188
Ushlab turilganlarni saqlash joylari rahbariyatlari tomonidan
qonunlami ijro etish prokuror nazoratining xususiyatlari (VUTHda).
Shubha uyg‘otuvchi va ayblanuvchilarni vaqtincha saqlash izolator-
lari rahbariyatining qonunlami ijro etilishining nazorat qiluvchi
prokurorning asosiy vazifasi noqonuniy tutilganlarni ozod etish-
dadir. Vaqtincha ushlab turish hibsxonasi (VUTH) boshliqlari yoki
javobgar navbatchilar, operativ ishchilar, militsiya navbatchi ins-
pektorlari tomonidan keltirilgan fuqarolami bayonnoma tuzmasdan
va prokuromi ogohlantirmasdan qabul qilib, ulami joylashtirishi
(qamab qo‘yishi holatlarini nazardan chetda qoldirmaslik) kerak.
VUTHga kelgan shaxslar, albatta, hisob dafitarlariga kiritilishi
lozim. Buning uchun prokuror (uning o‘rinbosari, yordamchisi)
VUTH kameralariga kirib, u yerda bo‘lgan shaxslarni so'roq qiladi,
ularning VUTHda saqlanishlari uchun asos bo‘ladigan hujjatlar
borligini tekshiradi.
Jinoyat sodir etganlikda shubhalanuvchi protsessual bayonnoma
tuzilmasdan VUTHga qamalgan bo‘lsa, bu faqat shubhalar uyg‘ot-
ganda, fuqaroning noqonuniy saqlanishini ochish uchun qo‘lla-
niladi.
Mast holda yoki kichik bezorilik sodir qilganlik haqidagi nizolan-
gan aktlar bilan ushlangan, jinoyat sodir etganligidan shubhalan-
gan hodisalar ham uchraydi. Prokuror bu hujjatlaming to ‘g‘riligini
va bu hujjatlar orqasida noqonuniy saqlash faktlari yashirinmayot-
ganligini tekshirishi lozim. Bunga ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxs
lar tomonidan kelgan shikoyatlar, qilingan jinoyatlar haqida ular-
dan tushuntirish olish harakati, tergovchilar tomonidan chaqiril-
ganligi haqidagi ma’lumotlar ko'rsatma bo'la oladi.
Porkuror VUTHda noqonuniy saqlanayotgan shaxslarni o‘z
qarori bilan ozod etib, mas’ul shaxslarni javobgarlikka tortadi.
Prokurorning boshqa vazifasi — bu qonuniy asosda VUTHda
saqlanayotgan shaxslarning jazo muddatini tekshirish. JPKning
221-moddasiga asosan, jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi
shaxsni saqlash 72 soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.
JPKning 221,224-moddasi qoidalari asosida shubhalanuvchi va
ayblanuvchi shaxslar VUTHda 3 kundan ortiq saqlanmasliklarirn
tasdiqlaydi. Ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, sud orqal
ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo‘llangan ayblanuvchila:
VUTHdan tergov izolatoriga o‘tkaziladi. Hibsga olingan yoki ayb
lanuvchi VUTHda 10 kun muddatdan oshiq saqlansa, prokuror
uni tergov izolatoridan jo ‘natish haqida ko‘rsatma beradi.
189
Prokuror VUTHda bo‘lar ekan, qonun tomonidan ko‘rsatilgan
gumon qilinuvchi va ayblanuvchilar huquqi ma’muriyat tomonidan
buzilmayotganligi va tegishli qonun va qoidalarga amal qilinayot-
ganligini tekshiradi (himoyachisi bilan uchrashish huquqi, qarin-
doshlarni qabul qilish, bir soatdan kam bo‘lmagan vaqt mobaynida
aylanishi, shaxsiy xavfsizlik, xat yozish huquqi va boshq.).
Prokuror majburiyatiga VUTHda yashash sharoitlarining qonun
bilan belgilangan sharoitlarga mosligini tekshirish kiradi (yotish
joyi, har bir gumon qilinuvchi va ayblanuvchida choyshab borligi
va boshq.). Prokurorlar oyida bir marta tergov izolatorlarini
tekshirishga majburdir. Bu, asosan, qonuniylikni va asoslilikni
ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. Tekshiruvlami soha boshqarmalari
va bo'limlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyrug‘i,
prokurorlar va ularning o ‘rinbosarlarini tergov izolatorlarida
qonuniylikka amal qilinishini tekshirishda ishtirok etishlariga majbur
etadi.
Prokuratura rahbarlarining tekshiruvlaridagi bevosita ishtiroklari,
nafaqat, tergov izolatorlari m a’muriyatlarining qonuniylikka amal
qilishlarini, qonun buzilishining bartaraf etilishini ta ’minlaydi,
balki kamchilik chiqqan holatlarda barcha kelib chiquvchi qaror-
larning bo‘ysungan prokuror tomonidan amalga oshirilayotgan
nazorat darajasini baholash imkonini ham beradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i, ko‘rsatma
va nizomlari bilan ham soha bo‘yicha nazoratni yetarli darajada
amalga oshirib, ularning e ’tiborlari:
• gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarning saqlanish qonuniy-
ligiga;
• m a’muriyat majburiyatlarini belgilovchi normalarga amal
qilinishiga;
• shubhalanuvchi va ayblanuvchilarning haq-huquqlariga;
• ularni mehnatga jalb etilishiga;
• ularga nisbatan mukofot va jazo choralarini qo‘llash qonuniy-
ligiga, hibsga olinganlarning shikoyatlari, arizalarini va taklifiarini
ko‘rib chiqish va yechishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Jinoiy protsessual qonunchilik talabi bo‘yicha, ayblanuvchilami
tergov izolatoriga qabul qilish uchun qamoqqa olish tarzidagi
ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi sudning ajrimi asos boluvchi
hujjat hisoblanadi. Nazorat vaqtida prokuror tergov izolatorlari
hujjatlari ichida ayblanuvchining hibsda saqlanish m uddatini
190
cho‘zish haqida xabar borligini, ayblanuvchilarga nisbatan qonun
bilan belgilangan yoki prokuror tomonidan muddatning bitgan-
ligini aniqlashi lozim.
Ayblanuvchilarni hibsda saqlash muddatini uzaytirish ham
prokurorning iltimosnomasiga asosan, sud tomonidan amalga oshi
riladi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash m uddatini
uzaytirilgan shaxslar saqlanishining qonuniyligini nazorat etuvchi
prokuror muddat JPK normalariga mos ravishda uzaytirilganligiga
amin bo‘lishi kerak.
Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini prokuror
tomonidan uzaytiriiishi mumkin emas, ushbu qarorni qabul qilish
prokurorning vakolatiga kirmaydi, ayblanuvchi qamoqda noqonuniy
saqlanayotganligini bildiradi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda
saqlash muddatini uzaytirish ham sudning vakolatiga taalluqlidir.
Qamoqda saqlash muddati uzaytiriiishi lozim bo‘Isa, prokuror
o‘zining asoslantirilgan iltimosnomasi bilan sudga murojaat qiladi.
Sud iltimosnomani ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida
ko‘rib chiqadi.
Ayblanuvchilarni hibsda saqlash va dastlabki tergov muddatlarini
uzaytirishda qonunlami ijro etishning prokuror nazoratini tashkil
etish ko‘rsatmalariga mos ravishda tergovchilar har bir ayblanuv
chiga nisbatan qamoqda saqlanish muddati cho'zilganligi haqida
tergov izolatorlari ma’muriyatiga darhol xabar yetkazishlari kerak.
Uch oydan ko‘proq muddatga cho‘zish haqidagi xabarni yetkazish
majburiyati prokuratura boshqarmalari (bo‘lim), harbiy, transport
va boshqa (viloyat darajasidagi) prokuraturalar zimmasiga qo‘yilgan.
Bu xabarlarning kelganligi hibsga olinganlarning shaxsiy hujjatla-
ridan tekshiriladi.
Qamoqda saqlash haqidagi qonun talabi tergov izolatorlari
boshliqlarini ayblanuvchining saqlash muddati tugagach va saqlash
muddati cho‘zilganligi haqida xabar kelmagach o‘z qarorlari bilan
ozodlikka chiqarishlarini majburlaydi. Tergov izolatori boshlig‘i boshida
hibs muddati tugamasdan 24 soat oldin bu haqda tegishli organ yoki
mas’ul shaxslaiga va prokurorga xabar yetkazishi lozim. Nazorat vaqtida
diqqatni, asosan, bu talablar tergov izolatori ma’muriyati tomo
nidan qanday bajarilayotganligiga qaratilmog‘i lozim.
Prokuror tergov izolatoriga tegishli sud qarori, dastlabki tergov
organi va prokuror qarori yoki jinoyatning oldini olish sifatida hibs
muddati uzaytirilmagan holda tugaganligi haqida ma’lumot kelganda
ayblanuvchilar o‘z vaqtida ozodlikka chiqayotganliklarini tekshiradi.
191
Gumondorlar, ayblanuvchilar, birinchi instansiya sudi bilan
mahkum etilganlar va kassatsion ravishda ishlarini qayta ko‘rilishi
natijalarini kutuvchilardan tashqari tergov izolatorlarida m a’lum,
odatda, qisqa muddatga mahkum etilganlar saqlanadi (bularga
nisbatan hukm qonuniy kuchga kirganda). Tergov izolatorlari
xo‘jalik ishlarini qilish uchun qoldirilgan ozodlikdan mahrum
etilganlar, shu bilan birga, qamoqxona va koloniyalardan tergovchilar
qarori bilan tergov ishlarini amalga oshirish uchun etap qilingan
shaxslar ustidan nazoratni e ’tibordan chetda qoldirmaslik kerak.
Birinchi toifa shaxslariga nisbatan prokuror nazorati majburiyati,
yuqorida qayd etilgan shaxslarga — birinchi bor mahkum etilganlar,
muddati 3 yildan oshmaydigan, umumiy rejim koloniyasida jazoni
o‘tovchi shaxsning va o ‘z arizasi borligida uni tergov izolatorida
xo‘jalik ishlarini qilish uchun qoldirish imkoniyati borligi aniqla-
nishi lozim.
Ikkinchi kategoriya shaxslariga nisbatan prokuror:
• etap qilish haqida qaror borligini; ^
• mahkum etilganni qaysi muddatda tergov izolatorida saqlash
to ‘g‘risida ruxsatni tekshiradi.
Agar bu muddat tugagan bo‘lsa, mahkum etilgan o‘z joyiga
qaytarilish lozim. Tergov izolatorlarida noqonuniy saqlash hollari
kamdan kam uchraydi va bu, asosan, ayblanuvchining qamoqda
saqlanish muddati uzaytirilganligi haqidagi m a’lumotning yetib
kelmaganligi bilan bog‘liq.
Prokuror tergov izolatori m a’muriyati tomonidan qamoqda
saqlanayotgan shaxslar o‘z haq-huquqlari haqida m a’lumot olish
huquqi ta’minlanganligi, ehtiyot chorasi sifati qamoqda bo'lish
tartibi, dissiplinar talablar, taklif, ariza va shikoyat berish tartiblari
haqidagi m a’lumot bilan ta ’minlanganliklarini tekshiradi:
• kameralarni aylanib chiqish vaqtida prokuror mahkama nor-
mativ aktlari bilan belgilangan huquq va majburiyatlar matni
bo‘lishiga ishonch hosil qilish lozim;
• agarda, bu matnlar bo‘lmasa, prokuror kameradagi gumon-
dor va ayblanuvchilardan ularga tergov izolatori m a’muriyati
tom onidan huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi haqida
so‘raydi;
• bundan tashqari, prokuror qonun bilan belgilangan aniq
huquqlarga rioya qilmaslik haqida shikoyat borligini aniqlashtiradi;
• prokuror gumondor va ayblanuvchilarga nisbatan boshqa ozod
likdan m ahrum etilgan shaxslar tom onidan ularning shaxsiy
192
xavfsizligiga, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid tug‘ilganda tergov izola-
torida saqlash joylari ma’muriyati bulami ta’minlashini kuzatib
borishi kerak;
• prokui or gumondor va ayblanuvchilarga nisbatan boshqa
ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar tomonidan ularning hayoti
va sog‘lig‘iga tahdid tug‘ilganda, qamoqda saqlash joylari ma’mu
riyati gumondor va ayblanuvchilarning shaxsiy xavfsizligini ta’min-
lanishini kuzatishi lozim;
• shaxsiy hujjatlardagi boshqa kameraga ko‘chirish arizalari bilan
tekshirish maqsadga muvofiq va bu kameradoshlari taqiqidan
qochish ilinjidan kelib chiqmaganligini aniqlash;
• tergov izolatorida o ‘lim holatlari fakt (dalil)lari
b o 'y i c h a
tek-
shiruv materiallari bilan tanishish;
• tan jarohati bilan kelganlarga yordam ko'rsatish bo‘yicha tibbiy
qism hujjatlari bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.
M a’muriyat tomonidan qamoqda saqlanayotgan shaxslarning
huquqlariga amal qilish va shaxsiy xavfsizliklarini ta’minlash
Do'stlaringiz bilan baham: |