Jahongir mamatov karimovning kirdikorlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/44
Sana21.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#688546
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44
Bog'liq
1 5033119556814504073

29. TAQLID
O’zbekistonda demokratiyadan boshqa hamma narsada G’arbga taqlid qilinar ekan.(Sayyohning 
kundaligidan). 
Bir kuni Karimov kabinetiga kiradigan eshikning o’ng tomonidagi u yoq-bu yoqqa siljitiladigan 
shkafda turgan televizor va videomagnitofon yoniga keldi-
da׃ 
-Sizlar meni qandaydir shohga o’xshatibsizlar, latifa aytib yurgan ekansizlar,-dedi xafaqon 
qiyofada. 
Men avvaliga hayron bo’ldim. Keyin Erkin Vohidovga aytib berganim latifa yodimga tushdi׃ 
Bir kishi to’satdan shoh bo’lib qolibdi. Taxtga o’tirishi bilan hamma tiz cho’kib, uning amriga 
quloq tutibdi. 
-Bugundan boshlab barcha amaldorlar to’p o’yinini o’rgansin!-deb buyuribdi. 
Ertasiga ham shohdan amr kutganlar ayni farmonni eshitibdilar. Keyingi kun ham. Shu zayl oradan 
bir oy o’tibdi va bir kuni devonbegi: 
-Shohim bu qanaqa o’yin?-deb so’rashga jazm qilibdi. 
-Bu qanaqa o’yin?-deya shoh vaziri a’zamga yuzlanibdi. 
Vazir elkasini qisib qolibdi. 
-Ahmoq, bu savolni sen boshqaga yo’lla! U esa boshqaga! Boshqasi yana boshqaga! Ana shu-to’p 
o’yini bo’ladi!-debdi shoh. 
-
Vazir hayron bo’lib׃ 
-Shohim, to’p qani?,- 
degan ekan, shoh qilichini chiqarib, uning kallasini uzib׃ 
-Mana!-deb javob qilibdi… 
Karimovga biz deputatlar iqtisodiy islohotlar borasida bir qancha savollar yo’llagan va u savollarni 
Mirsaidovga, o’z navbatida Shukrullo Mirsaidov xatimizni Oliy kengash raisi Mirzaolim 
Ibrohimovga yuborgan. Mirzaolim aka esa, qo’mita raislarini bir-bir chaqirib, ulardan biz bilan 
gaplashib qo’yishni so’ragan. 
Qo’mitamiz raisi Erkin Vohidov savollarimiz haqida gap ochganda, men haliga latifani aytib, 
savollarni yana qaytadan Karimovga jo’natgan edim. 
Shundan keyin Karimov meni chaqirgan va o’zi juda ham band ekanligi, hatto sport bilan 
shug’ullanishga vaqt topolmayotganini aytib, shuning uchun boshqa mamlakat rahbarlari oldida 


77 
izza bo’lib qolayotgani, bunda bekordan-bekorga uning vaqtini o’g’irlayotgan bizning aybimiz 
kattaligini aytdi. Shundan keyin u videomagnitafon tugmasini bosdi. 
Rossiya prezidenti Boris Eltsin va Qozog’iston rahbari Nursulton Nazarboev tennis 
o’ynashmoqda. Atrofda esa, bir necha prezident tomosha qilib turishibdi. Shulardan biri Islom 
Karimov. 
-Ko’rdingizmi, qozoqlarning rahbari qanday o’ynayapti? Boris Nikolaevich hallixlab qolmoqda
shunday katta mamlakatning rahbarini charchatib qo’yish uchun katta trenirovka kerak. 
Trenirovka-vaqt! 
Biroz tortishdik. U baribir savollarimizga javob bermadi. Lekin… 
Samarqandda Siyob ko’chasida yashar edik. Dam olish kunlari Samarqandga borardim va har kuni 
ertalab viloyat hokimi Po’lat Abdurahmonov ko’chamizdan o’tganini ko’rardim. Bir kun u meni 
ko’rib, to’xtadi va ozgina narida tennis maydonchasi bor ekanligini aytdi. Har kuni u ertalab shu 
erga kelib, o’yin o’rganar ekan. Birdan u bu joyga qatnamaydigan bo’lib qoldi. Eshitsam, 
So’g’diyonaga qatnayottgan emish. 
So’g’diyona massivida san’atkor Nasiba Abdullaeva yashaydigan uyning qarshisida tennis 
maydonchasi bor edi. Har holda bu maydoncha qurilishi uy-joy massividan oldin boshlangan va 
keyin to’xtab qolgandi. Atrofi o’rab olingan bu joy yillar davomida o’t bosib yotdi. Demak, bu 
tennis korti ishga tushirilibdi. Ma’lum bo’lishicha, boshqa viloyat rahbarlari ham tenis o’ynashga 
boshlabdilar. 
Toshkentda Oloy bozoriga yaqin joyda yashar edik. Bir kun ertalab bozorning yonidan o’tib, qarshi 
tomonga borayotgandim, tennis maydonchasini ko’rib qoldim. Qarasam, atrofda hukumat 
mashinalari, bir qancha vazirlar shu erda… ular ham tennis o’rganayotgan ekanlar. 
Shu zayl Prezident kubogi, mamlakat chempionatlari, dunyoning tennischilarini chaqirib, 
mukofotlar berish boshlanib ketgandi. Karimovning o’zi tennis o’ynashni boshlagandan keyin 
qovun-qovundan rang oladi, deganlaridek boshqalar ham kirishib ketgan ekanlar. 
Mustaqillikdan keyin tennis o’zbeklarning “milliy” sportiga aylanib qolgani ana shunday o’ziga 
xos tarixga ega. 
Rossiyaning Eltsindan keyingi podshosi Putin tennisga emas, boshqa narsalarga qiziqar ekan. 
Masalan, Putin kurashga qiziqarkan. Putin davrida O’zbekistonda milliy kurashga e’tibor 
kuchayganiga hech diqqat qildingizmi? 
Amerikani so’kishadi-yu aslida hamma narsa Amerikaga taqlidan qilinadi. Klinton prezidentligi 
davrida u itini ham Oq uyga olib kelish bilan chegaralanmay, safarlarga ham olib chiqdi va hatto 
oliy darajali mehmonlarni qabul qilishda iti “ishtirok etdi”. Buni Putin ham ilib oldi. Yaqinda 
eshitsam, Toshkentdagi Oqsaroyda ham it paydo bo’libdi. 


78 
Bush prezident bo’lgandan keyin ko’p vaqtini Texasda o’tkaza boshladi. Oliy darajali mehmonlar 
ham uchrashuv uchun o’sha joyga borishdi. Qarabsizki, Putin muhim qabullarni Sankt-
Peterburgda, Karimov esa Samarqandda o’tkazishni odatga kiritdi. 
Mustaqillik bayrami oqshomi ko’kka mushaklar otilishi an’anasi ham ruslardan olindi, deb 
yurardim. Xato qilgan ekanman. Amerikaga kelganimdan keyin bildim. Bu yerda har yili 
AQShning Mustaqillik kuni-4 Iyul oqshomida Vashingtonda, barcha shtatlar markazlarida, turli 
shaharlarda ko’kka mushak otish odati bor ekan. 
Prezident saylanganidan keyingi qasamyod marosimi ham Amerikaga taqlid. Ayniqsa, 1990 yilda 
hali Kommunistik partiyaning lideri bo’lgan Islom Karimov parlamentda prezident etib 
saylangach, qo’lini Qur’onning ustiga qo’yib, qasam ichgandi. Bu ham taqlid. Faqat Bibliya 
o’rnida Qur’on. 
Oq uy- Oqsaroy.. 
Senat-Senat.. 
Disneyland-Toshkentland… 
Va hokazo va hokazo! 
Hamma narsaga taqlid qilingani holda demokratiyaga kelganda, “Sharqning o’z demokratiyasi 
bor” deyilishi tabiiyki, yangilik, o’ziga xos “kashfiyot”dir. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish