Boshqa fanlar kabi buxgalteriya hisobiga ham talablar qo‘yiladiki, natijada uning usul-
uslubiyatlari, burch va majburiyatlari, iqtisodiyotni boshqarishda tutgan o‘rni, kelgusidagi
mavqei kabi xislatlari mustahkamlanadi.
Buxgalteriya hisobiga qo‘yilgan talablar quyidagilar dan iborat:
1. Hisobning sodda va tushunarli bo‘lishi. Sodda va hamma uchun tushunarli hisobni tashkil
etishdan asosiy maqsad, uni murakkablashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda hisob ma’lumotlaridan
keng xalq ommasi foydalana olishini ta’minlashdan iborat.
2. Hisobning rejaliligi. Bu talab yuqorida aytib o‘tilgan soddalik talabi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Hisobda albatta zaruriy ma’lumot va ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan holda, hisob
yuritish xarajatlarini iloji boricha kamaytirib borish lozim.
3. Hisobning aniq va to‘g‘riligi. Bu talab negizida xo‘jalik faoliyatlarida kuzatish natijasida
olingan ma’lumotlarni hujjatlarda aniq va to‘g‘ri qayd etish yotadi. Har xil maqsadlarda yoki
e’tiborsizlik qilib xo‘jalik hisobini noaniq hamda noto‘g‘ri aks ettirish qonun buzarlik
hisoblanadi.
4. Hisob ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, ya’ni hisob ishlariga taalluqli qanday hodisa
sodir bo‘lgan bo‘lsa, albatta o‘z vaqtida aks ettirmoq, hujjatlarda qayd qilmoq zarur bo‘ladi. Bu
talab to‘liq bajarilganda xo‘jalik faoliyati ustidan boshqaruv olib borish yaxshi yo‘lga qo‘yiladi,
ro‘y bergan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar o‘z vaqtida yo‘qotiladi.
5. Hisob ko‘rsatkichlari bilan reja ko‘rsatkichlari- ning birligi. Korxona, muassasa,
tashkilotlar qaysi mulkchilik shakli asosida faoliyat olib borishidan qat’iy nazar o‘z oldiga joriy
va kelgusi reja ko‘rsatkichlarini tuzib oladi. Butun xo‘jalik va ularning tarmoqlari bo‘yicha
hamda mamlakat miqyosida reja ko‘rsatkichlari belgilab olinadi. Xuddi shu ko‘rsatkichlar bilan
hisob ko‘rsatkichlari birligi (shu bilan birga ijobiy farqlar) katta ahamiyat kasb etadi. Hisob
ishlab chiqarishning borishi, savdo, ta’minot, qishloq xo‘jaligi, qurilish, maishiy xizmat,
transport va hokazolar faoliyati qay darajadaligi haqida ma’lumot beradi, reja bajarilishi ustidan
nazorat o‘rnatib, tahlil qilish imkonini yaratadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish ichki va tashqi
omillarini topish imkoniyatini yaratadi.
Buxgalter buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi. Buxgalteriya hisobi
registrlarining mazmuni bilan tanishishga ma’muriyat ruxsati bilan yoki qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat etilgan shaxslar ularning
maxfiyligini saqlashlari shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka
tortilishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |