Yarim o’tkazgichli diodning volьt-amper xarakteristikasini olish



Download 185,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana22.06.2022
Hajmi185,43 Kb.
#690412
1   2
kT
ell
I
I
(9.1) 
bu yerda, I-p-n o’tish orqali o’tuvchi tok;
I
0
- to’yinish toki; 
U - tashqi kuchlanish; 
(9.1) formuladan, agar p-n o’tishga teskari -U»kT/e kuchlanish berilsa I-»I0 bo’lishligi, 
agarda to’gri kuchlanish berilsa, tok ortib ketishi ko’rinib turibdi (41-rasm). 
p-n o’tishning tokni bir tomonga yaxshi, ikkinchi tomonga yomon o’tkazish xususiyatidan
o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka to’g’rilagichlar sifatida foydalaniladi. 


Yarim o’tkazgichli bunday to’g’rilagichlarni kristall diod yoki to’g’ridan-to’g’ri diodlar deb 
ataladi. Ular konstruktsiyasiga qarab nuqtaviy va yassi diodlarga bo’linadi. Nuqtaviy diodlar 
yuqori chastotali tebranishlarni detektorlash(to’g’rilash) uchun ishlatiladi. Yassi diodlar esa 
asosan o’zgaruvchan toklarni to’g’rilash uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda turli tipdagi yarim 
o’tkazgichli diodlar ishlab chiqarilmoqda. Biz quyida ana shunday diodlardan ba’zilarining volьt-
amper xarakteristikasini olish bilan shug’ullanamiz 
Kerakli asbob va materiallar: Turli tipdagi diodlar; tok manbai; volьtmetr;
milliampermetr; reostatlar; tok almashtirgich; 2 holatli kalit; ulagich simlar; ostsillograf; 
pasaytiruvchi transformator yoki tovush generatori; qarshilik. 
ISHNING BAJARILISH TARTIBI 
1-mashq. To’g’ri tok uchun diodning volьt-amper xarakteristikasini olish. 
1. 42-rasmda keltirilgan elektr sxema o’rganiladi va yig’iladi. 
2. P pereklyuchatelь 1 holatga qo’yiladi. 
3. R reostatning surilgichi beriladigan kuchlanishning nol holatiga qo’yiladi va K kalit 
tutashtiriladi. 
4. Reostat surilgichini ohista siljitish bilan diod klemmalariga kuchlanishlar berib, ularga 
mos tokning qiymatlarini milliampermetrdan yozib olinadi, K kalit zanjiridan ajratiladi. 
5. A va V klemmalarga boshqa tipdagi diodlar ulanadi va ular uchun ham yuqoridagi 
punktlar takrorlanadi. 
6. O’lchash natijalari 13-jadvalga yoziladi. 


2-mashq. Teskari tok uchun diodning volьt-amper xarakteristikasini olish. 
1. P pereklyuchatelь 2 holatga qo’yiladi. 
2. R reostatning surilgichi eng katta qarshilik holatiga qo’yiladi. 
3. K kalit tutashtiriladi va reostatning surilgichini siljita borib, har bir volьt kuchlanishga 
mos keluvchi tok kuchining qiymati milliampermetrdan yozib olinadi. 
4. Boshqa diodlar uchun ham tajriba takrorlanadi. K kalit zanjirdan ajratiladi. 
5. Olingan natijalar 14-jadvalga yoziladi. 
6. Har bir diod uchun to’g’ri va teskari toklarning kuchlanishga bog’lanish grafigi 
millimetrli qog’ozga chiziladi.
7. Olingan volьt-amper xarakteristikalaridan foydalinib, har bir diodning Uto’g’ri Uteskari 
qiymatlari uchun to’g’ri va teskari yo’nalishlardagi qarshiligi R=U/I, hamda to’g’rilash 
koeffitsienti topiladi.
3-mashq. Ostsillograf yordamida diodning volьt-amper xarakteristikasini kuzatish. 
1. Ostsillograf tarmoqqa ulanadi va sozlanadi. 
2. 43-rasmda keltirilgan elektr sxema o’rganliadi va yig’iladi. 


3. Pasaytiruvchi transformator (yoki tovush generatori) tarmoqqa ulanadi 
4. K kalit elektr zanjiriga tutashtiriladi. 
5.Ostsillograf ekranida diodning volьt-amper xarakteristikasi hosil qilinadi. 
6. Ekrandagi volьt-amper xarakteristika millimetrli qog’ozga ko’chirib olinadi. 
7. Boshqa diodlar uchun ham yuqoridagi bandlar bajariladi. 
O’Z-O’ZINI SINASH UCHUN SAVOLLAR 
1. p-n o’tishning fizik mohiyatini tushuntiring. 
2. Yarim o’tkazgichli diodning tuzilishini va uning turlarini ayting. 
3. p-n o’tishning volьt-amper xarakteristikasi deb nimaga aytiladi? 

Download 185,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish