Usmon Azim
Usmon Azim, asl ism-sharifi Azimov Usmonqul (1950.13.8,
Boysun tumani
) —
Oʻzbekiston
xalq shoiri
(2000),
dramaturg
.
Toshkent universitetining
jurnalistika fakultetini tugatgan (1972).
Respublika radiosida
muharrir
, katta muharrir va bosh muharrir oʻrinbosari (1976-1989),
Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi
Toshkent viloyat boʻlimida masʼul kotib (1989-1990).
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti devonida sektor mudiri, yetakchi konsultant,
Prezidentning
Davlat maslahatchisi (1991-1994). 2003-yildan Oʻzbek milliy akademik drama
teatrida adabiy emakdosh.
Ilk kitobi — „Insonni tushunish“ (1979). Shundan soʻng shoirning „Holat“ (1979), „Oqibat“ (1980),
„Koʻzgu“ (1983), „Surat parchalari“ (1985), „Dars“ (1985), „Ikkinchi aprel“ (1987), „Baxshiyona“
(1989), „Gʻaroyib ajdarho“ (1990), „Uygʻonish azobi“ (1991), „Gʻussa“ (1994), „Uzun tun“ (1994),
„Bor ekanda, yoʻq ekan“ (1995), „Saylanma“ (1995), „Kuz“ (2001) kabi sheʼriy va „Jodu“ (2003)
nasriy toʻplamlari nashr etilgan. Usmon Azim oʻzbek sheʼriyatining ufqini kengaytirib, nasriy
sheʼrlardan barmoq vaznigacha boʻlgan turli vaznlarda ijod qiladi. Dastlabki sheʼrlarida insonning
davr va jamiyat hayotidagi oʻrnini tushunishga, davrning ogʻriqli masalalariga eʼtibor qaratdi va
shu jarayonda minbar sheʼriyati unsurlaridan foydalandi.
Usmon Azim
Tugʻilishi
13-avgust
1950-yil
Surxondaryo
Mukofotlari
Ijodi
Usmon Azim „Baxtli boʻlaylik“, „Hujjatli film uchun syujet“, „Bahodir va Malika“ singari
radiopyesalar yozgan. U ana shu tajribadan foydalanib, 90-yillarda dramaturgiya bilan jiddiy
shugʻullandi va „Bir qadam yoʻl“, „Kunduzsiz kechalar“, „Bozor“ (1997), „Alpomishning qaytishi“
(1998), „Jazava“ (2000), „Baxt qushi“ (2002), „Oʻtgan zamon hangomalari“ (2003) pyesalarini
yozdi. Bu pyesalarning aksari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Usmon
Azim bu pyesalarda sahna qonuniyatlarini yaxshi his etuvchi, dramaturg sifatida namoyon boʻldi.
Ayni paytda u ham tarixiy, ham psixologik dramalar, ham ogʻzaki va yozma adabiyot namunalari
asosida zamonaviy sahna asarlarini yarata olish isteʼdodini namoyish etdi. Usmon Azim,
shuningdek, kinodramaturgiyada ham qalam tebratib, „Alisher Navoiy“ kinoqissasi (1990),
„Alpomish“ kinodostoni (1997), „Sevgi“ (1998, shu nomli hikoya asosida) va 2 seriyali „Alpomish“
(2000) filmlarining ssenariysiga mualliflik qilgan.
Pol Elyuar
, V. Vatsiyetis, H. Dogʻlarja, A.
Voznesenskiy, Yu. Marsinkyavichyus va boshqa shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Sheʼrlari
ingliz
,
fransuz
,
nemis
,
polyak
,
makedon
,
turk
,
rus
,
gruzin
,
eston
,
litva
,
tojik
,
qozoq
va
qirgʻiz
tillarida nashr etilgan. Koʻplab sheʼrlariga musiqa bastalangan.
Usmon Azim Gruziyaning Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (1982).
„Doʻstlik“
ordeni (1998) bilan mukofotlangan.
[1][2][3]
Qudasi —
Muhammadali Abduqunduzov
, aktyor.
Qizi — Abduqunduzova Nazokat Usmonqulovna,
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligi
matbuot kotibi.
[4]
1.
https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-
kishini-mukofotladi-royxat
2. Usmon Azim. Saylanma. T.: „Sharq“, 1995.
3. Usmon Azim. Kuz. T.: Adabiyot va sanʼat, 2001.
4.
https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nazokat-azim/
Oilasi
Manbalar
Soʻnggi tahrir 10 kun avval
PlanespotterA320
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Usmon_Azim&oldid=2527448
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |