Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi.”



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/111
Sana17.06.2021
Hajmi1,26 Mb.
#68705
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi

kredit qismiga yozilgan summalarini kredit oborot deb ataladi.”

4

 

Korxona  faoliyati  yoppasiga,  uzluksiz  hisob  qilib  borilar  ekan,  korxona  barcha  mulkini 

qo‘rganib, ularni xususiyatlarini yaxshilab anglab etmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq 

yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schetlar rejasi ishlab 

chiqilgandir. SHuni nazarda tutmoq kerakki, buxgalteriya hisobi milliy standarti ishlab chiqilishi 

va  hayotga  tadbiq  etilishi  zaruriy  xol  bo‘lganidek,  schetlar  yangi  rejasini  ishlab  chiqish  ham 

zarur bo‘lib qoldi va bu schetlar yangi rejasi kelgusida korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining 

buxgalteriya hisobida qo‘llanilishi nazarda tutilmoqda.  

Schetlar rejasi 4 qism va 9 bo‘limdan iborat. Schetlar rejasining qismlari quyidagilardir: 

1-qism. Uzoq muddatli aktivlar. 

2-qism. Joriy aktivlar. 

3-qism. Majburiyatlar. 

4-qism. Xususiy kapital (mulk). 

5- qism. Moliyaviy natijalarni shakllanishi va ishlatilishi. 

6- qism. Balansdan tashkari schetlar. 

Schetlar rejasidagi bo‘limlar quyidagicha nomlangan: 

 

1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar. 



2-bo‘lim. Tovar-moddiy zahiralari.  

3-bo‘lim. Kelgusi davr sarflari va muddati uzaytirilgan sarflarning joriy qismi. 

4-bo‘lim. Olinadigan schetlar.  

5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar. 

6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar. 

7-bo‘lim. Uzoq muddatldi majburiyatlar 

8-bo‘lim. Kapital (mulk), foyda va zahiralar 

9-bo‘lim. Daromad va xarajatlar 

Schetlar  rejasini  bilish  nafaqat  buxgalterlar,  balki  auditorlar,  soliqchilar  qisman  tashqi 

foydalanuvchilar (aksiyadorlar, ta’sischilar) uchun ham kerakdir.  



Schetlarning tuzilishi.  

Schetlar tuzilishiga ko‘ra ikkiga ajratiladi: 

1.  Aktiv schetlar – xo‘jalik mablag‘larini aks ettiruvchi schetlar. 

2.  Passiv  schetlar  –  xo‘jalik  mablag‘larini  tashkil  topish  manbalarini  aks  ettiruvchi 

schetlar. 

 Aktiv va Passiv schetlarini tuzilishi qo‘yidagi sxema orqali aks ettiriladi.  

 

  D t     Aktiv    K t                                                             Dt      Passiv         Kt 



 

 + 




 

 

 



YUqorida  ko‘rinib  turganidek,  xar  ikkala  turdagi  schetlarning  ham  debet  va  kredit 

tomonlari  mavjud.  Farq  shundaki,  aktiv  schetlarning  debetida  ko‘payish,  kredit  schetlarda  esa 

kamayish aks ettiriladi. 

 Passiv schetlarda esa aksincha, debet  tomonida kamayish  kredit tomonida esa kupayish 

aks ettiriladi. 

 Ma’lumki,  schetlar  oy  boshiga  ochiladi.  Bu  vaqtda  mablag‘  va  ular  manbalari  mavjud 

bo‘lib, ular oy boshiga qoldiq deb ataladi. 

                                                 

4

 Xolbekov R.O. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Darslik.-T.: “Cho’lpon”, 2011. 




 Oy 

davomida  xo‘jalik  jarayoni  natijasida  mablag‘lar  va  ular  manbalari 

xarakati(kupayishi, kamayishi) oborot deyilib, ularni debet yoki kredit tomondaligiga kura, debet 

oborot kredit oborot deb ataladi. 

 Aktiv  schetlarda  debet  oborot  oy  davomida  mablag‘lar  kirishini,  kredit  oboroti  esa, 

mablag‘lar oy davomida kamayishini bildiradi. 

 Passiv  schetlardagi  debet  oborot  oy  davomida  mablag‘  tashkil  topish  manbasi 

kamayishini, kredit oborot esa oy davomidagi manba ko‘payishini bildiradi. 

 Aktiv schetlardagi oy oxiriga qoldiqni aniqlash uchun, oy boshiga qoldiq summaga debet 

oborot summasini qo‘shib, kredit oborot summasini ayirish orqali topiladi: Do

k

= D


bk

+D

ob



-K

ob 


Bu erda, 

 

D



ok

- Debet oxirgi qoldiq .  

D

ob

- debet oborot. 



D

bk

- Debet boshlang‘ich qoldiq.  



K

ob

- kredit oborot. 




Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish