Microsoft Word chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com doc



Download 0,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/177
Sana22.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#690254
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177
Bog'liq
chingiz aytmatov qiyomat lot ziyouz com

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
133
yo‘q. 
— Menga qara, Gulimxon,— bamaylixotir dedi Bozorboy mastona ko‘zlarini miltiqdan uzib 
bekaga tikilarkan. Bu Gulimxon degani chekkaroq yerda qo‘limga tushsa bormi... Hayolining bir 
chetidan o‘tdi uning. U xotinlarga duch kelgan joyda, daladami, yo‘ldami shartta changal solishga 
o‘rganib qolgan, niyatiga yetgach, bundan zarracha achinib o‘tirmas, mana, hozir Gulimxonni o‘z 
xotini Ko‘k Tursun bilan qiyoslab ko‘rarkan, Gulimxon emas, shu jonga tekkan, sovuq oshday bo‘lib 
qolgan xotin o‘z chekiga tushganligidan fig‘oni oshdi. Mabodo shu tobda xotini ko‘ziga tushsa, unga 
tarsillatib shapaloq tortib yuborishdan ham toymasdi bu badbaxt. Bozorboy o‘zini bazo‘r qo‘lga olib 
dedi:— Yaxshi yashar ekansizlar. Sen yaxshi bekasan. Men nima demoqchi edim? Bilasanmi, 
Gulimxon, bo‘rilar yana ketimdan tushadimi deb, qo‘rqayapman. Men shu miltiqni ola ketsam 
bo‘larmikin, ertaga birovdan jo‘natib yuborardim... 
— Xudo haqi, joyiga ilib qo‘ying,— qat’iy dedi Gulimxon.— Bo‘ston miltig‘iga hech kimning 
qo‘lini tekkizmaydi. Miltig‘ini birov ushlasa, yomon ko‘radi. 
— Nima, bitta miltiqqa kuching yetmaydimi?— tumtayib irshaydi Bozorboy. U qulay payt topsa, 
bu juvonni qandoq quchoqlashini yarq etib ko‘z o‘ngiga keltirdi. 
— E, nima deyapsiz? Bo‘ston kelib, miltiq joyida yo‘qligini ko‘rsa, nima, bu menga... O’qlari 
qaerdaligini ham bilmayman. Bo‘ston ularni yashirib qo‘yadi. Birovga bir donasini bermaydi. 
Bozorboy ichida Bo‘stonni bo‘ralab so‘kdi. O’zidan ham xafa bo‘lib ketdi: Bo‘stonning bunchalar 
qurumsoqligini u bilmasmidi, mana, xotini ham eridan bir tuk qolishmas ekan; sal bo‘lmasa, u juvonga 
miltig‘ing boshingdan qolsin, deb yuboray dedi. Lekin shu payt Risqul jonga oro kirdi, uni noqulay 
ahvoldan qutqardi. 
— Bekor tashvish chekyapsiz, Bozake. Marat bilan sizni otliq kuzatib qo‘yamiz, xohlasangiz 
uyingizgacha boramiz,— deb ishontirdi u kula-kula.— Vaqtimiz esa bor, tun o‘zimizniki. Bu miltiqqa 
esa siz, yaxshisi, tegmang. Joyiga osib qo‘ying. Bilmaysizmi, uni o‘z oti bilan Bo‘ston deb qo‘yibdilar. 
Juda tartibli odam! 
Ular endi chiqmoqchi bo‘lib turganlarida Risqul yana birpas ushlanib qoldi. U Bo‘stonning 
o‘g‘ilchasini aldab yupatishga tushdi. Bolakay amaki bo‘richalarni xurjunga solganini ko‘rib, arillab 
yig‘lab berdi. Qayoqqa olib ketyapti deb. Kichkintoy o‘zini yerga urar, onasining bag‘ridan yulqinib 
chiqmoqchi bo‘lar, bo‘richalarni qaytarib berishni talab qilardi... 
Qo‘radan chiqqanlaridan keyin o‘qishni chala tashlab ketgan Marat hamrohlarini zeriktirib 
qo‘ymaslik uchun o‘ziga qiziq bo‘lib ko‘ringan bir hangomani boshlab yubordi. 
— Yaqinda rayonimizda bir antiqa voqea ro‘y berdi. Kulaverib ichaklaring uzilib ketadi! 
Eshitmovdingizmi, Bozake? 
— Eshitganim yo‘q,— dedi Bozorboy. 
— E, toza g‘ovg‘a bo‘lib ketdi. Chin so‘zim! 
— Qani, qani, eshitaylik studentdan,— dedi uning qitiq patiga tegib Risqul otini yo‘rttirib 
borarkan. 
— Oblastimizning rahbarlaridan biri rayon gazetamizning redaktoriga qo‘ng‘iroq qilibdi. Nima 
uchun sizlarning «Sotsializm tongi» gazetangizda kapitalistik Amerikani targ‘ib etishyapti?— 
Redaktor bilan bir payt birga o‘qiganman, juda ham qo‘rqoq va laganbardor odam, rahbarning 
so‘zlaridan tili kalimaga kelmay qolibdi. «B-biz A-Amerikani yo-yozga-animiz yo‘-o‘q! K-kechiri-ing, 
q-qana-aqa ta-arg‘i-bot?» Rahbar aytarmish: «Hali yozmaganlaring shumi? Manovi nima, oq qog‘ozga 
qop-qora qilib yozgansizlar?— «Bo‘stonga ergashaylik?» 
—«E, bu ilg‘or cho‘ponimiz Bo‘ston O’rkunchiev haqida yozilgan».— «Men ham bilaman u haqda 
yozilganini. Ammo ko‘plar faqat sarlavhaning o‘zini o‘qishadi». Ha-ha-ha! Ana, ko‘rdingizmi? 
Zo‘rmi? «Xo‘p, unda nima qilaylik?»— deb so‘rabdi redaktor. Rahbar aytarmish: «Ilg‘orga tayinlang, 
nomini o‘zgartirsin». 
— To‘xta!— dedi Bozorboy,— nima Amerikada ham Bo‘ston bormi? 


Chingiz Aytmatov. Qiyomat (roman) 

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish