Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati


ishi bilan shug‘u 1-  lanuvchi komissiyada ko‘rishga topshirishda tergovchi, prokuror  qaror, sud esa ajrim chiqaradi. 238



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

ishi
bilan shug‘u 1- 
lanuvchi komissiyada ko‘rishga topshirishda tergovchi, prokuror 
qaror, sud esa ajrim chiqaradi.
238


Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ishni ko‘rishda Jinoyat kodek­
sining 87-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan 
hollarda sud voyaga yetmagan shaxsni jazodan ozod qilish va unga 
nisbatan majburlov chorasini qo‘llanish to ‘g‘risidagi masalani 
muhokama etishi shart. Sud majburlov chorasini qo‘llanish yoki 
qo‘llanmaslik to‘g‘risida asoslantirilgan ajrim chiqaradi. Majburlov 
chorasini qo‘llanish yoki qo‘llanmaslik to‘g‘risidagi ajrim ustidan 
umumiy tartibda shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi JKning 81-moddasiga binoan, jinoyat 
sodir etgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, ya’ni o‘n sakkiz yoshga 
to ‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga quyidagi asosiy jazolar 
qo‘llanishi mumkin:
a) jarima;
b) axloq tuzatish ishlari;
d) qamoq;
e) ozodlikdan mahrum qilish.
0 ‘n sakkiz yoshga to ‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga 
nisbatan qo‘shimcha jazolar tayinlanishi mumkin emas.
Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jazo tayinlashning 
umumiy asoslariga amal qiladi, voyaga yetmaganning rivojlanganlik 
darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini, sog‘lig‘ini, sodir etgan 
jinoyatining sabablarini, katta yoshdagilar va boshqa holatlar uning 
shaxsiga ta’sirini hisobga oladi.
Prokuror yuqorida qayd etilgan qonun talablarini sud tomo­
nidan, albatta, bajarilishini kuzatib boradi. Sud muhokamasining 
biron-bir ishtirokchisi tomonidan qonunga xilof ravishda xatti- 
harakat sodir qilinganida, ushbu holatga nisbatan sudning e’tiborini 
qaratadi va o‘z faoliyati bilan odil sudlovni amalga oshirishga 
ko‘maklashadi.
Prokuror voyaga yetmaganlarga tegishli jinoyat ishlarini sudda 
ko‘rilishida yana shunga e’tibomi berishi kerakki, o‘n uch yoshdan 
o‘n olti yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir etgan shaxslarga 
nisbatan jinoyatlar majmuasi tariqasida jazo tayinlanganda 
ozodlikdan mahrum qilishning eng ko‘p muddati o‘n yilgacha, agar 
sodir etgan jinoyatlarining bittasi o ‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o ‘n 
ikki yilgacha tayinlanadi.
0 ‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat 
sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyatlar majmuasi tariqasida ozod-
239


iikdan mahrum qilish jazosi — o‘n ikki yilgacha muddatga, agar so­
dir etgan jinoyatlarining bittasi o ‘ta og‘ir jinoyat bo‘lsa, o‘n besh 
yilgacha muddatga tayinlanishi mumkin.
Jinoyat sodir etish paytida o ‘n uch yoshdan o‘n sakkiz yosh­
gacha bo‘lgan shaxslarga nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayin- 
lanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosining muddati o‘n besh 
yildan oshmasligi kerak.
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish 
yoki axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganda sud 0 ‘zbekiston 
Respublikasi JPKning 72-moddasida nazarda tutilgan asos va shartlar 
mavjud bo‘lsa, shartli jazo belgilashi mumkin.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996-yil 
19-iyuldagi «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida»gi 
16-qarori 1.2-bandi talabiga ko‘ra, sudlar uncha og‘ir bo‘lmagan 
va jiddiy zararli oqibatlarni yuzaga keltirmagan jinoyatlarni sodir 
etishda aybdor bo‘lgan hamda jamiyatdan ajratmagan holda qayta 
tarbiyalash mumkin bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan ozod­
likdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo'lmagan jazolarni tayinlash 
uchun qonunda belgilangan barcha imkoniyatlardan foydalanmoq- 
liklari lozim.
Shu qarorning 4.1-bandi talabiga ko‘ra, axloq tuzatish ishlari 
16 yoshga to ‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi. 4.3-bandida 
esa, voyaga yetmagan shaxs tayinlangan axloq tuzatish ishlarining 
o‘ndan bir qismidan ko‘prog‘ini o'tashdan bo‘yin tovlasagina, 
sud bu jazoning o‘talmagan qismini axloq tuzatish ishlarining 
har uch kunini qamoqning bir kuniga tenglashtirilgan holda 
hisoblab, qamoq jazosi bilan almashtirishi, ammo bu muddat uch 
oydan oshmasligi kerakligi qayd etilgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorlarida, nafa- 
qat, voyaga yetmagan jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqlari, 
balki, voyaga yetgan jinoyat sodir etgan shaxslarning voyaga 
yetmagan farzandlarining huquq va manfaatlari himoyasi ham 
nazarda tutilgan. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
plenumining 1997-yil 2-maydagi «Sud hukmi to‘g‘risida»gi 2-qarori 
16-bandida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumning 
voyaga yetmagan bolalari bo‘lib, ular qarovsiz qolayotgan bo‘lsa, 
hukmning qaror qismida ularning qarindoshlari yoki boshqa 
shaxslarning va muassasalaming vasiyligiga topshirish to‘g‘risida ham 
ko‘rsatilmog‘i lozimligi qayd etilgan.
240


Sudda ishtirok etayotgan prokuror ushbu talablaming baja- 
rilishini ta’minlash yuzasidan o‘ziga berilgan qonuniy vakolatlardan 
foydalanishi lozim.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish