Toshkent davlat yuridik instituti o. M. Mad aliyev prokuror nazorati



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/199
Sana21.06.2022
Hajmi15,13 Mb.
#688411
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   199
Bog'liq
Prokuror nazorati. Maxsus qism. Madaliyev O.M

NAZORAT SAVOLLARI
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimovning ikkinchi chaqiriq
Oliy Majlisning VI sessiyasida so'zlagan «Adolat — qonun ustuvorligida»
ma’ruzasida qo‘yilgan vazifalami bajarish maqsadida hamda sud-huquq
tizimi, huquqiy ta’lim, fan va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishini
takomillashtirish masalalarini aytib o ‘ting.
2. Prokuratura organlaridagi lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarga qanday
talablar qo‘yiladi?
3. Prokuratura organlari xodimlarining darajali unvonlari va harbiy unvonlarini
bayon eting.
4. Prokuratura organlari va muassasalaridagi xizmat nimadan iborat?
5. Prokuratura organlari xodimlarining daxlsizligi nimadan iborat?
6. Prokuratura organlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti, xodimlar va
ularning oilalarini ijtimoiy himoyalash choralarini aytib o ‘ting.
420


12-bob. M D H VA X O R IJIY M AM LAKATLARDA
P R O K U R A T U R A O R G A N L A R IN IN G FAOLIYATI
12.1. M DH mamlakatlarida (Rossiya, Qozog‘iston va boshq.)
prokuratura organlarining faoliyati
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida prokuratura 
organlarining tashkil topishi va rivojlanishi, tarixiy tendensiyalari 
bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib, ulami yagona markazlashgan proku­
ratura idorasiga tegishli bo‘lganligi tufayli, qonunlarning tuzilishi, 
prokuratura idorasining davlat organlari o‘rtasida tutgan o‘mi va 
ahamiyati bir-biriga yaqinligi bilan ajralib turadi, masalan, Rossiya 
Federatsiyasi prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari 
Rossiya Federatsiyasi «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuni 3-mod- 
dasida belgilangan bo‘lib, awalambor, Rossiya Federatsiyasi Konsti- 
tutsiyasi, «Prokuratura to ‘g‘risida»gi federal qonuni, boshqa federal 
qonunlar va xalqaro shartnomalardan iborat. Federal qonunning 
129-moddasida ko‘rsatilishicha, Rossiya Federatsiyasi prokuraturasi 
quyidan yuqoriga bo'ysunish tartibida Rossiya Federatsiyasi Bosh 
prokurori rahbarlik qiladigan prokuratura organlarining yagona 
markazlashgan tizimidan tashkil topgan.
Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Rossiya Federatsiyasi 
Prezidentining taqdimnomasiga asosan Federatsiya kengashi tomo­
nidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi. Rossiya Federatsiyasi 
subyektlarining prokurorlari Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori 
tomonidan subyektlar bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi 
va ozod qilinadilar. Boshqa prokurorlar Rossiya Federatsiyasi Bosh 
prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadilar.
Rossiya Federatsiyasi prokuraturasining tashkil etish va faoliyat 
tartibi, vakolatlari federal qonunlar bilan belgilanadi. Amaldagi 
Rossiya Federatsiyasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuniga 
asosan prokuratura organlari faoliyat ko'rsatadi. Ushbu qonunga 
bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, 7 bo‘lim, 54 moddadan 
iborat. 1-bo‘lim «Umumiy qoidalar», 2-bo'lim «Rossiya Federatsiyasi
421


prokuratura organlarini tashkil topishi va tizimi», 3-bo‘lim «Proku­
ror nazorati», 5-bo‘lim «Prokuratura organlari va muassasalaridagi 
xizmat. Prokuratura organlari va muassasalari xodimlari», 6-bo‘lim 
«Harbiy prokuratura organlarining tashkil etilishi va faoliyatining 
o ‘ziga xos xususiyatlari», 7-bo‘lim «Prokuratura faoliyatining va 
tashkil etilishining boshqa masalalari» deb nomlanadi.
Rossiya Federatsiyasining prokuraturasi — Rossiya Federatsiyasi 
nomidan Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi va qonunlarining 
aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat faoliyatini amalga 
oshiradigan yagona markazlashgan federal tizimni tashkil etadi.
Rossiya prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 
qonunda asosiy funksiyalari deb nomlanadi. Asosiy funksiyalar 
Rossiya Federatsiyasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi federal qonuni 
1-moddasida belgilangan. 2-moddada xalqaro hamkorlik, 4-mod- 
dasida prokuratura faoliyatining va tashkil etilishining tamoyillari, 
5-moddasida prokuror nazorati faoliyatini amalga oshirishga 
aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, 6-moddada prokuror talablarini 
bajarilishini majburiyligi, 8-moddada jinoyatchilkka qarshi kurash 
faoliyati, 9-modda huquq ijodkorligi faoUyatidagi ishtiroki, 10-mod- 
dasida prokuratura idoralarida ariza, shikoyat va boshqa murojaat- 
laming ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi belgilab qo‘yilgan. Qonun- 
ning boshqa keyingi moddalarida belgilangan qonun talablari ham 
0 ‘zbekiston Respublikasining «Prokuratura to ‘g‘risida»gi Qonuni 
talablariga o ‘xshab ketadi.
Rossiya Federatsiyasi prokuratura idoralarining jinoyatchilikka 
qarshi kurash faoliyatidagi vakolatlari, sudlarda prokuror vakolatini 
ta ’minlash, umumiy nazorat faoliyati va boshqa faoliyati prokuror 
tomonidan o‘z vakolatlarini qo‘llashda foydalanadigan prokuror nazo­
rati hujjatlari 0 ‘zbekiston Respublikasi prokuratura idoralari vako­
latlari va prokuror nazorat hujjatlari va ularning qo‘llash asoslariga 
o‘xshashdir. Faqatgina prokurorning jinoyat protsessual qonun- 
chiligida belgilangan vakolatlarida farq mavjud bo‘lib, ayrim tergov 
harakatlari va fuqarolarning huquqlarini cheklash (sanksiya berish) 
vakolati Rossiya Federatsiyasida sudlarga berilgan. Shunday bo‘lsa- 
da, jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar dastlab hujjatlami 
prokurorga olib borib, uning qonuniy roziligini olishlari lozim 
b o ‘ladi.

Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish