212
5.9. Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan
shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy
nazorati bo‘yicha prokurorlik nazorati
Oczbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi «Jazoni
ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar
idoralarining m a’muriy nazorati to ‘g‘risida»gi Qonuni mavjud
bo‘lib, unga 0 ‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi
Qonuni bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Prokurorlar ushbu Qonun
talablariga rioya qilish ustidan nazoratni tashkillashtirishlari lozim.
Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslar ustidan
ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati tarbiyaviy oldini olish
ta ’sir choralarining majmuasini ifodalab, nazorat ostidagilarga nis
batan ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan cheklashlami qo'llashdan
iborat bo‘ladi.
M a’muriy nazoratning asosiy maqsadi
— ilgari sudlanganlar
tomonidan takror jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularda
ijobiy ijtimoiy yo‘lga kirib olishini shakllantirishdan iboratdir.
M a’muriy nazorat o'rnatilishi va amalga oshirilishi nazorat osti-
dagi kishining boshqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkaz-
masligi, uning insoniy qadr-qimmatini kamsitmasligi, ish, o‘qish
va istiqomat joyida obro'sini to'kmasligi lozim.
M a’muriy nazorat voyaga yetgan quyidagi shaxslarga nisbatan
o ‘rnatiladi:
a) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm
etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki
yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar
ularning jazoni o‘tash davridagi xulq-atvori tuzalish va halol mehnat
qilib kun kechirish yo‘liga o ‘tishni aslo istamaganliklaridan dalolat
bersa;
b) og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm
etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki
undan ortiq marta hukm etilgan shaxslarga nisbatan, agar ular jazo
muddatini o‘tab bo‘lganlaridan so‘ng ichki ishlar idoralarining
jamiyat uchun zararli kun kechirishni to ‘xtatish to ‘g‘risidagi ogoh-
lantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va
fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan bo‘lsalar;
d)
o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga
hukm etilgan shaxslarga nisbatan.
M a’muriy nazorat ostiga olingan shaxslarga nisbatan quyidagi
cheklashlar qo'llanilishi mumkin:
213
a) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qo‘ygan vaqtida uy
(kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash;
b) tuman (shahar)ning muayyan joylarida bo‘lishini taqiqlash;
d) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tuman (sha-
har)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash;
e) ro‘yxatdan o ‘tish uchun har oyda bir martadan to ‘rt marta-
gacha militsiyaga kelib uchrashish.
Yuqorida ko‘rsatilgan cheklashlar nazorat ostida bo‘lgan shaxs
ning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, awalgi sudlanganligiga va
uning shaxsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab to‘la hajmda yoki
ayrim-ayrim yo'sinda qo'llaniladi. Cheklashlar ro‘yxati uzil-kesil
hisoblanadi, unga qo‘shimchalar qilish yoki kengaytirib sharhlash
mumkin emas.
Ma’muriy nazoratni amalga oshirish nazorat ostidagi kishining
istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari (militsiya)ga yuklatiladi.
Sudyaning qarori m a’muriy nazoratni o‘rnatish uchun asos hisob
lanadi.
*
M a’muriy nazorat o‘matish zarurligi to Vrisidagi asosli taqdim
noma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi:
a) og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm etilgan yoki har
qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki va undan ko‘proq
marta hukm etilgan, jazoni ijro etish muassasalarida turgan shaxs
larga nisbatan, jazoni ijro etish muassasasi boshlig‘i tomonidan,
mahkumning tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yo‘liga
o ‘tishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar bo‘lgan
taqdirda, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
b) o ‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoni ijro etish
muassasalaridagi shaxslarga nisbatan, jazoni ijro etish muassasasi
boshlig‘i tomonidan, ozod etishdan kamida bir oy oldin;
d)
jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan shaxslarga
nisbatan, ichki ishlar idorasi boshlig‘i tomonidan, shaxs jazoni ijro
etish muassasasidan bo‘shatilganidan keyin jamiyat uchun zararli
tarzda kun kechirayotganligidan dalolat beruvchi m ateriallar
asosida.
M a’muriy nazoratni o ‘rnatish to ‘g‘risidagi masala sudya tom o
nidan taqdimnoma olingan paytdan boshlab, 10 kundan kechikmay
hal qilinadi. M a’muriy nazorat o‘rnatish to ‘g‘risidagi qarorda nazo
rat belgilashga nimalar sabab bo‘lganligi, nazorat muddati, nazorat
ostidagi shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan cheklashlar, agar m a’
muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatishda
214
belgilangan bo‘Isa, uning tanlangan yashash joyiga yetib kelish
muddati ko‘rsatiladi.
M a’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga belgilangan.
Nazoratni amalga oshirish muddati, ma’muriy nazorat
0
‘rnatish
haqidagi yuqorida nomi zikr etilgan Qonunning 4-moddasi «а» va
«d» bandlarida ko£rsatilgan shaxslar yashash joyiga yetib kelgan
paytdan boshlab, 4-moddaning «Ь» bandida ko‘rsatilgan shaxslarga
nisbatan esa, sudya ma’muriy nazorat о‘mat ish to £g‘risida qaror
chiqargan paytdan boshlab hisoblanadi.
M a’muriy nazorat muddati ichki ishlar idoralarining taqdimno-
masiga binoan, har safar yana olti oyga uzaytiriiishi mumkin, lekin
uzaytirilgan nazorat muddati mazkur jinoyat uchun belgilangan
sudlanganlik muhlatining tugashi yoki sudlanganlikning olib tash-
lanishi uchun qonunda nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi
lozim. Nazorat ostidagi shaxs o‘ziga belgilangan vaqt ichida tuzalish
yo'liga o'tmagan, jamoat tartibini buzayotgan, fuqarolarning qonu
niy manfaatlariga putur yetkazayotgan yoki o‘ziga nisbatan qo‘lla-
nilayotgan cheklashlarga rioya etmayotgan taqdirda m a’muriy
nazorat muddatini uzaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
Cheklashlar ro£yxati nazorat ostidagi kishining shaxsi, uning
turm ush tarzi va xulq-atvoriga qarab, lekin ushbu Qonunning
5-moddasida nazarda tutilgan cheklashlar doirasida qisqartirilishi
yoki to £ldirilishi mumkin.
Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati jazoni o‘tash davrida
m a’muriy nazorat ostiga olinishi belgilangan shaxsni jazoni ijro
etish muassasalaridan bo'shatish oldidan u tanlagan istiqomat
joyidagi ichki ishlar idoralariga bo‘shatilayotgan kishining yetib
borish vaqtini xabar qilgan holda sudyaning ma’muriy nazorat
belgilash to ‘g‘risidagi qarorini yuboradi.
Sudyaning ma’muriy nazorat belgilash yoxud nazorat mudda
tini uzaytirish va nazoratni amalga oshirish vaqtida qo'llaniladigan
cheklashlarni o ‘zgartirish to‘g£risidagi qarori nazorat ostida bo£lgan
shaxsga ichki ishlar idorasi boshlig£i tomonidan, jazoni ijro etish
muassasalarida bo£lgan shaxsga esa jazoni ijro etish muassasasi bosh-
lig£i tomonidan tilxat orqali bildiriladi.
Bunda nazorat ostidagi shaxsga uning burchlari, m a’muriy nazo
rat qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi, nazorat
jazoni ijro etish muassasalaridan bo£shatilish oldidan belgilangan
215
shaxsga esa tanlangan istiqomat joyiga belgilangan muddatda yetib
bormaganlik uchun javobgarlik tushuntirilishi lozim. Nazorat osti
dagi shaxsga, shuningdek, u m a’muriy nazoratdan bo‘yin tovlab
istiqomat joyidan o'zboshimchalik bilan ketib qolganlik uchun
javobgarlik tushuntirib berilishi kerak.
Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaxslarning fotosurati olinadi
va ichki ishlar idoralarida hisobga olib qo‘yiladilar. Zarur hollarda
nazorat ostida bo‘lgan shaxslarning barmoqlari izlari bostirib olinishi
shart. M a’muriy nazorat ostida bo‘lgan har bir shaxs to ‘g‘risida
nazorat daftari yurgizilishi kerak.
Ichki ishlar idoralari (militsiya) xodimlari ma’muriy nazoratni
amalga oshirishda:
a) nazorat ostiga olinganlarning xulq-atvorini ular yashayotgan
va ishlayotgan joyda muntazam nazorat qilib borishlari;
b) nazorat ostiga olinganlarni tanlangan istiqomat joyida propiska
qilish va ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish yuzasidan zarur
choralar ko‘rishlari;
x
d) ular tomonidan jam oat tartibi buzilishi, boshqa fuqarolar
ning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishining
oldini olishlari hamda yo‘l qo'ymasliklari;
e) ularga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilganligi to ‘g‘risida
qonunda belgilangan tartibida bayonnomalar yozishlari shart.
Militsiya xodimlari m a’muriy nazoratini amalga oshirishda:
a) nazorat ostiga olingan shaxsning xulq-atvori to ‘g‘risida ish
beruvchidan, mazkur shaxs o ‘qiyotgan joyning ma’muriyatidan,
u yashayotgan joydagi jam oat birlashmasi va fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organidan, shuningdek, fuqarolardan m a’lumotlar
talab qilib olish;
b) nazorat ostida bo‘lgan shaxsni ishga joylashtirish va unga
turmush sharoiti yaratib berish to ‘g‘risida tegishli davlat, jamoat
va xo‘jalik tashkilotlari oldiga masala qo‘yish;
d) nazorat ostiga olingan shaxsni suhbat uchun militsiyaga
chaqirish, zarurat bo‘lganda bunday suhbatlarni ish beruvchining,
jamoat birlashmasi va fuqarolar o ‘zini o ‘zi boshqarish organining
vakillari, nazorat ostiga olingan shaxsning qarindoshlari, shu
ningdek, suhbat mavzusiga aloqador shaxslar ishtirokida o'tkazish;
e) nazorat ostida bo‘lgan shaxsdan m a’muriy nazorat qoida-
larini ijro etish bilan bog'liq masalalar bo‘yicha og‘zaki va yozma
tushuntirishlar taiab qilish;
216
f)
nazorat ostida bo'lgan shaxsning turar joyini soat 6 dan 22 ga
qadar borib ko£rish huquqiga egadirlar.
M a’muriy nazoratni amalga oshirish yuzasidan ayrim tadbirlami
o‘tkazishda ichki ishlar idoralariga yordam berish uchun ichki ishlar
idoralarming shtatsiz xodimlari va jamoatchilikning boshqa vakillari
jalb qilinishi mumkin.
M a’muriy nazoratdan bosh tortayotgan shaxslarni qidirish sudya
qaroriga binoan, militsiya tomonidan amalga oshiriladi. Ma’muriy
nazorat quyidagi hollarda to'xtatiladi:
a) ma’muriy nazorat olib borish uchun belgilangan muddat
tugaganidan keyin, agar uni uzaytirishga asos bo‘lmasa;
b) muddatidan ilgari, basharti nazorat ostida bo‘lgan shaxs
tuzalish yo‘liga qat’iyan o‘tganligi, ishda va turmushda o‘zini yaxshi
tomondan ko‘rsatganligi aniqlangan bo'lsa;
d) nazorat ostida bo'lgan shaxsning sudlanganlik muhlati
tugagan yoki sudlanganligi olib tashlangan hollarda.
M a’muriy nazoratni to ‘xtatish haqidagi «а» va «d» bandlarida
nazarda tutilgan hollarda to'xtatish to ‘g‘risida ma’muriy nazoratni
amalga oshirayotgan militsiya xodimi tomonidan qaror chiqarilib,
bu qaror ichki ishlar tuman, shahar, shahardagi tuman bolim i
(boshqarmasi) boshlig£i tomonidan tasdiqlanadi.
M a’muriy nazoratni to ‘xtatish haqidagi «Ь» bandida nazarda
tutilgan hollarda muddatidan ilgari to‘xtatish to‘g‘risida ichki ishlar
idorasi boshlig‘i tomonidan sudga asosli taqdimnoma yoilanadi,
taqdimnoma o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Sudya yoki ichki ishlar idorasining ma’muriy nazoratni to £xta-
tish to £g£risidagi qarori nazorat ostida bo£lgan shaxsga e’lon qilinadi.
Ma’muriy nazorat bstida turgan shaxsga doir hisobga olish hujjatlari
ichki ishlar idorasida nazorat to £xtatilgan paytdan boshlab, bir
yil mobaynida saqlanadi.
M a’muriy nazorat ostida turgan shaxs halol mehnat qilib kun
kechirishi, jamoat tartibini buzmasligi, boshqa fuqarolarning qonu
niy manfaatlariga putur yetkazmasligi, quyidagi qoidalarga rioya
etishi shart:
a) militsiyaning chaqiruviga binoan ko£rsatilgan muddatda
borish hamda m a’muriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan bog£liq
masalalar bo£yicha og£zaki va yozma tushuntirishlar berish;
b) ishlash yoki yashash joyi o £zgarganligi to ‘g£risida, shu
ningdek, tuman (shahar)dan tashqariga ketayotgani to £g£risida
217
m a’muriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya xodimlarini bir
kecha-kunduzda xabardor qilish;
d)
boshqa aholi manzilgohiga borganida va u yerda bir kecha-
kunduzdan ko'proq vaqt turib qolganida mahalliy ichki ishlar
(militsiya) bo‘limida ro‘yxatdan o ‘tish;
g)
m a’muriy nazorat ustidan o‘rnatilgan shaxs quyidagi qo‘lla-
nilgan cheklashlarga rioya etishi shart:
1) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qo‘ygan vaqtida uy
(kvartira)dan chiqib ketmasligi lozim;
2) tum an (shahar)ning muayyan joylarida bo‘lishi taqiqla-
nadi;
3) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruxsatisiz tum an
(shahar)dan tashqariga chiqib ketishi taqiqlanadi;
4) ro ‘yxatdan o £tish uchun har oyda bir m artadan to ‘rt
martagacha militsiyaga kelib uchrashishi shart hisoblanadi.
M a’muriy nazorat ostiga olingan shaxsiy belgilangan chek-
lashlarni buzganlari taqdirda 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun-
larida belgilangan tartibda m a’muriy yoki jinoiy javobgarlikka
tortiladilar.
M a’muriy nazoratdan bo‘yin tovlab istiqomat joyidan o‘zbo-
shimchalik bilan ketib qolgan, shuningdek, ma’muriy nazorat jazo
ni ijro etish muassasalaridan bo'shatilayotganda belgilangan hollarda
tanlangan istiqomat joyiga muayyan muddatda uzrli sabablarsiz
yetib kelmagan nazorat ostidagi shaxslar 0 ‘zbekiston Respublikasi
qonunlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
M a’muriy nazoratga oid yuqorida qayd etilgan qonunga rioya
etilishi ustidan nazorat 0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori
va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Sudyaning m a’muriy nazorat o‘rnatish to ‘g‘risidagi qarori proku
rorning noroziligi bilan yoki yuqori sud idorasi tomonidan nazorat
asossiz ravishda belgilangan deb e ’tirof etilgan taqdirda, bekor
qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Ma’muriy nazoratni belgilash hamda amalga oshirish bilan bog‘liq
shikoyat va arizalar ichki ishlar idorasi boshlig‘i, prokuror yoki
yuqori sud idorasi raisi tomonidan belgilab qo‘yilgan vakolatlar
doirasida ko‘rib chiqiladi va hal qilinadi. Shikoyat berilganligi sudya
m a’muriy nazoratni to ‘xtatish to ‘g‘risida qaror chiqarmaguncha,
uning amalga oshirilishini to ‘xtatib qo‘ymaydi.
218
NAZORAT SAVOLLARI
1. Ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, prokuror
nazoratining tushunchasi va vazifalari deyilganda, nimalar tushuniladi?
2. Jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish
chog'ida qonunlarga rioya qilinishi ustidan prokuror nazorati, uning
predm eti, vazifalari deganda, nim alar tushuniladi?
3. Shikoyat va arizalar bilan m urojaat qilish huquqini ta ’m inlashda
prokurorning vazifalari nim alardan iborat?
4. Shaxslarni ushlab turish joylarida, dastlabki qamoq joylarida qonunchilikka
rioya etilishi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish deganda, nima
tushuniladi?
5. Mahkumlarni ozodlikdan m ahrum etish joylarida saqlashning qonuniyligi
ustidan nazorat nima?
6. M ahkumlarni ozodlikdan mahrum etish jazolarini ijro etish joylarida
jazoni ijro etish koloniyasini o'zgartirish (boshqa rejimga o ‘tkazish)ning
qonuniyligi ustidan prokuror nazorati deganda, nima tushuniladi?
7. M uddatidan ilgari jazodan shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog'i
bilan almashtirishning qonuniyligini ta ’minlash ustidan prokuror nazorati
deganda, nim a tushuniladi?
8. Ozodlikdan m ahrum etish bilan bog'liq bo'lm agan jazolar va sud tom o
n id an tay in lan ad ig an boshqa m ajburlov ch o ralarin i ijro etishning
qonuniyligi va asosliligi ustidan nazorat qilish nima?
9. Jazoni ijro etish muassasalaridan b o ‘shatilgan shaxslar ustidan ichki
ishlar idoralarining m a'm uriy nazorati bo‘yicha prokurorlik nazorati.
10. M a’muriy nazoratning asosiy maqsadi nima?
11. M a’muriy nazorat qanday shaxslarga nisbatan va qaysi asoslarga ko‘ra,
kim tom onidan o ‘rnatiladi?
12. M a’muriy nazorat ostiga olingan shaxslarga nisbatan qanday cheklashlar
qo‘llanilishi mumkin?
13. M a’muriy nazorat o ‘matish zarurligi to ‘g‘risidagi asosli taqdimnoma sudga
kimlar tom onidan yuboriladi?
14. M a’muriy nazorat qancha muddatga belgilanadi?
15. M a’muriy nazorat muddati ichki ishlar idoralarining taqdimnomasiga
binoan, har safar yana qancha m uddatga uzaytiriiishi mumkin?
16. Ichki ishlar idoralari (militsiya) xodimlarining m a’muriy nazoratni amalga
oshirishdagi huquq va majburiyatlari.
17. M a’muriy nazorat qaysi hollarda to ‘xtatiladi?
18. M a’muriy nazorat ostida turgan shaxs qaysi qoidalarga rioya etishi shart?
19. M a’muriy nazorat ostida turgan shaxs qanday cheklashlarga rioya etishi
shart?
Do'stlaringiz bilan baham: |