XAT himoyalangan elektron xat almashish tizimi javob beradi.
E-XAT himoyalangan elektron xat almashish tizimining asosiy vazifasi elektron
xatlarning butunligini, maxfiyligini va ishonchliligini, umuman aytganda foydalanuvchilar
14
o'rtasidagi elektron xat hamda ovoz ma'lumotlarini uzatishdagi himoyasini ta'minlab berish
maqsadida ishlab chiqilgan.
Tizim foydalanish va boshqarish uchun sodda va qulay qilib yaratilgan. Tizimda ishlash
uchun xodimlardan maxsus bilimlar talab etilmaydi. Tizim har qanday subyekt uchun katta sarf
xarajatlarsiz, hamda qimmat vositalarsiz o'zining himoyalangan korporativ yoki umumiy xat
almashish tizimini operativ tashkil etish imkonini beradi. e-XAT axborotni kriptografik (yunon
tilidan olingan bo'lib, kriptos - sirli degan ma'noni anglatadi) himoya qilishning barcha
usullaridan, ya'ni axborotni shifrlash/deshifrlash, elektron raqamli imzo qo'yish va uni
tekshirish, maxfiy kalitlarni almashish kabi usullarini qo'llangan holda ishlab chiqilgan.
e-XAT uchta dasturiy ta'minot asosida ishlaydi:
e-XAT serveri - foydalanuvchilarning xatlarini qabul qilish, saqlash va jo'natish;
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro'yxatga olish markazi;
e-XAT tizimining foydalanuvchi uchun dasturi.
Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur'atlar bilan
o'sib borayotgan hozirgi davrda ta'lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta'limda
foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasida «Elektron ta'lim» milliy tizimini
yaratish» investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2012 yil 16 apreldagi
PQ-1740-son qarori ta'lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish,
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot
resurslaridan bahramand bo'lishni kengaytirishga zamin yaratadi.
Ushbu Qarorning natijasi sifatida O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligi huzurida «Ta'lim muassasalarida elektron ta'limni joriy etish markazi» tashkil etildi.
Ta'lim tizimiga elektron ta'limni joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual
salohiyatiga, jumladan, ta'lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta'lim resurslarini ishlab
chiqishga bog'liq. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta'limni
axborotlashtirish, shu jumladan elektron ta'limni joriy etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Elektron ta'limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo'llari izlanmoqda, ta'limda
yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta'lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan
o'rin olgan.
Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to'lovni amalga
oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o'z ichiga
oluvchi operasiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar
(operasiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o'tkazilib, egalik etish
yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o'tishi ta'minlanadi.
Keltirilgan ta'rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so'zlar bilan
elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo'lgan maqsadni o'zida aks ettiradi.
Haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat
kelishuvlar to'liq yopiq amallarni (operasiyalar) elektron yo'l bilan o'tishini ta'minlaydi.
Keyinchalik esa biz shunga amin bo'lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan
tizimlarning asosiy qismi operasiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari,
masalan tovar va xizmatlar to'lovini o'z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta'rifda "savdo" va
"Internet" so'zlari yo'q bo'lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet
elektron tijoratni kiritish bo'yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi.
Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90- yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning
o'zi esa bundan uzunroq tarixga ega.
Elektron tijorat tushunchasining paydo bo'lishi 1948 yilda G'arbiy Berlinni kerakli
material- texnik xomashyo bilan ta'minlash uchun G'arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod
etilgan avia ko'prikni tashkillashgirish ishlarida qo'llanilgan amaliyot bilan bog'lanadi. Ushbu
ko'prik deyarli 11 oy faoliyat ko'rsatib, shahar ehtiyojlari to'g'risida juda tez va aniq ma'lumotlar
uzatilishini talab qilgan.
15
Agar Berlin avia ko'prigini elektron tijoratning paydo bo'lish nuqtasi yoki alohida epizodi
hisobida ko'rsak, 30 yillik AT&T korporasiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron
tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g'oyasi
AT&T korporasiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish
uchun chaqirilgan abonentlar shaharlararo so'zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf
etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu o'z navbatida, 800 talik raqamlar
xizmatining tashkil topilishiga asos bo'ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100
mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi.
2006 yil hisob-kitoblariga ko'ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard dollardan
oshib ketgan. Yevropada esa bu ko'rsatkich 130 milliard dollarga yetganligi taxmin qilinmoqda.
Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali unchalik katta
emas. Ekspertlarning baholashicha, 2006 yil so'ngida u 1,55 milliard dollarga tenglashgan
bo'lsa- da, o'sish sur'ati yiliga 30-50 foizni tashkil etmoqda.
Internet tarmog'i paydo bo'lguncha bir necha yillar davomida elektron tijorat turli xil
ma'lumotlarni uzatish elektron tizimlarida asoslangan. EDI (Electronic Data Interchange -
ma'lumotlar elektron almashinuvi), EFT (Electronic Funds Transfer-fondlarning elektron
almashinuvi), e-Mail (Electronic Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir
qatorida yuqoridagi ma'lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi.
Internet elektron tijoratning butun dunyoda tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bo'lishiga
qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita
optimallik o'rnini egallab olmaydi.
Elektron tijorat o'z-o'zidan tovar va xizmatlarni realizasiyalash va yetkazib berish
shartnomalarini tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog'liq:
Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta'minot, bino loyihalari va b.) ni to'g'ridan-
to'g'ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z.
buyurtmasi)ning to'g'ridan-to'g'ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar,
yetkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar,
moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va telekommunikasion qo'llab - quvvatlash
natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy
oqimlarning sezilarli, ba'zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga
xizmat ko'rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda,
elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi.
Elektron hukumat (ing. e-Government) - bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati va boshqa
tarmoqlari hamda davlat amaldorlariga axborot taqdim etish, avvaldan shakllangan davlat
xizmatlarini ko'rsatish bo'lib, bunda davlat va fuqaro o'rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilib,
axborot texnologiyalaridan maksimal darajada faydalaniladi.
Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o'rtasidagi aloqani
mustahkamlash orqali biznes jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta'minlabgina qolmay,
fuqarolarga davlat xizmatlarini Internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish
imkonini ham yaratadi.
Ta'kidlash joizki, 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo'nalishlariga bag'ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida Prezidentimiz Islom Karimov respublikamizda
"Elektron hukumat" tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish
muhim vazifalardan biri ekanini alohida ta'kidlagan edi. Shu munosabat bilan alohida ishchi
guruhi tuzilib, mazkur sohada yetakchi bo'lgan Koreya Respublikasi va boshqa xorijiy
mamlakatlarning ilg'or tajribasi o'rganildi. Zamon talablariga javob beradigan xorijiy tajribalar
asosida "Elektron hukumat" tizimini shakllantirish bo'yicha konsepsiya va kompleks dastur,
shuningdek, 2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikasiya
tizimini rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqish bo'yicha tegishli ishlar amalga
oshirilmoqda.
16
2013 yil 16 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborot-
lashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo'mitasi qoshida "Elektron hukumat"
tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta'minlash markazlarini tashkil etish
to'g'- risida"gi qaror qabul qilindi. Loyihaning amalga oshirilishini normativ-metodik
ta'minlashni tashkillashtirish, davlat organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ko'rsatish
jarayonlarini tizimli qayta tashkillashtirish, "Elektron hukumat" tizimini samarali joriy etish
uchun amaldagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat organlarida axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini samarali joriy etilishini baholash reyting tizimini yuritish
vazifalari "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Hukumat qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qo'mita
tomonidan ushbu markazlarni malakali kadrlar bilan ta'minlash, moddiy-texnik bazasini
shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Axborotlashtirish
so
hasidagi
islohotlar
izchil
olib
borilayotgani
natijasida
respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo'yilgan
vazifalardan
kelib
chiqib,
zamonaviy
axborot-kommunikasion
texnologiyalari
va
telekommunikasiya tizimlarini rivojlantirish hamda ularni hayotga keng joriy qilinishiga
erishilmokda.
Ayni paytda respublikamizda AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlar ishga
solinmoqda. Bir vaqtning o'zida AKTni davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat
tashkilotlarini real vaqt - onlayn tizimiga ulash davlat sektori va fuqarolar o'rtasidagi yagona
elektron vosita bilan ta'minlash, O'zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga
jiddiy maqsadlar qo'yayotganligini ko'rsatadi. Xulosa qilib aytganda, AKT tizimlarining davlat
boshqaruviga keng joriy etilishi u yoki bu formulyar, guvohnoma, ma'lumotnoma va hokazolar
uchun kishilarning shaxsan davlat muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi,
kelajakda bundan butunlay xolos qiladi. Ko'plab mamlakatlar tajribasi joriy etishning dastlabki
bosqichidayoq kutilgan maqsadga - so'rovlarga xizmat ko'rsatish tezligini oshirish va kutish
vaqtini
kamaytirish
hisobiga
fuqarolarning
davlat
xizmatlaridan
foydalanishini
yengillashtirishga erishiladi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz?
2.
Elektron hujjat aylanish tizimning vazifasi va tavsifi
3.
Elektron raqamli imzo qachon qabul qilingan?
4.
Kalit va elektron raqamli imzo deganda nimani tushunasiz?
5.
Elektron hujjatning rekvizitlari nimadan iborat?
6.
Elektron raqamli imzodan muhr o'rnida qanday foydalaniladi?
7.
ERI ro'yxatga olish markazining vazifasi nimadan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |