O’simliklar assotsiatsiyalarini o’rganishda boshqa usullardan h’am foydalaniladi.
Kimyoviy usul bilan jamoadagi ayrim yoki umuman o’simliklarda u yoki bu mineral va organik moddalarning to’planishi
aniqlanadi.
Fiziologik usullar h’am muh’im bo’lib, uning yordamida dala sharoitida ayrim olingan o’simliklarda yoki butun
jamoadagi o’simliklarda fiziologik jarayonlar o’rganiladi. Fiziologik va kimyoviy tadqiqotlar katta ah’amiyatga egadir.
Biogeotsenozda moddalarning va energiyaning aylanishi va akkumulyatsiyasida asosiy rolni fitotsenoz o’ynaydi.
Hayvonlarni ekologik o’rganish. Hayvonlarni ekologik o’rganishning xarakterli tomonlaridan biri, ularning oziqlanishini,
ya’ni oziqa tarkibi va uning komponentlari miqdorini o’rganishdan iborat. Bu ko’rsatkichlar mavsum davomida o’zgarib turadi.
O’simliklar kabi h’ayvonlarni o’rganishda h’am muh’itning abiotik sharoitlarini (kimyoviy tarkibi, namlik, h’arorat,
yorug’lik darajasi, umuman meteorologik, tuproq va boshqa omillar) va jamoada biotik bog’lanishlar, aloqalarni bilish kerak.
Hayvon turlari populyatsiyalarining tarkibi, ularning tuzilmasi, miqdori va boshqa ko’rsatkichlar ko’payish
dinamikasiga bog’liqdir. Bu masalani echish orqali ko’payish fenologiyasini, unga turli yosh h’olatining katnashishi,
populyatsiya ko’payishining tezligi h’amda h’amma shu ko’rsatkichlarning biotik va abiotik omillarga bog’liq ekanligini aniqlash
mumkin.
Hayvonlarning turli mavsum, h’ayot bosqichlarida xulq-atvorini bilish h’am muh’imdir, chunki bu ko’rsatkich bilan
populyatsiyalar h’olati, o’zgaruvchan sharoitga ularning moslashish xususiyatlari bog’liqdir.
Hayvonlarning h’ayot tarzini, ularning mavsumiy biologik tsiklini o’rganish uchun ularning migratsiya qonuniyatlarini va
populyatsiyalarning joylanishini aniqlash shartdir. Buning uchun h’ayvonlar tanasini belgilashning turli yo’llari mavjuddir.
(Qushlarda h’alqa osish, tanasiga belgi qo’yish, rangini bo’yash, tanasiga radio uzatgichlarni bog’lab qo’yish va h’.).
Hayvonlarni ekologik o’rganish, o’simliklar kabi, ularda gaz almashinishining jadalligi, suv almashinishi, zaxira oziq
moldalarining to’planishi, o’sish jadalligi, ko’payish tezligi, biokimyoviy jarayonlar va boshqa ko’rsatkichlarni o’rganishga
yo’naltirilgandir.
Organizmlar sonining asosiy ko’rsatkichlari. Organizmlar sonini va uning dinamikasini h’isobga olib tekshirishlarning
asosiy ko’rsatkichlari h’isoblanadi.
Miqdor jih’atdan h’isobga olish bo’lishi mumkin: vizual (kuz bilan chamalab) va instrumental (biror-bir asbob
yordamida).
Ekologiyada organizmlar sonining quyidagi asosny ko’rsatkichlari foydalaniladi.
Turlarning uchrashi. Bu 3 xil h’olatda bo’lishi mumkin: 1. Agar tur 50 % dan ko’p uchrasa konstant turlar. 2. 25 - 50 %
- ikkinchi darajali turlar. 3. 25 % dan kam uchraydigan turlar tasodifiy turlar deb ataladi.
Mo’llik. Bu tur yoki butun jamoaning miqdori. O’simlik assotsiatsiyasini yozishda mo’llikni tavsiflash uchun 5 balli Xult
shkalasidan foydalaniladi: 5 - judayam mo’l, 4 - mo’l, 3 - mo’l emas, 2 - kam, 1 - judayam kam.
Hayvonlarni xisoblashda o’rtacha va bir martali mo’llik farqlanadi. Bunday tekshirishlarda mo’llik ko’pincha ah’oli zichligi
deb yuritiladi.
Dominantlik - (nisbatan mo’llik). Bir turning ikkinchi tur ustidan xukmronligi bilan tavsiflanadi.
Geobotanikada bu ko’rsatkich bilan bir xil h’ajmdagi o’simliklarni o’rganishda foydalaniladi.
Qoplam - jamoadagi u yoki bu tur bilan (er ustki qismi yordamida) qoplangan maydon.
Biomassa - ma’lum joydagi organizmlarning og’irligi. O’simlik biomassasi - fitomassa, h’ayvonlarniki - zoomassa deb
yuritiladi.
Miqdor jixatdan h’isoblash yordamida bir martali, boshlang’ich (vegetatsiya davri boshida), oxirgi (vegetatsiya davrining
oxirida), o’rtacha (qandaydir vaqt davrida - oy, yil) kabi biomassani h’osil qilish mumkin.
Zichlik indeksi - ma’lum sharoitda turlarning o’rtacha biomassasi va sonini bog’lovchi ko’rsatkich. Yuqoridagi
aytilganlardan tashqari yana h’osildorlik, solishtirma h’osildorlik kabi organizmlar sonini h’isoblashning ko’rsatkichlaridan
foydalaniladi, bu ko’rsatkichlarning h’ammasi nazariy va amaliy jixatdan katta ah’amiyatga egadir. Bular foydali va zararli
turlarning soni to’g’risida oldindan qisqa va uzoq muddatli ma’lumot olish, tabiiy resurslardan unumli foydalanish va ularni
muh’ofaza qilish yo’llarini ishlab chiqish imkonini beradi.
2 – asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi:
Ekologiyada matematik modellashtirishning moxiyatini ochib berish, modellashtirishning kelajakda tadqiqotlar rejasini
tuzishda kuchli omil sifatidagi ah’amiyatini bayon qilish.
Hozirgi vaqtda ekologiyada matematik modellashtirish uslublaridan keng foydalanilmoqda.
Tabiat yaxlit bir tizim sifatida qaralib, uni o’rganishda tizimli uslubdan foydalaniladi. Bu uslubning metodologik asosi
shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o’zaro aloqada va rivojlanishda deb
qaraladi. Tabiatni o’rganishdan asosiy maqsad uning h’aqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir. Model
olamdagi muayyan xodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo’lib, ushbu h’odisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini
beradi. Odatda model so’z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi. Ammo biz uchun aniq miqdoriy ma’lumotlar kerak bo’lsa,
unda statik va qat’iy matematik model bo’lishi lozim. Masalan: h’asharotlar populyatsiyasidagi individlar sonini ma’lum vaqtda
o’zgarish imkonini beradigan matematik tasvirlash biologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq h’isoblanadi. Agarda
o’rganilayotgan populyatsiyamiz zararkunanda tur bo’lsa, unda model iktisodiy ah’amiyatga h’am ega bo’ladi. Model
ko’rsatkichlarini EHMda ishlab chiqish unga ba’zi o’zgartirishlarni kiritish yoki avvalgilarni olib tashlash, yangilash kabi
imkoniyatlar yaratadi. Matematik modellarni xisoblash mashinalari yordamida «sozlash», takomillashtirish, xakiqiy h’odisaga
yaqinlashtirish mumkin.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek xodisaning ba’zi tomonlarini
aniq ma’lumot bilan to’ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Model «ishlamay qolsa», ya’ni xakikatga
uncha to’g’ri kelmasa, EHM tamonidan o’zgartirishlar kiritilishi va yaxshilash zarurligini asoslab beriladi.
12
Model xaqiqatni to’g’ri aks ettirsa tajriba uchun keng imkoniyatlar ochib, tizimga yangi omillarni kiritish
vaularningta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi.
Matematik va kontseptual modellar ajratilib, kontseptual model ma’lum bir ekotizimni ilmiy tasvirlovchi sxemalar
majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi. Masalan: energetik model bloq - sxemalardan tashkil
topgan bo’lib, unda bloqlar, h’ar bir bloqdagi energiya zaxirasi h’amda energiyaning h’arakat yo’nalishi kabilar ifodalanadi.
Matematik modellar bir necha differentsial tenglamalar va tengsizliklar yig’indisidan iborat bo’lib, u yoki bu omilning
ta’sir kuchi o’zgarishini modelning o’zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin.
Masalan, populyatsiyalardagi murakkab h’odisalarni matematik modellar yordamida o’rganmoqchimiz, ya’ni
populyatsiyalarning dinamik nazariyasi bilan tanishmoqchimiz. Bunda populyatsiyaning miqdoriy dinamikasi uning jinsiy va yosh
tuzilmasi, tashqi muh’it ta’siri, evolyutsiyaning h’ar xil omillari ta’sirida o’tadigan genetik shakl va odamzot faoliyati
natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz olamda dinamik jarayonlar juda ko’p uchratiladi, ularni modellashtirish h’am oson.
Ammo tirik organizmlar uchun dinamik modellar yaratish nisbatan ancha qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan
avval statik modellar bilan shug’ullanilgan. O’simlik barglarining joylanish tartibini yoki molyuska chig’anoqlarining tuzilishini
spiral chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga h’arakat qilish statik modellashtirishga misol bo’ladi.
Dinamik modellar shaxsning o’sishiga oid bo’lib, ularni 1831 yilda Belgiyalik olim Adolf Ketls tuzgan edi. Model
voqealikni aniq aks ettirishi, uning kelib chiqish qonuniyatlarini saqlab qolishi kerak. Model tuziganda biz individlarning
tug’ilishi va tirik qolish mexanizmlarini populyatsiyadagi ichki aloqalarga bog’lashimiz, populyatsiya ko’rsatkichlarini esa biotik
va abiotik muh’it orqali aniqlashimiz kerak. Bundan tashqari, individlarning genetik xususiyatlari h’am muh’im rol o’ynaydi.
Ma’lumki, tabiatda bir jinsli populyatsiya yo’q.
İndividlar genotipi nasllar soniga, ko’payish jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi.
Demak, populyatsiyaning h’ar bir guruh’i o’ziga xos ko’payish ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Bu omillarni h’isobga olmay turib
to’g’ri model tuzish mumkin emas. Matematik modellashtirish biologik va ekologik xodisalarni aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar
rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ah’amiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |