Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


79 
30. YILLARNI NOMLASH
O’zbekistonda qaysi yil qanday nom qo’yilishi o’sha yilda o’sha sohada o’pirilishlar yuz 
berishidan darak bermoqda. (Xabarlar oqimidan). 
1988 yilda jurnalistik safar bilan Afg’onistonga bordik. Pulixumri shahrida bir tepalikda ikki asr 
oldin qurilgan g’arbona saroyda to’xtadik. Bino xuddi to’rt-besh qavatliga o’xshasada, ammo ikki 
qavatli edi. Birinch
i qavati asosan kirish joyi׃ kengish, majlislar zaliga o’xshaydi. Ikkinchi qavatda 
esa, yotadigan xonalar. Har bir xonaning kattagina balkoni bo’lishiga qaramay, yana bitta umumiy, 
usti ochiq balkon bo’lib, ziyofatlar shu joyda o’tkazilar ekan. Mahalliy aholi bu saroyni 
“Yolg’onchi shoh”ning saroyi der ekan. Jurnalist xalqi qiziquvchan xalq bo’ladi. Nega bunday 
deyishganini bilib olmaguncha, uyqu keladimi? Afg’onlardan biri endi hikoya boshlagandi tog’ 
tomonda otishma boshlandi. Qop-qorong’u osmon bir zumda xuddi mushakbozlik qilinayotgan 
kabi yorishib ketdi. O’qlarning vizillab uchganini ko’rib turasiz. Biz darhol o’zimizni ichkariga 
oldik. Ammo afg’on yo’ldoshlarimiz joylarida o’tiraverdilar. 
Yarim soatlardan keyin otishma bir muddatga tindi. Shu orada rivoyatni eshitdik. 
Bir yolg’onchi podsho bor ekan. U kasal bo’lib, to’shakka mixlanib qolganda, o’g’liga vasiyat 
qilibdi׃ 
-Bu xalq to’g’ri gapni yomon ko’radi. “Haqiqat”, “haqiqat”, degani bilan haqiqatni aytsang, 
sendan yuz buradi. Rost gap otangga ham yoqmaydi, degani ana shundan. Rost gapirsang, eng 
yaqin do’stlaringdan ham ayrilib qolasan. Ular ham rost gapni eshitishni istamaydilar. Rost gapni 
aytgan odamni ginachi, ig’vogar, tuhmatchi, deydilar. Chunki rost gap ularning etagini ko’tarib 
qo’yishi mumkin-da! Yolg’on esa, xalqning yarmiga yoqmasa ham, yarmiga yoqadi. Hatto 
gapning yolg’onligini bilib tursa ham, unga ishonishga harakat qiladi. Chunki bu yolg’on unga 
umid beradi, uning orzulariga mos tushadi, uning niyatlariga yaqin keladi. Lekin o’limim oldidan 
bir marta rost gapni aytaman. Bilaman, shundan keyin sen meni yomon ko’rasan. Ammo 
aytmasam, bo’lmaydi. Men bir umr yolg’on gapirdim. Hatto seni ham doim aldab keldim. Aslida 
sen mening o’g’lim emassan, qo’shni mamlakatni bosib olganda otang va onangni o’ldirib, seni 
asrab olganman. Hozir bu gapni aytishimning boisi esa, mening o’rnimga qolasan, agar 
mamlakatni yolg’on bilan boshqarmasang, xalqni aldamasang, podsholik qila olmaysan! O’g’li 
jahl otiga minib, ko’zlari qonga to’lib, qilichini qinidan chiqa
rgan ekan, yolg’onchi podsho׃ 
-Ishondingmi, nahotki men rost gapirsam, o’layotib ham seni aldab ketmoqchi edim, o’zimning 
belimdan bo’lgan o’g’limsan-ku, axir!,-debdi. 
O’g’li qilichini qaytarib qiniga solgan ekan, podsho׃ 
-Ko’rdingmi yolg’onning kuchini, kerak bo’lsa, qilichni ham sindiradi!-deya jon beribdi. 
Bu rivoyat. Balki rostdan ham Afg’onistonda shunday yolg’onchi shoh o’tgan bo’lishi mumkin. 
Chunki shohlar azaldan xalqni aldab kelganlar va bugun ham buning misolini ko’rib turibmiz. 
Uzoqda emas, o’zimizning O’zbekistonda. Mustaqillikdan keyin xalq tarixga, milliylikka o’ch edi. 
Tarixiy shaxslar nomini eshitganda, sovuqdan dildirab o’tirgan odam Quyosh chiqqanda 


80 
sevinganidek, shod bo’lardi. Karimov bu tuyg’uni qo’lga olish uchun har yilni tarixiy shaxslar 
nomi bilan atadi. 
Masalan, 1994 yil-Mirzo Ulug’bek yili, 1996 yil Amir Temur yili bo’lgani kabi. Endi muammolar 
ko’payib ketdi. Qolaversa, yillarni tarixiy shaxslar nomi bilan atashdan manfaat kelmayotganini 
ko’rib, boshqacha ish tutdi va yillarga o’ziga xos nom berish bilan odamlarni aldash boshlandi. 
1997 yil-Inson manfaatlari yili. O’sha yili o’zbek xalqi juda katta manfaatlaridan ayrildi. 
1998 yil-Oila yili. O’sha yili O’zbekiston buzilgan oilalar soni jihatidan MDHda birinchi o’ringa 
chiqdi. 
1999 yil-Ayollar yili. Ayollar qon qaqshatildi. 
2000 yil-Sog’lom avlod yili. Sog’lom avloddan nom-nishon qolmadi. 
2001 yil-Onalar va bolalar yili. Onalar va bolalar mardikorga aylandilar. 
2002 yil-Qariyalarni qadrlash yili. Qariyalar ham qatag’on qurboniga aylandilar. 
2003 yil-Obod mahalla yili. Obod mahalla qolmadi. Mahallalar hukumatning“ko’z” va 
“qulog’i”ga aylantirildi. 
2004 yil-Mehr-muruvvat yili. Mehr-muruvvat ko’rsatish afsona bo’ldi. 
2005 yil-Sihat-salomatlik yili. Tibbiyot dargohlari poraxo’rlik maktabiga aylandi, “Pul bo’lsa, 
sihat-salomatlik bo’ladi” degan boshqaruvga o’tildi. 
2006 yili-Homiylar va shifokorlaryili. Shohning oilasiga haq berish homiylikka aylandi. 
Yaqin kunlarda 2007 yilga ham nom beriladi. Esingizdami, yuqorida sanalgan nomlanishlar e’lon 
qilinganda qancha odamlar ishonishgandi. Balki siz ham ishongan bo’lishingiz mumkin. Bu safar 
ham ishonganlar bo’ladi. 
Mana shu haqda o’ylar ekanman, Karimov xalqni aldashda bu safar kallasiga kelganini emas, balki 
uzoq vaqt o’ylab yurganini amalga oshirib, o’ziga xos va o’ziga mos yo’l topgan, degan fikrda 
to’xtalaman. Agar sizda boshqa fikr bo’lsa, yillarning nomlanishiga qarab, shu yillarda shu 
sohalarda qilingan ishlarni bir sarhisob etib ko’ring-chi, yoqangizni ushlab qolmaysiz-mi! 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish