Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi


Hisob turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/111
Sana17.06.2021
Hajmi1,26 Mb.
#68705
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111
Bog'liq
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Hisob turlarida qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. 

        SHuni  ta’kidlash  lozimki,  xalqaro  standartlarga  javob  beradigan  va  bozor  iqtisodiyoti 

xususiyatlariga mos keladigan hisobning  yangi tizimini ishlab chiqishda olim va amaliyotchilar 

rivojlangan  mamlakatlarda  bu  sohada  yaratilgan  yangiliklarga  ko‘rko‘rona  yondoshayotganlari 

yo‘q.  Xorijiy  mamlakatlarining  amaliyotini  o‘rganish,  ularni  chuqur  va  har  tomonlama  tahlil 

qilish O‘zbekiston Respublikasida hisob tizimining takomillashtirish imkoniyatini beradi. 

      Xozirda respublikamiz hisob tizimida quyidagi o‘lchov birliklaridan foylalaniladi: 

– natura o‘lchovi birligi; 

– vaqt (mehnat) o‘lchov birligi; 

– pul o‘lchov birligi. 

      Natura  o‘lchov  birligi  tezkor  hisobda,  statistik  hisobda,  buxgalteriya  hisobining  analitik 

hisobida  keng  qo‘llaniladi.  Bu  o‘lchov  birligi  bir  turdagi  buyumlar  hisobi  uchun  kerak  bo‘ladi. 

Masalan,  bolalar  oyoq  kiyimini,  muzlatkichlar  soni,  gazlama  metri  va  shu  kabilar  (metr,  kg, 

dona, juft, litr va h.k). 

      Pul  o‘lchov  birligi  xo‘jalik  jarayonlari  (operatsiyalar)  va  vositalarini  yagona  o‘lchovda 

(pulda)  umumlashtirishda  qo‘llaniladi,  ya’ni  barcha  mablag‘lar  qiymat  o‘lchov  birligida 

ifodalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida pul o‘lchov birligi sifatida so‘m, tiyin qabul qilingan. 

      Vaqt  (mehnat)  o‘lchov  birligi  (oy,  kun,  soat,  minut,  sekunt)  esa  biror  bir  statistik  yoki 

xo‘jalik mahsulotlari  ishlab chiqarish  uchun sarf bo‘lgan ishchi kuchi,  ishchi soni, ish  soati va 

hokazolarni  aniqlashda  qo‘llaniladi.  Savdo  korxonasida  esa  ma’lum  bir  tovar  oborot  miqdori 

uchun  sarf  etilgan  ish  vaqtida,  ish  soati,  ish  kuni,  ishchi  kuchi  va  hokazoni  aniqlashda  kerak 

bo‘ladi. Vaqt o‘lchov birligi xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblarni olib borishda 

ham  ahamiyatlidir.  Vaqt  o‘lchov  birliklari  natura  o‘lchov  birliklari  bilan  birgalikda  mehnat 

unumdorligini bildiradi. 

        Kishilik  jamiyatining  hamma  bosqichlarida  ham  hisob  turlariga  talab  mavjud  bo‘lgan. 

CHunki xo‘jalik hisobi insoniyat  uchun zarur bo‘lgan iste’mol buyumlari, kiyim-kechak, oziq-

ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish, taqsimlashni hisobga olish demakdir. Har bir jamiyatning 

ham asosiy maqsadi zaruriy buyumlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlashdan iborat. Bu 

maqsadni  amalga  oshirish  uchun  kishilar  ijtimoiy  hayotida  sodir  bo‘layotgan  voqea  va 

hodisalarni  kuzatish,  jamiyatda  mavjud  bo‘lgan  mehnat  buyumlari,  mehnat  qurollarini  hamda 

mehnat  jarayonlarini  hisobga  olib  borish  zarur  bo‘ladi.  Xuddi  shu  vazifani  esa  xo‘jalik  hisobi 

bajaradi. 

         Tovar  ayirboshlash  davrida  hisobning  ahamiyati  ko‘paydi,  chunki  tovar  ayirboshlashda 

umumiy  ekvivalent  talab  etiladi.  Umumiy  ekvivalentga  esa  faqat  hisob-kitobni  tashkil  etish, 

to‘g‘ri yurgizish orqaligina ega bo‘lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarish 

uchun  sarflangan  ijtimoiy  zaruriy  mehnat  miqdorini  aniqlash  kerak  bo‘ladi.  Ishlab  chiqarish 

kengaytirilgan takror ishlab chiqarish  jarayonini o‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik 

qilish  murakkablashgan  va  moddiy  ishlab  chiqarish  asosida  vujudga  kelgan  xo‘jalik  hisobi 

ahamiyati oshgan, jamiyatning hamma sohalarida mulklarni hisobga olish va ishlatilishi ustidan 

nazorat  olib  borish  borasidagi,  iqtisodiy  faoliyatini  boshqarishdagi  roli  oshib  borgan.  Iqtisodiy 

faoliyatni  boshqarish  hisob  turlari  orqali  olingan  ma’lumotlar  asosida  olib  boriladi  va  tegishli 

qaror va qonun hamda qoidalar qabul qilinib, shular asosida butun xo‘jalik faoliyati boshqariladi. 




Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish