Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

yuridik zaminini 
o‘z o‘rnida 
umumiy va maxsusga bo‘lish mumkin. Umumiy zamini — prokuror 
vakolatini amalga oshiruvchi shaxslarni tayinlash to‘g‘risidagi huqu­
qiy normalarda ( 0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuraturasi to‘g‘ri- 
sida»gi Qonuni, «Kadrlami tanlash va tayinlash to‘g‘risida»gi Nizom, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining kadrlarni tanlash 
va tayinlash to ‘g‘risidagi buyrug‘i, «Sudlar to ‘g‘risida»gi Qonun, 
0 ‘zbekiston Respublikasining JPK) o‘z aksini topadi. Ushbu huqu­
qiy normalarga rioya qilish (Oliy yuridik m a’lumotning mavjudligi, 
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishligi, jismonan sog‘lom- 
ligi) haqiqatda prokurorlarni sudlarda jinoyat ishlarini ko‘rilishida 
davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etishiga imkoniyat yaratadi.
Maxsus zamini 
— m a’lum bir prokurorning aniq bir jinoyat 
ishi bo‘yicha davlat ayblovchisi sifatida ishtirok etishiga monelik
278


qiladigan holatlar — to ‘sqinlikni mavjud emasligida ifodalanadi. 
To‘sqinliklar (monelik qiladigan holatlar) turlicha bo‘lishi mumkin, 
masalan, bevosita yoki bilvosita ish natijasidan prokurorning shaxsiy 
manfaatdorligi ishni obyektiv ko‘rishga xalaqit beradi. Bu to‘sqin- 
liklarni bartaraf qilish uchun esa qonunchilikda rad etish (otvod 
berish) instituti amal qiladi. Rad etilgan prokurorning ishni ko‘rish- 
da ishtirok etishi 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 22-moddasi 
talablarini 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining «Sud 
hukmi to‘g‘risida»gi qarori hamda 0 ‘zbekiston Respublikasi JPKning 
sud hukmi oldiga qo‘ygan (JPKning 455-moddasi «hukm — 
qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishi shart») talablarni qo‘pol ravishda 
buzilishiga olib keladi. Bu esa, o‘z-o‘zidan jinoyat ishi bo'yicha 
chiqarilgan hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan bekor qilini- 
shiga asos hisoblanadi. Sudlarda jinoyat ishlari ko'rilishida prokuror 
ishtirokining samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish to ‘g‘risida 
2004-yil 11-maydagi 21-buyruqda qayd etilishicha, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Bosh prokuraturasining sudlarda jinoyat ishlari ko‘ri- 
lishida prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi, Qoraqalpo- 
g‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, 0 ‘zbekiston Res­
publikasi Transport, Harbiy, shahar, tuman prokurorlari va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlarning bu sohadagi asosiy vazifasi sudlarda 
jinoyat ishlari ko‘rilishida prokuror vakolatini malakali ta’minlash 
orqali fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlaming 
huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Shu maqsadda prokurorlar qonun hujjatlarida belgilangan vako- 
latlaridan to ‘la va samarali foydalanib, shaxsning sha’ni va qadr- 
qimmatini hurmat qilish, taraflarning tortishuvi, aybsizlik prezump- 
siyasi, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysu- 
nishi hamda jinoyat protsessining boshqa prinsiplariga qat’iy amal 
qilgan holda fuqarolarning 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
va qonunlarida mustahkamlangan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va 
ijtimoiy huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilinishini ta’minlaydilar.
0 ‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksida 
nazarda tutilgan quyidagi ishlar sudlarda ko‘rilishida prokuror 
ishtiroki majburiydir:
• tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash;
• yarashuv to ‘g‘risidagi ishlar;
• hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarning muhokamasida;
• sud prokurorning ishtirokini zarur deb topgan hollarda;
279


• apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ko‘rilayotgan 
ishlar.
Shuningdek:
• og‘ir va o‘ta og'ir turdagi jinoyatlar;
• voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar;
• amnistiya aktini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyat ishlari sudda 
ko‘rilishida prokuror ishtiroki qat’iy ta ’minlanishi shart;
• og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ishlar prokurorga ayblov 
xulosasi bilan kelgan vaqtdan boshlab, davlat ayblovchisini tayin­
lash choralari ko‘rilishi kerak;
• davlat ayblovchisi sifatida tajribali, jinoyat va jinoyat protsessual 
qonunchilik sohasida yetarli bilimga ega, notiqlik mahoratini egal- 
lagan xodimlar tayinlanadi.
0 ‘ta og‘ir turdagi jinoyat ishlarining sudda ko‘rilishida prokura­
tura ish o ‘rganuvchilarning davlat ayblovini quwatlashiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Sud muhokamasiga prokurorlar puxta tayyorgarlik ko‘rib, surish­
tiruv va dastlabki tergovning har tomonlama to ‘liq va xolisona olib 
borilganligini o'rganishlari lozim. Sud majlisi jarayonida alohida 
e’tibor sudlanuvchining himoya huquqi hamda qonunda belgilangan 
boshqa huquqlarining ta’minlanishiga qaratilib, sud muhokamasi 
qoidalari va munozara madaniyatiga amal qilib, dalil-isbotlarni 
tekshirish va ularga baho berishda faol qatnashgan holda ish bo‘yicha 
qonun va ish hujjatlariga asoslangan fikr berib, qonuniy va adolatli 
qaror qabul qilinishi ta’minlanishi shart.
Yarashuv to ‘g‘risidagi ishlaming ko'rilishida prokuror yarashuv- 
ning ixtiyoriyligi va uning sabablari, jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq 
o‘tkazilmaganligi va boshqa masalalami sinchkovlik bilan tekshirilishi 
orqali qonuniy ajrim chiqarilishiga ko‘maklashildi.
Prokurorning muzokarasida sudlanuvchining aybliligi, uning 
jinoiy harakatlarini tavsiflash, jazo turini va me’yorini tayinlash bilan 
birgalikda, jinoyat natijasida yetkazilgan zararning o ‘rnini qoplash, 
qo‘shimcha jazo tayinlash, shuningdek, jinoyatning sabablari va 
uning sodir etilishga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish 
maqsadida xususiy ajrim chiqarish to‘g‘risida fikrlar berishlari kerak.
Sud muhokamasiga, ayniqsa, mansabdor shaxslar tomonidan 
sodir etilgan qonun buzilishlar yuzasidan xususiy ajrimlar chiqa­
rish hamda ularni muayyan huquqdan mahrum qilish masalasi qo‘yi- 
lishi talab etilishi lozim.
280


Davlat ayblovini quwatlayotgan prokurorlar tergov va suddagi 
ma’lumotlar sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi, degan 
ishonchga kelsalar, ayblovdan voz kechish to ‘g‘risidagi qonun 
talablariga so‘zsiz amal qilishlari darkor. Davlat ayblovchisining 
fikri sudga yozma taqdim etilishi majburiyligi haqidagi qonun 
talablari og‘ishmay bajarilishi ta’minlanishi kerak (JPKning 450— 
457-moddalari talablari asosida).
Noqonuniy, asossiz va adolatsiz hukm hamda ajrimlarga proku­
rorlar tomonidan apellatsiya, kassatsiya, xususiy protest keltirish 
choralari ko‘rilishi shart. Prokuror protestlari ishdagi mavjud hujjat­
lar, dalillar, qonun normalari bilan asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
Prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ishlar bo'yicha sud qarorlarining 
qonuniyligi apellatsiya muddatida o‘rganib borilishi, protest kelti- 
rishga asos bo‘lmagan taqdirda, xulosa tuzilib, prokuror tomonidan 
tasdiqlanishi lozim. Apellatsiya protesti keltirilmagan noqonuniy 
sud qarorlariga qonunda belgilangan tartibda viloyat prokurorlari va 
ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan kassatsiya protestlari 
keltirilishi kerak.
Apellatsiya, kassatsiya instansiyalarining noqonuniy ajrimlariga 
nazorat tartibida protest keltirilishi, bunday protest keltirish prokuror­
ning vakolatiga kirmaydigan hollarda esa yuqori turuvchi prokurorga 
asoslantirilgan taqdimnoma kiritilishi ta’minlanishi zarur. Sudlaming 
nazorat bosqichlarida ishlar ko'rilishida viloyat prokurorlari va ularga 
tenglashtirilgan prokurorlar shaxsan ishtirok etishi talab qilinadi.
Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyalarida qatnasha- 
digan prokuror ishlarni to ‘liq o‘rganib, protest va shikoyat vajlari- 
ning asosliligi, sud qarorlarining qonuniyligi va adolatliligi yuzasi­
dan asoslantirilgan flkr berishi lozim. Sud qarorlari yuzasidan fuqaro- 
lardan kelib tushgan ariza va shikoyatlarning qonunda belgilangan 
muddatda, ishlar to‘liq o‘rganilgan holda qonuniy hal qilinishi ta’min­
lanishi kerak. Jinoyat ishlarini o‘rganish natijasiga ko‘ra, sud qarori 
asosli deb topilgan taqdirda, xulosa tuzilib, protest keltirish vakola­
tiga ega bo‘lgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan 
tasdiqlanishi, ariza muallifiga esa asoslantirilgan javob berilishi lozim.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish