Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


II. Bo‘Iimning asosiy vazifasi va faoliyat



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

II. Bo‘Iimning asosiy vazifasi va faoliyat
yo‘nalishlari
2.1. Bo‘lim prokuratura organlarida fuqarolarning ariza va 
shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda 
belgilangan tartibda qabul qilinishini va ko‘rib chiqilishini ta’minlash 
choralarini ko‘radi.
2.2. Bosh prokuraturada boshqarma va bo‘limlar xodimlari 
tomonidan fuqarolarning kundalik qabullarmi tashkillashtiradi va 
bevosita bo‘limda fuqarolar qabul qilinadi.
2.3. Bosh prokuraturaga fuqarolar, davlat idoralari, muassasalar, 
jamoat birlashmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organ­
lari, nodavlat taShkilotlari hamda mansabdor shaxslardan kelgan 
xat, ariza va shikoyatlar, murojaatlar, shoshilinchnoma, maxsus 
xabarlar, shuningdek, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik 
ishlari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilib, 
ro‘yxatdan o‘tkazadi, hal qilish uchun tegishliligi bo'yicha tarkibiy 
tarmoqlarga tarqatilishini va hisobi yuritilishini tashkillashtiradi.
2.4. Bo'lim prokuratura organlarida ish yuritish, arizalami qabul 
qilish, maxsus va alohida nazoratda bo‘lgan arizalarni ko‘rib 
chiqilishini tashkillashtiradi.
2.5. Prokuratura organlarida ish yuritishni tashkil qilish, hujjatlar 
bilan ishlashning tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirishga 
qaratilgan choralarni ko‘radi.
271


2.6. Bosh prokuratura arxiviga topshirilgan prokuratura organlari 
faoliyati bilan bog‘liq hujjatlaming saqlanishi, muhimlik daraja- 
sining ekspertiza qilinishi, muhr va shtamplardan foydalanilishi, 
ularning saqlanishi va hisobi yuritilishini ta ’minlaydi.
2.7. Qonuniylik ahvoli to ‘g‘risidagi m a’lumotlarni, hisobot 
ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi, sohadagi faoliyat samaradorligini 
oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
2.8. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxs­
larning murojaatlarini ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilgan 
ishlar va bu boradagi prokurorlik faoliyatini muntazam ravishda 
umumlashtirib, yo‘l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf 
etish hamda mavjud muammolarni hal qilish haqida Bosh proku­
raturaning hay’at va tezkor majlislariga takliflar tayyorlaydi.
2.9. Mazmun va mohiyatiga ko‘ra, alohida ahamiyatga ega xat, 
taklif, ariza, boshqa yozma yoki og‘zaki xabarlar haqida Bosh 
prokuratura rahbariyatini xabardor qiladi, nazoratga olib borilgan 
bu toifadagi xat, ariza va shikoyatlarni rahbariyatga ko‘rib chiqish 
uchun belgilangan muddatda taqdim etilishini ta ’minlaydi.
2.10. Bosh prokuraturaga birinchi marta kelib tushgan ariza va 
shikoyatlarni quyi prokuratura organlarida ko‘rib chiqilganligi 
to ‘g‘risida m a’lumotlar bo‘lmagan taqdirda, ularni quyi prokura- 
turalarga yoki taalluqliligi bo‘yicha tegishli idoralarga yuboradi.
N oqonuniy xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat 
qilinayotgan mansabdor shaxslar yoki idoralarga nisbatan yozilgan 
ariza va shikoyatlarni mazkur idoralar yoki mansabdor shaxslarning 
o ‘zlariga yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko'radi.
2.11. Bosh prokuraturaning boshqarma va bo‘limlarida, quyi 
prokuraturalarda qayd etilgan Yo'riqnoma talablarini bajarilishini, 
shuningdek, xatlar, arizalar va shikoyatlarning belgilangan 
muddatda ко‘rib chiqilishining hisobini yuritadi va ularning bu 
boradagi faoliyatini muntazam o'rganib boradi.
2.12. Quyi prokuraturalarda soha bo'yicha ishlarni tegishli 
viloyatlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar bilan 
birgalikda tashkil etadi, Bosh prokurorning sohaga oid buyruq va ko‘r- 
satmalari, hay’at qarorlari ijrosini tekshiradi, aniqlangan kam- 
chiliklami bartaraf qilish borasida qo'yilgan talablarining bajari­
lishini nazorat qiladi.
272


2.13. Bosh prokurorning sohaga oid buyruq va ko‘rsatmalari 
hamda hay’at qarorlarining bajarilishini tashkil qiladi, bo‘lim 
faoUyatiga taalluqli bo‘lgan buyruq, ko‘rsatmalari va boshqa hujjatlar 
loyihalarini tayyorlaydi.
2.14. Kadrlar boshqarmasi bilan birgalikda vakolatlari doirasida 
kadrlarning kasb-mahoratini oshirishga qaratilgan tadbirlarni 
o ‘tkazadi, ijobiy ish tajribalarini o‘rganib, ommalashtiradi.
2.15. Rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra, ayrim ariza va shikoyatlar 
bo‘yicha joylarda tekshirishlar o‘tkazadi, quyi prokuraturalarga 
tekshirish o‘tkazish haqida topshiriq beradi va xulosalar talab qilib 
oladi.
2.16. Qonunlami targ‘ib qilish va jamiyatda huquqiy madaniyatni 
oshirish ishlarida ishtirok etadi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish