uchun 
detal oyog’i texnik pichoq bilan qiriladi. Bunda sirtini qoplagan oksid qoplama 
ajralib chiqadi va sof metall sirt xosil bo’ladi. Bu sirt kanifol suyuqligi bilan 
qoplansa, detal oyog’i qalay suyuqlanmasi bilan engil birikadi. 
Ta’mirlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi shart. 
1.3. Kondensatorlarning sozliklarini aniqlash
Kondensator nosozligini tekshirishning eng sodda usuli uning tashqi 
ko’rinishidan biror mexanik emirilishni aniqlashdir. Agar tashqi ko’rinishdan hech 
qanday o’zgarish sezilmasa, u holda asbob (pribor) yordamida tekshiriladi. Bu asbob 
yordamida tekshirish natijasida kondensator qatlamlari o’rtasidagi qisqa tutashuv 
(korotkoe zamыkanie), teshilib qolishi (proboy), chiqish oyoqlarining ichkaridan 
uzilib qolishi (obrыv), kondensator tokining sizib yo’qolishi (utechka)ni aniqlash 
mumkin. 
Kondensatorning sig’imini maxsus (RLC) o’lchov asbobida -aniqlash 
mumkin. Agar bunday asbob bo’lmasa, sig’imni boshqa usulda aniqlash mumkin. 
Katta sig’imli kondensatorlar (1 mkF va undan yuqori) sozligini aniqlash. 
Tekshirish ommetr yordamida o’lchovning 1x yoki 10x darajalarida olib boriladi. 
Bunda kondensator oyoqlarining orasidagi qarshilik va agar kondensatorning 
korpusi metal bo’lsa, qatlamning korpusga nisbatan qisqa tutashuvi yoki sizishi 
o’lchapadi. Bunday xolatning borligi aniqlansa, kondensator almashtiriladi. 
Tekshirish jarayoni tasnifi. Nosoz qurilmada kondensator tekshirilishi kerak 
bo’lsa, avval bu detal platadan ajratib olinadi va oyoklarini qisqa tutashtiruv yo’li 
bilan zaryadsizlantiriladi. So’ngra priborni qarshilik o’lchovining katta darajasi 
holatiga keltirib, uning umumiy («-») uchi (simi) kondensatorning musbat oyog’iga, 
o’lchov («+») uchini esa kondensatorning manfiy oyog’i (yoki korpusi)ga tegiziladi. 
• 


Agar kondensatorning sig’imi 1 mkF va undan ortiq bo’lsa va u buzilmagan 
bo’lsa, pribor yordamida tekshirish kondensatorning zaryadlanishiga sabab bo’ladi. 
Bunda priborning strelkasi sakrab qisqa tutashuv (nol) xolatida bir necha soniya 
turib, cheksizlikni qayd qiluvchi xolatga tomon tezlanuvchi xarakat qiladi. 
Kondensatorning buzilishi undagi ichki sig’imning kamayib ketishi (qurib 
qolishi) bilan bog’liq bo’lsa, u xolda ommetr strelkasi zaryadlanish-zaryadsizlanish 
(razryadlanish) jarayoni xarakatini qayd etmaydi. 
Kondensatorning buzilishi uning qatlamlari orasidagi qisqa tutashuv bilan 
bog’liq bo’lsa, u holda ommetr strelkasi kichik (nol) qarshilik holatiga taqalib 
qoladi. 
O’rta sig’imli kondensatorlar (500 pF dan 1 mkF gacha)ning sozligini 
aniqlash uchun ularning bir oyog’iga quloqqa tutgich (naushnik) ulab, ikkinchi 
oyog’i tok manbai (batareyka)ga tegiziladi. Agar kondensator soz bo’lsa, 
naushnikdan kontakt tovushi eshitiladi. 
Kichik sig’imli kondensatorlar (500 pF gacha)ni radiopriyomniklarning 
antennasi 
yordamida 
tekshirish 
mumkin. 
Kondensator 
antenna 
bilan 
radiopriyomnik orasiga ulanadi. Agar radio ovozi pasaymasa, demak kondensator 
qatlamlarida uzilish yo’q. Bu kondensator ishlaydi. 
O’zgaruvchan kondensatorlar sozligini tekshirish ular qismlarining 
qarshiliksiz xarakatlanishini va uning chiqish oyoqlari orasidagi qisqa tutashuvning 
yo’qligini qo’l bilan burash va pribor bilan tekshirish usuli bilan aniqlanadi. Bundan 
tashqari keramik (sopol ) tanli o’zgaruvchan kondensatorlarning qatlamlari yorilishi 
va sinish xolatlarini ko’z bilan aniqlash mumkin. 
1.4. Diodlar sozliklarini aiiqlash
Diodning sozligini aniqlashning eng sodda usuli uning to’g’ri (R
t
) va teskari 
(Rr) qarshiligini o’lchashdir. To’gri yo’nalish buyicha (R
t
) qarshilik qancha kichik 
bo’lsa va teskari (Rr.) qarshilik qancha katta bo’lsa, yoki boshqacha qilib aytganda 
R
t
/ R
t
nisbatning qiymati qancha katta bo’lsa, diodning sifati shuncha yuqori 
bo’ladi. 
Ommetr yordamida diodning qarshiliklarini o’lchash yo’li bilan uning 
sozligi aniqlanadi. Bunda shuni yodda tutish kerakki, pribordan chiquvchi 
kuchlanish diodning chegaraviy kuchlanishidan baland bo’lmasligi kerak. Diodning 
to’g’ri yo’nalish qarshiligi 200 Om dan ortiq bo’lmasligi, teskari yo’nalish
qarshiligi esa, 500 KOm day past bo’lmasligi kerak. Eslatib o’tamizki, agar diodning 
to’g’ri yo’nalish qarshiligi nolga yaqin, teskari yo’nalish buyicha qarshilik 
cheksizlikni ko’rsatsa, birinchi xolda diod teshilib qolgan (proboy), ikkinchi xolda 
uzilib qolgan (obrыv) deb xisoblash kerak. Bunday xollarda diod almashtiriladi. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish