yati va genezisini xristian dini aqidalariga asoslanib emas, balki
inson manfaatlari va ehtiyojlari, insoniy haq-huquqlariga asos
lanib talqin qila boshladilar.
Renessans davri Yevropa faylasuflari,
huquqshunoslari har
tomonlama ulug'lagan markazlashgan qudratli davlat qurish
g'oyasining antropotsentrik xususiyatini ilg‘ab olmoq uchun ushbu
g‘oyaning shakllanish jarayoni haqida tasawurga ega bo'lish darkor.
Birinchidan, ushbu g‘oya VIII—XIV asrlarda jahon ijtimoiy-fal-
safiy fikrlar taraqqiyotining hosilasi ekanligi e’tibordan chetda
qolmasligi kerak. Darhaqiqat, markazlashgan davlat qurish g‘oyasi
bir kunda yoki bir mamlakatda paydo bo'lgani yo‘q. Chunon
chi, uning kurtaklari Eron va Turonda sosoniylar hukmronlik
qilgan kezlardayoq vujudga kelgan edi. Muhammad payg‘ambar,
undan so‘ng esa xalifalar: Abu Bakr, Umar,
Usmon va Alilar
sosoniylarning markazlashgan davlat qurish g'oyasi va tajribasini
o'zlashtirib, tarqoq, ko'chmanchi va qoloq arab qabilalarini
yagona davlatga birlashtirdilar. Buning natijasi o'laroq, musul-
mon madaniyati misli ko'rilmagan muvafifaqiyatlarga erishdi.
Eramizning 711 -yilida arablaming Ispaniyani ishg'ol etishi
bilan markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi Yevropaga
kirib keldi va Rim imperiyasi halokatidan so'ng inqirozga yuz
tutgan Yevropaning rivojlanishiga zamin hozirladi. Oradan bir
asrdan ko'proq fursat o'tgach, mazkur g'oya
asosida birlash-
tirilgan arab Ispaniyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga
erishdi, aholi turmush darajasi yuksaldi. Markazlashgan qudratli
davlat qurish g'oyasi eng e’tiborli ijtimoiy nazariyaga aylandi.
Ushbu nazariya nafaqat Ispaniyaga, balki unga qo'shni bo'lgan
mamlakatlar, xususan, Italiya va Fransiyada ham obro' qozoni-
shi tabiiy bir hoi edi.
Ikkinchidan, markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi
Italiya va Fransiya uchun ijtimoiy — falsafiy fikrlar taraqqiyo
tining xotimasi, o'z navbatida, jamiyatda vujudga kelgan inqi-
rozni bartaraf etishning o'ziga xos muhim nazariyasi bo'ldi.
Arab-
lar sharofati bilan Sharqdan G'arbga eksport qilingan markaz
lashgan qudratli davlat qurish g'oyasi Yevropani ishg'ol eta-
yotgan bir paytda Italiya bir-biriga bo'ysunmaydigan, ko'p hol
larda bir-biriga dushman bo'lgan shaharlardan iborat edi. Aho-
lining turli qatlamlari markazlashgan davlat barpo etish orqali
tarqoqlikka barham berish mumkinligini tobora tushunib yetmo-
www.ziyouz.com kutubxonasi
qda edilar. Eramizning XIII asriga kelib, markazlashgan davlat
qurish sa’y-harakatlari keskin tus oldi. «Aholi, — deb yozadi
taniqli o'zbek olimasi F. Sulaymonova, — ikki guruhga: gvelflar
(Rim papasi qo'l ostida milliy birlashuvning tarafdorlari) va
gibellinlaiga (German imperatori tobeligida feodal birlashuv taraf
dorlari) bo'linib, ular o'rtasida keskin kurash ketadi»1.
E’tiborli
tomoni shundaki, XIV asrda gvelflarning gibellinlar
ustidan g'alaba qozonishi ham ushbu kurashga nuqta qo‘ya olma-
di. Oxir-oqibatda gvelflarning o'zi imperator va papa tarafdorla-
riga bo'linib ketdilar. Buning sababi shundaki, hali Italiyada
markazlashgan qudratli davlatning mohiyati, uning tuzilishi,
asosiy institutlari va ularning funksiyalari haqidagi yagona g'oya
shakllanmagan edi. Jamiyatdagi ixtiloflami
bartaraf etadigan va
millat ravnaqini ta’minlaydigan qudratli umumdavlat g'oyasini
shakllantirishga ehtiyoj endigina shakllanayotgan edi, xolos.
Markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi fiiqarolaming
haq-huquqlari to'g'risidagi tasawuri bilan bevosita bog'liq. Xud
di shuning uchun ham Renessans davri ijtimoiy falsafiy fikr-
mulohazalarning shakllanishida o'sha davr mutafakkirlari yarat
gan huquq to'g'risidagi tasawurlaming ahamiyati beqiyosdir.
Renessansgacha bo'lgan davrda «huquq» tushunchasi mohi-
yatan ikki xil yondashuv asosida talqin qilinardi. Zotan, bir
tomondan, u Xudo irodasining ifodasi bo'lgani uchun zaru-
riylik, mutlaqlik va abadiylik xarakteriga ega, deb ta’riflangan
bo'lsa (bunday yondashuv o'rta asrlarda norma hisoblangan),
ikkinchi tomondan, huquq kishilar
orasidagi kelishuvning
mahsuli bo'lib, o'zgaruvchan va nisbiy xarakterga ega, deb
hisoblangan (bunday yondashuv esa qadimgi zamon mutafak
kirlari tomonidan ishlab chiqilgan). Biroq «huquq» tushuncha-
sini talqin etishda uchinchi yondashuv ham mavjud. Unga ko'ra,
huquq insoniylikning namoyon bo'lishidir, lekin u zaruriy
xarakterga ega, chunki uning mohiyati inson tabiati bilan bog'liq.
Xullas, «tabiiy huquq» tushunchasi qadimgi yunon stoiklari va
o'rta asr sxolostlari (jumladan, Foma Akvinskiy) tomonidan
ham shakllantirilgandi. Lekin yangi davr arafasiga kelib, ya’ni
Renessans davrida bu tushuncha har tomonlama rivojlantirildi.
Shunday qilib, Renessans davri Yevropa falsafasi mar-
1
Do'stlaringiz bilan baham: