A. Voyaga yetmaganlaming qarovsizligiga qarshi kurash
bo ‘yicha qonunlar ijrosi ustidan prokuror
nazoratini amalga oshirish
Voyaga yetmaganlaming nazoratsiz, qarovsiz qolishi va ular tomo
nidan huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishda hokimliklar
tarkibidagi voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug'ullanuvchi komis-
siyalar muhim rol o‘ynaydi. Bu komissiya ota-onasiz qolgan yoki
ota-onalik majburiyati hamda burchlarini bajarmayotgan, ularni
tarbiyasiga befarq bo‘lgan holdagi bolalami, voyaga yetmaganlarni,
shuningdek, ishga joylashishga, o'qishga muhtoj va imkoniyati yo‘q
voyaga yetmaganlarni, shuningdek, ijtimoiy yordamning boshqacha
ko‘rinishlariga muhtoj voyaga yetmaganlarni qidirib topadi va ularni
ro‘yxatga oladi.
Ro‘yxatga olingan voyaga yetmaganlarni tegishlicha ishga joy-
lashtirish, ularni davolash, tarbiya, o ‘quv muassasalariga joy-
231
lashtirish hamda ularni o£zlari uchun munosib shart-sharoitlarni
yaratib berish uchun mazkur komissiya mas’uldir. Komissiya, shu
ningdek, tarbiyaviy va m a’muriy chora qo‘llanilgan yoki ozodlikdan
mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoiy javobgarlikka tortilgan
shaxslar, voyaga yetmaganlar ustidan nazorat olib boradi.
H okim liklar huzuridagi voyaga yetm aganlar ishlari bilan
shug'ullanuvchi komissiyaning qarorlarini qonuniyligi prokuratura
organlari tomonidan nazorat qilinadi. Prokuror o‘z vakolatlari doira
sida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan yoki uning ota-onasiga nis
batan chiqarilgan m a’muriy yoki boshqa choralarni qo‘llash haqi
dagi qarorning qonuniyligini tekshiradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2004-yil
23-aprelda «Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan
nazorat bo'limi to ‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqida 11-buy-
rug‘i qabul qilingan. Ushbu buyruqda hokimliklar tarkibidagi voyaga
yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar va ichki ishlar
bo‘limlari nozirliklari faoliyatida qonunchiftkka rioya etilishi ustidan
doimiy nazorat ta’minlansin, bolalar va o'smirlarga nisbatan m a’mu
riy va boshqa ta’sir choralari ko‘rish hamda profilaktika ro‘yxatga
olish to £g‘risidagi qarorlarning asosliligi, voyaga yetmaganlami
ichki ishlar idoralariga olib kelish va hisobga olinishining qonuniyligi
har chorakda bir marta tekshirilishi talab etilishi ta ’kidlab o£tilgan.
Prokuror nazoratni amalga oshirish chog£ida voyaga yetmagan
shaxsga yoki uning ota-onasiga solingan jarimaning qonuniyligini
tekshiradi. Bunda u har qanday g‘ayriqonuniy qabul qilingan jarima
solish to £g£risidagi qarorni ustidan protest keltiradi.
Prokuror mazkur yo‘nalishda nazoratni amalga oshira borib
«Prokuratura to £g‘risida»gi Qonunning 22-moddasida nazarda tu
tilgan vakolatlardan foydalanishi, voyaga yetmagan shaxslar tom o
nidan sodir etilgan jinoyatlaming oldini olish maqsadida ularni
keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishni
ko£rsatib tegishli organ, mansabdor shaxsga taqdimnoma kiritishi yoki
boshqa prokuror ta ’sir hujjatlarini qo£llashi lozim. Voyaga yetma
ganlar to £g£risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratining
muhim sohasi bu ichki ishlar organlaridagi voyaga yetmaganlar
ishlari bilan shug'ullanuvchi inspeksiya faoliyatidir.
Xalq ta ’limi, o£smirlaming mehnati to £g£risidagi qonunlarning
ijrosi, ularni o£qish, ish va yashash joylarida tarbiyaviy ishlarning
ahvoli muntazam ravishda tekshiriladi. O'qishdan va foydali meh-
natdan bosh tortgan bolalarni aniqlash hamda ularning ijtimoiy-
232
foydali mashg‘ulotlar bilan bandligi masalalarida shug‘ullanadigan
idoralar faoliyati ustidan nazoratni olib borishga alohida e’tibor
qaratiladi. Voyaga yetmaganlarni o‘qishdan asossiz chetlatish hollari
bartaraf etilishi kerak.
Bolalar uylari va maktab-internatlari qaramog‘ida bo‘lgan, ota-
onasiz qolgan voyaga yetmaganlarni o'qitish, tarbiyalash va yashash
sharoitlari bilan bog‘Iiq qonunlarning ijrosi ustidan o‘rnatilgan
nazoratning samaradorligi oshirilishi kerak. Ijtimoiy yordamga muh
toj va yetim bolalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning huquq
larini muhofaza etish, nazoratsiz qolishlarining oldini olishga qara
tilgan amaliy choralar ko‘rilsin. Ushbu ishlar bolalar va mahalla
jamg‘armalari, davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda
olib borilishiga e’tibor berilishi kerak.
0 ‘smirlami harbiy xizmatga chaqirishga qadar tayyorlash ishlariga
oid umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonun
talablarini bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘matilishi ta’minlanishi
lozim. Voyaga yetmaganlaming sog‘lig‘i va mehnat huquqlarini
muhofaza qilish haqidagi qonunlarning ijrosi ustidan prokurorlik
nazorati kuchaytirilishi, bunda koncona, tashkilot va muassasalarda
mehnat shartnomasiga amal qilinishiga, tabiiy ko‘rik hamda texnika
xavfsizligi qoidalariga rioya etilishiga alohida e’tibor berilishi kerak.
Voyaga yetmaganlar to ‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazo
rat qilish jarayonida prokuror o‘z ta’sir hujjatlari va boshqa huquqiy
vositalar yordamida voyaga yetmagan shaxslarning qonuniy huquq
va manfaatlarini himoya qilishi, ular buzilgan taqdirda, tegishli
chora-tadbirlarni ko'rishi lozim.
Prokuror tomonidan voyaga yetmaganlaming huquq va manfaat
larini himoya qilinishi, eng awalo, prokuror tomonidan umumiy
nazorat tartibida tekshirishlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Prokuror umumiy nazorat o‘tkazish chog‘ida vazirlik, davlat qo‘mita-
lari, idoralar, korxona, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, hokimlar va mansabdor shaxslar
tomonidan voyaga yetmaganlar to ‘g‘risidagi ta’minlanayotganini
tekshiradi. Umumiy nazorat vositasida voyaga yetmaganlaming
huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda,
prokuror bu qonun buzilishlarining oldini olish, ular oqibatini
bartaraf etish choralarini ko‘rishi va tegishli mansabdor shaxslar
ning javobgarligi masalasini hal etishi zarur.
Voyaga yetmaganlar huquq va erkinliklarini muhofaza qilishda
umumiy nazoratning ahamiyati juda katta bo‘ladi. Prokuror umumiy
233
nazorat olib borish jarayonida voyaga yetmaganlaming ta’lim-tarbiya
olishi, ijtimoiy muhofaza qilinishi uchun mas’ul shaxslar, idoralar
tomonidan bu majburiyatlarning bajarilishi va voyaga yetmaganlar
huquqlarining ta’minlanishini tekshiradi. Voyaga yetmagan shaxs
ning ota-onasi o ‘z burchlarini munosib bajarmaganligi, o ‘z ota-
onalik huquqlarini suiiste’mol qilgan taqdirda, shuningdek, voyaga
yetmagan shaxsning tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan
hollarda prokuror sudga bu shaxslarni ota-onalik huquqidan mah
rum qilishni so‘rab da’vo qo‘zg‘atishi mumkin. Bunda prokuror
sudda shaxsan o‘zi ishtirok etib, voyaga yetmagan shaxsning huquq
va manfaatlarini himoya qiladi.
Prokuror voyaga yetmaganlaming huquqlarini va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishda voyaga yetmaganlarga turli imtiyozlar
bemvchi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan nazorat olib borishi
lozim. Qonunlardagi imtiyozlar mehnatga oid qonunchilikka ko‘ra,
voyaga yetmaganlaming mehnatidan og‘ir, sog‘liq uchun zararli
ishlarda foydalanish mumkin emasligi, dam olish kunlarida ishga
qo‘yish mumkin emasligi, ularga nisbatan qisqartirilgan ish haftasi
tatbiq etilishi kabilar bo‘lishi mumkin.
Jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat oigan-
larida va ular tomonidan jinoyat ishlari yuritilishi jarayonida voyaga
yetmaganlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat
voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi qonunlaiga rioya etilishi ustidan pro
kuror nazoratining muhim sohasidir. Chunki voyaga yetmaganlar
tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashni to ‘g‘ri
tashkil etish, voyaga yetmaganlami jinoyat ishlarini yuritilishidagi
huquq va majburiyatlariga rioya etilishi ko‘p jihatdan voyaga
yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olinishiga sabab bo‘ladi.
Jinoyat ishlarini yuritishda voyaga yetmaganlaming alohida
huquqiy maqomiga e’tibor berilishi lozim. Chunki 0 ‘zbekiston Res
publikasi JKning XV va XVI boblari hamda 0 ‘zbekiston Respub
likasi JPKning 60-bobida voyaga yetmaganlarga nisbatan alohida
qoidalar belgilangan. Ularga nisbatan ushbu qonunlarning umumiy
qoidalari bilan birga yuqoridagi boblarda ko‘rsatilgan alohida
qoidalar ham qo‘llaniladi. Bunday alohida qoidalarga o‘n sakkiz
yoshga to ‘lmaganlarga nisbatan faqat jarima, axloq tuzatish ishlari,
qamoq va ozodlikdan mahrum qilish jazolarigina qo‘llanilishi, ularga
nisbatan qo‘shimcha jazo qo‘llanilmasligi, jinoyat protsessida ularga
advokat ta ’minlanishi shartligi, shuningdek, qonundagi boshqa
holatlar kiradi.
234
Prokuror voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi qonunlarga rioya
etilishi ustidan nazoratni olib borishi jinoyat ishlarini yurituvchi,
jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar faoliyati
muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |