60
Oilada aqliy tarbiya
.
Oilada aqliy tarbiyani ShakllantiriShda bolalarning dunyoqaraShi va
tafakkurini rivojlantiriSh, unda aqliy mehnat madaniyatini tarkib toptiriShga qaratilgan maqsad
yo‘lidagi faoliyat tuShuniladi. Aqliy tarbiyani yo‘lga qo‘yiSh chog‘ida bolalarni ilm-fan, texnika va
texnologiya borasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlardan, yangilik va kaShfiyotlardan xabardor etiSh,
ularga ijtimoiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni beriSh tarzida ularda tafakkur qobiliyatini qaror
toptiriSh, dunyoqaraShini ShakllantiriShdan iboratdir.
Bola dunyoqaraShi uning fundamental tuShunchalaridan Shakllanadi. Mazkur tuShunchalar
asosida bola Shaxsiyati va hatti-harakatlari taShkil topadi, aniqlanadi va bolaning borlig‘i
belgilanadi. Bunday tuShunchalar o‘ziga xos bo‘lgan hayotga qaraSh prizmasini yaratadi va har bir
inson o‘zi yaratgan prizmasi orqali xayotga, atrofidagi hodisa va narsalarga qaraydi. SHuning
uchun ham bolaga ijobiy tuShunchalarni singdiriSh lozim, qaysiki unga hayotdagi har bir echimi
yo‘q bo‘lib ko‘rinayotgan muammolar bolaning ichki kechinmalari orqali sog‘ligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatmasligiga yordam beradi. Bolalar ham kattalar singari muammo yo‘qligiga, faqatgina
imkoniyat borligiga to‘laqonli iShonganidagina katta yutuqlarga eriSha oladilar. Bolalar o‘zlari
uchratgan har bir muammo va masalaning echimi borligini anglaShlari ular ruhiyatini ko‘taradi va
yangi cho‘qqilarni zabt etiShlariga turtki bo‘ladi. Undan taShqari, agar bola masalaga ijodiy
yondaShsa, u uShbu masalaning bir qancha echimi borligiga amin bo‘ladi. Farzandimizga masala
echimini topiShda taShabbus va ijodkorlikdan cho‘chimasdan harakat qiliShni o‘rgatiShimiz lozim.
O‘z bolalarimiz kuchi, mahorati, taShabbuskorligi va aqliga iShonib, ularga masala echimlarini
mustaqil raviShda topiShga imkoniyat berib biz ularga o‘zimiz tomonimizdan eng qimmatli narsani
bergan bo‘lamiz.
19
(Jelf Helstead. Navigating the new pedagogy: six prinsiplex thet transform
teaching. 93-b.)
Axloq normalari xulq-atvorning regulyatori sifatida odat normalariga zid hatti-harakat
axloqsizlik xarakati deb qaraladi. SHunisi ham borki, xuquq majburiy bo‘lsa, ahloq ixtiyoriydir.
Ahloqiy tarbiya odamlarni nomusli, vijdonli, adolatli, vatanparvar, mehnatsevar bo‘liShga o‘rgatiSh
bilan profilaktika iShlarini ham olib boradi. Ahloqiy tarbiyada yaxShi xulqni takomillaShtiriSh
uchun kuraShiladi.
20
(Best Books for Teaching. Gardners Books. 95-b)
Do'stlaringiz bilan baham: