18
bilmasdan o‘rganish mumkin emas. Ammo yozuv og‘zaki nutqni aynan aks
ettira olmaydi. Zotan, yozuv shunday xususiyatga ega bo‘lganda, imlo
qoidalariga talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan bo‘lar edi. Yuksak
takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir
tovush muayyan bir tovush bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday
alifbo yo‘q. Ana shunday ma’nodagi alifboga fin alifbosi birmuncha
yaqinlashadi, lekin baribir to‘liq emas. Hozirgi ingliz, fransuz , nemis va boshqa
tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shunday holat dunyo
tillarining barchasida xilma-xil, juda ko‘plab grafik va imlo qoidalarining ishlab
chiqilishiga sabab bo‘lgan. [5;60-69]