248
-
o‘quvchi tabiatining taShqi xususiyatlari va sabablarini ochiSh;
-
o‘quvchining taqdiri bilan qiziqiSh.
Pedagogik optimizm.
Tarbiyachilar yuqori optimizm, ya’ni kelajakka katta iShonch
bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlarini hayotga tatbiq qilmoqdalar.
O‘quvchilar Shaxsiyatining cheksiz imkoniyatlariga iShongan tarbiyachilarning pedagogik
optimizmi, ayniqsa, turli yoShdagi turli aqliy darajadagi o‘quvchilarga nisbatan, ularning dam oliSh
va o‘qiSh qoidalarini, Shartlarini taShkillaShtiriShda yaqqol ko‘rinadi.
O‘quvchilarga hurmat.
Insonga hurmat – insonlararo munosabatlarning asosiy talabidir.
Tarbiyachining faoliyatida o‘quvchilarga hurmat alohida o‘rin tutadi, ularda iShonch, samimiylik,
kattalarning maslahatlariga va takliflariga moyillik uyg‘otadi. Qo‘pollik, o‘quvchilar Shaxsiyatiga
hurmatsizlik, o‘quvchilarda ularga javoban xafagarchilik, g‘azab, hattoki, ba’zi nirsalarni aytaylab
teskarisini qiliShga intiliShni tug‘diradi. Bunday paytlarda o‘quvchilar hatto adolatli talablarni
bajariShdan ham boSh tortadilar. Tarbiyachiga bo‘lgan bunday munosabat ba’zan ular olib
borayotgan fanga, iShga, maShg‘ulotga, hatto o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasiga, o‘quv
xonasiga bo‘lgan munosabatga ko‘chadi.
O‘quvchining ruhiy holatini tuShuniSh.
O‘quvchilar xulqining buzuliShini, tarbiyasidagi
salbiy o‘zgariShlarni seziSh qiyin jarayon emas. Tarbiya jarayoniga pedagogik ta’sir usulini to‘g‘ri
tanlaSh uchun o‘quvchilarning tartibbuzarlik sabablarini o‘rganiSh kerak, chunki Shaxsning turli
psixologik holatlarining taShqi ko‘riniShi bir xil bo‘ladi. Masalan, o‘quvchining guruhdagi
faolligining susayiShining asosiy sabablari, uning injiqligi, ko‘z yoShlari, uydan chiqib, uzoqroqqa
ketiShi va ota-onasidan uzoqda (ba’zi o‘quvchilarning turar joylarda) istiqomat qiliShidan iborat
bo‘liShi mumkin.
O‘quvchining ruhiy holatini tuShuniSh uchun tarbiyachilar o‘quvchilar Shaxsning
fazilatlarini, xususiyatlarini, ularning yaShaSh Sharoitlarini biliShlari va chuqur tahlil qiliShlari
kerak. Tarbiyachining kuzatuvchanligi va sezgirligi o‘quvchining xulqida namoyon bo‘layotgan
ruhiy holatini tuShuniShga yordam beradi.
O‘quvchi harakatlarining sabablari va taShqi xususiyatlarining ochiliShi.
O‘quvchilarning
harakatlari etakchi, tarbiyachi, jamoa, atrofdagi insonlar tomonidan yaxShi, oliyjanob yoki yomon
deb baholanadi. Tarbiyachining o‘quvchiga bo‘ladigan munosabat (yondaShuv)lari, ularning
harakatlari tabiatiga bog‘liq. O‘quvchi harakatlarini to‘g‘ri baholaSh uchun, harakat mohiyatini,
ya’ni ichki sabablarini ochiSh lozim. Ko‘pincha o‘quvchilar harakatining ichki sabablari taShqi
ko‘zdan yaShiringan bo‘ladi, ya’ni taShqi tomondan darrov ko‘rinmaydi. Ularni tarbiyachi
tomonidan tuShuniShga, ba’zan o‘quvchining o‘zi katta yordam beriShi, ya’ni bo‘lgan voqea
haqida o‘zi hurmat qiladigan tarbiyachisiga ochiq gapirib beriShi mumkin. Tarbiyachi bunday
yomon holatni keltirib chiqaruvchi taShqi holatlardan xulq sabablarini ajrata oliShi lozim.
O‘quvchining taqdiriga qiziqiSh.
Ta’lim muassasalarida olib boriladigan tarbiya mobaynida
o‘quvchilarning taqdiriga qiziqiSh tarbiyachilarda o‘quvchilarga muhabbat va ularning taqdiriga
javobgarlik hissi tufayli rivojlanadi. Tarbiyachilar har bir o‘quvchining taqdiri, ayniqsa, guruh
hayotidan qoniqiSh hosil qilmaydigan, guruhdoShlaridan yotsiraydigan va guruh iShlaridan o‘zini
olib qochadigan o‘quvchilar taqdiri bilan qiziqiShlari lozim. Lekin o‘quvchining taqdiri bilan
astoydil taShviShlangan va unga yordam beriShni xohlagan tarbiyachilar o‘quchilarga mehribonlik,
ularga e’tibor va g‘amxo‘rliklarini ko‘rsatiShlari uchun dastlabki omadsizlikdan cho‘chimasliklari,
turli yangi usullarni izlaShlari lozim. Tarbiyachilarning kundalik faoliyatlaridagi o‘quvchiga
g‘amxo‘rliklari, xayrixohlik munosabatlari va pedagogik ta’sirning usullarini to‘g‘ri tanlaShlari
o‘quvchilarda o‘z tarbiyachisiga muhabbat, sadoqat, ularda xursandchilik xohiShini uyg‘otadi,
Shuningdek, yangi ijobiy xislatlarni rivojlantiriShga va salbiy xislatlarni yo‘qotiShga yordam
beradi.
Endi tarbiyachilarning o‘quvchilarni tarbiyalaSh jarayonida foydalaniShlari mumkin bo‘lgan
pedagogik ta’sir usullaridan ba’zilari bilan taniShtiramz:
Do'stlaringiz bilan baham: