73
b) sho‘rlangan degradatsiyaga uchragan yerlarda ushbu o’simlik (Indigofera tinctoria)
yaxshi o‘sadi;
(c) tuproqqa yashil massa beradi hamda boshqa o’simliklar o’sishi uchun sharoit yaratadi;
(d) o’simlikning yer ustgi qismi tabiiy indigo bo'yog'ini sintez qiladi;
(e) ba'zi turlari hayvonlar uchun ozuqa bo’ladi.
CEF/UNESCO/USGU loyihasi doirasida Xorazm, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va
Qoraqalpog‘iston dalalarida ekologik sinovdan o‘tgan indigoning yangi “Firuz-1” navi yaratildi
(muallif A.Ergashev va boshqalar) va ishonchli natijalar berdi. Qoraqalpog'iston sharoitida yashil
biomassa hosili 35 tonna/ga tashkil etadi, undan 110 kg ga yaqin tabiiy bo'yoq - indigo pastasini
olish mumkin. Yevropa bozorida 1 kg indigo kukuni 200-240 yevroga baholanadi. Ya’ni, har
gektar unumdorligi past yerdan fermer 20 ming yevro yoki 30 ming AQSH dollari atrofida
daromad olishi mumkin. Indigo yetishtirishning samaradorligi natijasida fermerlar tuproqni
saqlash uchun unchalik foydali bo'lmagan ekinlarni indigo o’simligi bilan almashtirishlari
mumkin. Biomassadan boʻyoq olingandan soʻng oʻsimlik qoldiqlari dehqon dalalarida azotga
boy “yashil oʻgʻit” sifatida yoki chorva uchun ozuqa sifatida ishlatilishi mumkin.[2]
Tibet va Hindi-Xitoy xalq tabobati davolash uchun moddalar manbai sifatida indigo
o'simliklari qadim zamonlardan beri ishlatilgan: ilon chaqqanida, it tishlaganida, antibakterial va
antizamburug’ vositalar sifatida, jigar toksikozini davolashda, antidepressant va saratonga qarshi
dorilar sifatida foydalaniladi.[3]
O'simlikning ildizlaridan tayyorlangan qaynatma ich terlama, vabo va boshqa
kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. So'nggi paytlarda ushbu o'simlikdan og'ir jinsiy
organlarning yuqumli kasalliklarini, buyrak hamda asab kasalliklarini va boshqalarni davolashga
oid nashrlar paydo bo'ldi.[4]
Nigmatov S.X. (1972) qizilmiyaning (Glabra L) turini bir necha yillar davomida
sho‘rlangan tuproqlarda urug‘ini ekilganda tuproq sho‘rlanishiga ko‘nikmalar hosil qilgan.
Sho‘rlanmagan tuproqlarda o‘stirilgan o‘simlik urug‘lari xlorid-sulfat tuzi 10-15 g/l, sho‘r yerda
o‘stirilgan o‘simlik urug‘i esa 15-20 g/l darajada ham o‘simta bergan nazorat (distillagan suv).
Dala sharoitida o‘stirilgandao‘simliklarni tuzga chidamliligi ontogenezida ortib borgan. Ular
mevasi, mahsuldorligi hamda ildiz tuplashi bo‘yicha ma’lumotlar olingan. Aniqlanganki,
qizilmiya ildiz orqali ekilganda tuzlarga chidamli (urug‘ga nisbatan) ildizlaridan
ko‘paytirilganda tuz 15% bo‘lganda nobud bo‘ladi. Ko‘chatlar esa 2,5% bo‘lsa ko‘plari
ko‘karmagan. Kuchli sho‘rlanishga o‘tgan sari o‘simlik o‘sishni va rivojlanishi keskin
sekinlashuviga olib keldi. Xlorid-sulfatli maydonda suv bug‘lanishi kamaytirdi va osmotik
faollik ortdi. Ildizlar jadal o‘sganda suvni yerni pastki qatlamlaridan ko‘proq shimib olib, yer osti
suvlarini pasayishiga olib keldi. Demak, meliorativ ahamiyatga ega o‘simliklardan biri ekanligi
tasdiqlandi. Ildizlarni asosiy massasi tuproq yuqori qatlamida tuplanadi, ularni kavlab olinishi
osonlashdi.[5]
Bundan ko’rinib turibdiki hozirda mintaqamizda dolzarb muommoga aylanib borayotgan
tuproq sho’rlanishini oldini olish, sho’rlanish darajasini kamaytirish borasida olib borilayotgan
ilmiy yondashuvlar kelgusida kutilgan natijani olishga poydevor bo’ladi.
1.U.Norqulov, X.Allanov. “Qishloq xo’jaligi melioratsiyasi” Toshkent. Iqtisod-moliya 2016.
3.Kharin, N.G. Ecological Catastrophe in Central Asia. Our Planet
1994,
6(5),27-28.
4.Ergashev,А. K.;Jataev,S.А.;Stroev, V.S. Formation ofcrown galls in Cotton under
Interaction of Agrobacterium tumefaciens with Plant Cells. DokladyAcademy Nauk UzSSR;
Represented by academician A.M.Muzaffarov. Reports of Academy ofSciences of UzSSR,
1983,
№12,39-41.
5.No`monjonov
S.I.
Qizilmiya
o`simligini
parvarishlashda
urug`idan
va
ildiz
qalamchadan ko`paytirish texnologiyasi: Bitiruv malakaviy ish. Farg’ona,201710-11b.
http://library.ziyonet.uz/ru/book/97904
Do'stlaringiz bilan baham: